O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘sha manba. 487 Frontda chiqariladigan gazetalarda ishlash uchun 0„zbekistondan bir guruh yozuvchi va jumalistlar turli frontlardagi siyosiy boshqarmalar ixtiyoriga yuborildi. Bulardan Toiqin Rustamov va Rasul Muhammadiy Sovet Armiyasi bosh boshqarmasida instruktor, Jalolxon Azizxonov, Rustam Abdurahmonov, Sharif Bo„latov, Muhammadjon Murodov, Yoichi Bilolov va boshqalar front gazetalarida muharrir o„rinbosarlari, Nazir Safarov, Mirzakalon Ismoiliy, Zinnat Fatxullin, Meli Jo„ra, Toiagan Soatov, Abdulla Sharofutdinov, Adham Hamdam, To„g„on Emazarov va boshqalar harbiy muxbirlar sifatida va jumalistikaning boshqa jangovar sohalarida ishladilar. Umsh yillarida o„zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi nashr etilgan. «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Qizil armiya»-, «Vatan sharafi uchun», «Dushmanga qarshi olg„a», «Sovet jangchisi» gazetalari umshning so„nggi kunlarigacha nashr etildi. «Sovet jangchisi» (1942-yil 25- dekabrda Janubiy-G„arbiy frontda tashkil etilgan) gazetasi o„zbek tilidagi boshqa front gazetalari singari «Nemis bosqinchilariga oiim!» so„zlarini o„ziga shior qilib olgandi. Jangchilaming harbiy-siyosiy tarbiyasi, yovuz dushmanga qarshi mohirona jang qilishning sir-asrorlari kabi mavzular gazeta sahifalaridan keng o„rin egallardi. Frontdagi o„zbek jangchilarining kurashi, mardligi va jasorati haqida hikoya qiluvchi materiallar, ulami dushmanga qarshi g„azab-nafrat ruhida tarbiyalovchi, makkor dushmandan shafqatsiz o„ch olishga, qasos olishga da‟vat etuvchi shiorlar tez-tez yoritilardi: «Fashistlami izma-iz quv, botqoqqa botir va qirib tashla!», «Fashistlami temir halqada bo„g„ib oidir!», «Fashismi oidirish ulug„ savob!» kabi da‟vatkor chaqiriqlar shular jumlasidandir. Gazetaning «Shafqatsiz o„ch ol, jangchi!» sarlavhali bosh maqolasida (1943-yil 11-avgust, №54) bu g„oya yanada chuqurroq va kengroq ochildi: «01g„a qarab borar ekansan, - deyiladi bosh maqolada, - ko„z oldingda qabih nemis-fashist turganini unutma! Uni bexato ot, nayza bilan sanch, to„p- zambaraklardan ajal urug„ini yog„dir. Sening sevgan xotining, jajji bolang, oppoq soqolli otang, yo„lingga ko„z tikkan onang sendan xuddi shunday mardlikni kutib turibdi» 1 . Redaksiya o„zbek xalqining jangchilarga ulaming el-yurtlaridan Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling