O'zbekiston tarixi
Oblomurodov N. О‘zbekistorming fashistlar okkupatsiyasidan zarar ko'rgan
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Oblomurodov N. О‘zbekistorming fashistlar okkupatsiyasidan zarar ko'rgan rayonlarga yordami.-Т.: Fan, 1985, 15-16-betlar. 506 0„zbekiston mehnatkashlari, xususan, fan, maorif va madaniyat tarmoqlarining xodimlari Ukraina, Belorussiya va RSFSRning fashizm zulmidan azob ko„rgan tumanlariga maorif va madaniyat shaxobchalarini tiklashda ham yordam berdilar. Buni quyidagi yorqin dalillarda ochiq -oydin ko„ramiz. Ozod etilgan tumanlarda 0„zbekistonning yordami bilan 1944-yil 1-yanvariga kelib 2,8 million o„quvchisi boigan 23 ming 805 maktab ish boshladi, 1944- 45-o„quv yilida esa fashistlar SSSR hududidan batamom haydab chiqarilgach, 4,8 million o„quvchi taiim olgan 35 ming maktab o„z faoliyatini tikladi. Xullas, 1941—1945-yillardagi urushda qoiga kiritilgan g„alabada 0„zbekiston va uning mehnatkashlar ommasi munosib va salmoqli hissa qo„shdi. Urush 0„zbekiston hududida boigani yo„q. U bizdan bir necha ming kilometr narida - Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo„yi va RSFSR hududlarida boidi. Bu urush o„zbek xalqining milliy manfaatiga ham zid edi. Ammo nega respublika mehnatkashlari SSSRdagi boshqa xalqlar qatorida fashistlar agressiyasini 0„zbekistonga qarshi qilingan agressiya deb bildi va ommaviy sur'atda urushga otlandi? Nega o„zbek xalqi 2 million 600 mingdan ortiq kishi imzo chekkan «0„zbek xalqidan jangchilarga xat»da o„z farzandlariga: «Ey o„zbek jangchisi, ey qoiiga qurol olgan askar!... oilangdagi o„gionlaming sarasi boi, qardosh xalqlar o„rtasida ham ilg„or bahodirlaming bittasi boi!», deb da‟vat qildi? Nega o„zbek xalqining asl farzandi pskentlik Mirza Poiatov, qoraqalpoqlik yigit Xudoybergan Mamutovlar o„z jonlaridan kechib yonib turgan samolyotlarini dushman kolonnasi ustiga urib fashistlarga katta talofatlar berib Gastello jasoratini takrorladilar, o„zbek o„gionlari T.Rustamov va T.Eryigitovlar esa A.Matrosovga o„xshab afsonaviy qahramonlik mo„jizasini ko„rsatdilar? Nima sababdan urush jabhalarida ming- minglab respublikamiz bahodirlari dushmanga qarshi kurashib, jon berib, jon oldilar? Qanchadan-qancha mard-u maydonlar o„z ona zaminlariga qaytib kelmadilar, qardosh respublikalar yerlarida tuproqqa qorishib ketdilar. Axir ular ham yashashni istar edilar-ku? Respublika yigit-qiz jangchilaridan 120 ming kishi SSSRning orden va medallari bilan, 300 dan ortiq kishi Sovet Ittifoqi Qah- ramoni unvoni bilan taqdirlandi. Bu fidoyilik va jondan kechib boisa-da qahramonlikka intilish omilining siri nimada? 507 0„zbekiston xalqi o„zining insoniy, baynalmilal burchini bajardi. Fashizmning millati, vatani yo„q. U qayerda paydo boimasin, unga qarshi kurash dunyodagi barcha erksevar millatlar va xalqlaming insoniyat oldidagi burchidir. 0„zbekiston mehnatkashlari KPSSning, sovetlaming yolg„on va aldovdan iborat sotsialistik baynalmilalchilik va xalqlar do„stligi to„g„risidagi (amalda esa shovinistik-mustamlakachilikdan iborat) tashviqot va targ„ibotlariga ishongan edilar. Bu balandparvoz g„oya va chaqiriqlar ulaming ong-u shuurlarini allaqachon egallab olgan edi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling