O'zbekiston tarixi
milliy Qo‘mitaning faoliyati Germaniya foydasiga, Sovet Ittifoqiga
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
milliy Qo‘mitaning faoliyati Germaniya foydasiga, Sovet Ittifoqiga
qarshi qaratilgan edi. Milliy qo„mitaning bayonoti biron bir darajada boisa- da Germaniyaning mavqeiga hech qanday xavf tug„dirmas edi. «Turkiston legioni» tarkibidagi askar va zobitlaming miqdori 1944-yil oxirlarida 267 ming kishi atrofida boigan 1 . Legion qo„mondonini tayinlash Germaniya armiyasi qo„mondonligi ixtiyorida edi. Batalyon, polk qo„mondonligi va rota komandirlari tarkibida turkistonliklardan ko„p boigan. Legionning siyosiy va milliy ishlari Milliy Turkiston Birlik Qo„mitasi tomonidan idora etilardi. Har bir askar va zobitning so„1 qoiida «Turkiston, Olloh biz bilan» tamg„asi bor edi. Askariy ont Qur‟oni Karim, qarshisida ikki qilich birlashtirilib, Turkiston bayrogi ostida qabul qilingan. 1 «Sharq yulduzi», 1992-yil, 3-son, 154- bet. 499 «Turkiston legioni»ning o„z madhiyasi bor edi. Bu madhiya «Go„zal Turkiston» nomi bilan atalardi. Madhiyaga Cho„lponning «Go„zal Farg„ona» she‟ri va uning kuyi asos qilib olingan edi. Turkistonlik muhojirlar hozir ham uni maroq bilan kuylaydilar. «Turkiston legioni» sovet qo„shinlariga qarshi jiddiy janglar olib borgan va unga katta talofatlar bergan. «Turkiston legioni»ning birinchi partiyasi 1942-yil 2-mayda Bryansk o„rmonlarida jangga tashlangan edi. Odatga ko„ra Turkiston milliy askarlaridan asir olinmas edi, ulami «qora fashistlar» deb o„ldirishardi. Hatto yarador askarlarga nisbatan ham shafqat yo„q edi. «Turkiston legioni» 1944- yilning oxirlariga kelib taxminan 65 ming askarini yo„qotdi, 900 ga yaqin legionchilar sovet partizan Birliklariga qochgan edilar. «Turkiston legioni» o„zbek, qozoq, qirg„iz, turkman va tojik qavmlaridan iborat edi. Ular yillar davomida sovetlar olib borgan «boiib tashlash» va «parchalash» siyosatlariga qaramasdan, turkis- tonliklaming «Turklik birligi» ni ko„rsatib qo„yish qobiliyatlarini ham isbot qilgan edilar. sovet targ„iboti «Turkiston legioni»ni ichidan buzish uchun ko„p harakat qildi. Ammo Turkiston Milliy Birligini buza olmadi. «Turkiston legioni»ni tuzishda Germaniya hukumati o„z man- faatini birinchi o„ringa qo„yganligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu narsaga tan bermaslik mumkin emaski, Germaniya davlati 1945-yil 24- martda (bu davrda Germaniya front jabhasida mag„lubiyat ketidan magiubiyat alamini tortayotgan boisa-da) «Turkiston legioni»ni Turkiston Milliy Armiyasi, «Turkiston Milliy Birlik Qo„mitasi»ni «Turkiston Milliy Hukumati» sifatida rasmiy bir vasiqa bilan taniydi. Holbuki, yuqorida ta‟kid etilganidek, sovetlar nafaqat Turkistonliklaming milliy armiyasi, balki amalda ulaming milliy davlatchilik an‟analarini ham barbod qilgan edilar. Germaniya hukumati Turkiston Milliy hukumatiga barcha do„st davlatlar bilan, shu jumladan, Germaniyaning o„zi bilan ham mustaqil diplomatik munosabatlarda boiish huquqini bergan edi. Bu tadbir tarixiy nuqtayi nazardan biroz kechikib amalga oshirilgan boisa-da, Germaniya Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling