O'zbekiston tarixi


hukumatining tutgan yoii, o‘sha davrda Turkistondagi milliy masalaga


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

hukumatining tutgan yoii, o‘sha davrda Turkistondagi milliy masalaga 
bildirilgan munosabat tariqasida g‘oyatda katta siyosiy ahamiyatga ega 
boigan voqea edi. 
«Turkiston legioni»ni tuzishda kim qanday maqsadni o„z oldiga 
qo„yganligidan qat‟iy nazar, hayot bu qo„yilgan qadamning o„z vaqtida va 
to„g„ri qo„yilgan qadam boiganligini isbotladi. 
500


«Turkiston legioni» minglab turkistonliklaming hayotini saqlab qoldi. 
Ana shu jihatdan Vali Qayumxon singari turkistonliklaming umsh 
yillaridagi bu boradagi xizmatlari katta, albatta. Faqat Vali Qayumxon va 
«Turkiston legioni» boshqa fidoyilarining o„sha davrdagi faoliyatlariga 
hozirgi mustaqil 0„zbekiston fuqarosi g„oya- lari va qarashlari asosida baho 
bermoq kerak bo„ladi. Shundagina biz vatandoshlarimiz ikki dahshatli o„t 
orasida qolib, bekordan- bekorga qirilib o„lib ketmaslik uchun birdan-bir 
to„g„ri yo„lni tanlaganliklariga imonimiz komil bo„ladi, ana shundagina biz 
vatandoshimiz Vali Qayumxonning xizmatlariga yetarli baho bera olamiz. 
Chunki sovet davrida Vali Qayumxon singari vatanim, millatim deb jon 
kuydirganlar «vatan xoini», «vatan sotqini» singari asossiz tamg„alar bilan 
ayblandilar. Amalda esa ulaming faoliyati va harakatlarida «xoinlik» va 
«sotqinlik»dan nishona yo„q edi. Chunki Vali Qayumxon Turkiston va 
turkistonliklarga, zarracha bo„lsa-da, xiyonat qilgan emas. Aksincha, u 
Turkiston va turkistonliklami Qizil saltanat mustamlakachiligi zulmidan 
ozod qilish uchun kurashdi. 
«Turkiston legioni»ning umshdan keyingi taqdiri albatta har kim uchun 
ham qiziqarlidir. Ikkinchi jahon umshidan so„ng Turkiston Milliy 
Armiyasining hayotida achchiq bir davr boshlandi. Amerika Qo„shma 
Shtatlari prezidenti R.Ruzvelt va Angliyaning Bosh ministri U.Cherchill 
1945-yil 4 fevralda Qrim yarim orolining Yalta shahrida I.Stalin bilan 
uchrashadilar. Bu yerda bo„lib o„tgan konferensiyada ittifoqchilar asirga 
tushgan o„z vatandoshlarini qaytarib olishga o„zaro kelishdilar. Bu 
shartnoma ozod va mustaqil vatanga ega boigan davlat vatandoshi uchun 
g„oyat tabiiy va ahamiyatli bir hoi edi. Ammo dunyodagi eng yirik 
mustamlakachi Qizil saltanat bo„lgan Sovet Ittifoqi uchun bu shartnoma 
ming- minglab kishilaming taqdiri nuqtayi nazaridan fojiali yakunga ega 
boidi. Sababi, tuzilgan bitimga asosan 1945-yildan 1947-yilga qadar Sovet 
Ittifoqidan tashqariga qochib o„tgan yoki Germaniyaga asir tushgan yuz 
minglarcha turkistonliklami, ozarbayjon, qrim, qalmiq va boshqa millat 
kishilarini G„arbiy Ittifoqchilar majburan sovetlarga topshirdilar. Holbuki, 
ozodlik kurashchilari Amerika, Angliya va Fransiya davlatlariga ishonib 
o„zlarini taslim etgan, edilar. Chunki, 1941-yil 14-avgustda «Atlantik 
Jxorta» eion qilingan edi. Unda ozodlik, inson huquqi, xalqlaming o„z 
taqdirini o„zi belgilashi, har bir xalqning mustaqillikka boigan huquqini 
ta‟minlash, va o„z 
501


davlat tuzumi va shaklini, tashqaridan aralashmasdan, o„zi erkin qurishiga 
imkon berish, mustamlakachilikni bitirish, «Yangi bir dunyo» tashkil etish 
masalasi ko„tarilgan va qarorlashtirilgan edi. «Atlantik Jxorta»ga Amerika, 
Angliya, Sovet Ittifoqining boshliqlari imzo chekkan edilar. Bu hujjat 1941 -
yil 14-avgustda Atlantikadagi Amerika kemasida Ruzvelt va Cherchill 
ishtirokida tuzildi va ular urush tamom boigandan keyin yangi, ozod va 
erkin dunyo qurilajagini tashqaridan aralashuvsiz o„zi belgilashini eion 
qildilar. 
«Atlantik Jxorta»da ezilgan xalqlar, millatlaming haq-huquqlari, istak-
orzulari, milliy maqsadlari muhofaza qilinishi kerak edi. Ammo nadomatlar 
boisinki, G„arbiy ittifoqchilar 1945-yilda Yaltada to„planib', «Yangi dunyo» 
qurish to„g„risidagi o„z bayonotlariga xiyonat qildilar. I. Stalin bilan 
kelishgan holda «Yalta bitimi»ni tuzdilar, oxir-oqibatda o„z ozodliklari 
uchun kurashgan g„ayrirus millat kishilarini majburan qizil saltanat 
tasarrufiga topshirdilar. Jami boiib AQSH va Angliya hukumatlari 
yordamida 2.272000 kishi
2
chet eldan SSSRga qaytarilgan edi. Bitimga 
ko„ra, Milliy Turkiston Birlik Qo„mitasiga qarashli 200 ming askar va 300 
ming ehtiyotda turgan turkistonliklami, bir qanchasining qoilariga zanjirlar 
solib, zo„rlab, oilalari bilan yuk, hayvonlar tashiladigan vagonlarga tiqib 
Rossiyaga tomon jo„nata boshladilar. Turkistonliklaming ko„pchiligi o„z-
o„zlarini oidirdilar. Ular «mslaming qoiiga tushgandan ko„ra, oiim 
yaxshiroq», deb qoilarining tomirlarini kesdilar, beajal halok boidilar. 
Turkistonliklar arosatda qolgan mana shunday fojiali bir sharoitda o„z 
vatandoshlarini qutqarish uchun jon kuydirib ishlagan Amerikadagi 
armanilar singari turklarga ham yordam qoiini cho„zadigan bir davlat 
topilmadi. Turkistonlik asirlami Turkiya davlati panohiga olish tashabbusini 
Germaniyada o„qib turgan ikki turk talabasi ko„tarib chiqdi. Ulaming 
himmati bilan 1945- yilda Turkiya Arkon-i Harbiya-i Umumiyasining 
Bavariyadagi Amerika armiyasi naznidagi tamsilchisi yuzboshi Ehson 
Unasanning bevosita sa‟y-harakati tufayli Turkiyaga jo„natilishi ko„zda 
tutilgan turkistonliklaming anketalari ikki nusxadan tayyorlandi. Ehsonbey 
tayyor boigan anketalaming bir nusxasini o„zi oldi, boshqa bir nusxasini esa 
maxfiy yoilar bilan Anqaraga jo„natdi. Ehsonbey 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling