O'zbekiston tarixi


 Oxunboboyev Y. Tanlangan asarlar. - Т.: 0‘zbekiston, 1985. 427, 430-431- betlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Oxunboboyev Y. Tanlangan asarlar. - Т.: 0‘zbekiston, 1985. 427, 430-431- betlar. 
2
 Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. - Т.: 0‘zbekiston, 1990, 120-bet. 
3
 O'sha asar, 136-bet.
491


0„zbekistonlik mard jangchilardan 1706 kishi «Berlin olinganligi 
uchun» medali bilan mukofotlangan, «Germaniya ustidan g„alaba 
qozonganligi uchun» medali bilan esa 109208 kishi taqdirlandi. Shunday 
qilib, fashistlar Germaniyasi bu urushda sharmandalarcha yengildi va 1945-
yil 9-mayda so„zsiz taslim boiganligi to„g„risidagi shartnomaga imzo chekdi. 
Ammo qonli urush hali tamom boimagan edi. Uzoq Sharqda militaristlar 
Yaponiyasi ham xavf solib turar edi. Shu boisdan ham SSSR Qurolli 
Kuchlari 1945-yil 2-sentabrgacha davom etgan urushda Yaponiyaning 
Kvantun armiyasini tor-mor keltirib, uni taslim boiishga majbur qildi. 
Yaponiya imperializmiga qarshi olib borilgan janglarda ham 
0„zbekiston qo„shinlari qahramonlik namunalarini ko„rsatdilar. Jami boiib 
o„zbek jangchilaridan 6770 kishi Yaponiya militarizmiga qarshi kurashda 
SSSRning orden va medallari bilan taqdirlandi. 
Fashizm ustidan tarixiy g„alabani qoiga kiritishda xalq qasoskorlari - 
partizanlaming xizmatlari ham beqiyosdir. Xalq qasoskorlari dushmanning 
ming-minglab omborlariga o„t qo„yar, qurol-yarogiarini oija qilib olar, 
ulaming eshelon va relslari, ko„priklari va mashinalarini portlatar, 
kutilmaganda qo„qqisdan zarba berar, xullas dushmanning tinkasini quritib 
Qizil Armiyaning g„alabasini tezlashtirar edilar. 
Umumxalq qasoskorlari harakatida o„zbek o„gionlari ham faol 
qatnashdilar va qahramonlik namunalarini ko„rsatdilar. Belo- mssiyaning 
partizan otryadlari saflarida jang qilgan farg„onalik yigit, Sovet Ittifoqi 
Qahramoni Mamadali Topiboldiyev dushmanning to„rtta mashinasini yakson 
qildi, harbiy yuk ortib ketayotgan temir yoi sostavini ishdan chiqardi, yuzlab 
fashistlami qirib tashladi. 180 nemis soldat va ofitserini asir oldi. Bugungi 
kunda Belomssiyadagi Pisareva qishlogi Topiboldiyevka deb ataladi, u yerda 
o„zbek jasur o„gioni nomiga ko„chalar, maktablar qo„yilgan. 
Minskda tashkil etilgan 1941-1945-yillar urush muzeyida Mamadali 
Topiboldiyev surati, hayoti, jangovar faoliyati haqida keng maiumotlar bor. 
0„zbekistonlik xalq qasoskorlari dan hukumatning orden va medallari 
bilan taqdirlanganlar orasida G„ofur Hakimov, Dehqonboy Qosimov, Vali 
Bashirov, Karim Yusupov va Muxtor Galiyevlaming ham nomlari bor. 
Bundan tashqari o„zbekistonlik partizan jangchilardan 15 kishi «I darajali 
Vatan umshi partizani», 
492


50 kishi esa «II darajali Vatan urushi partizani» medallari bilan taqdirlangan. 
0„zbekistonlik partizanlardan D.Abduraimov, T.Islomov, S.Fay- ziyev, 
M.Ahmedov, T.Qo„chqorov, Q.Usmonov, I.Soliyev, A.Ma- majonov, 
G„.Toshniyozov, M.Xoliqov va boshqalar Belorussiya, Ukraina, Bolgariya, 
Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Italiya hudud- larida amalga oshirilgan 
jang harakatlari paytida mislsiz qahramon- liklar ko„rsatganlar. 
Xullas, 0„zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida 
qahramonlik va jasorat namunalarini ko„rsatdilar, ular kechani-kecha, 
kunduzni-kunduz demasdan, och-yalang„och holda, juda og„ir va qiyin 
sharoitlarda xalq xo„jaligining barcha tar- moqlarida sidqidildan mehnat 
qilib urushni g„alaba bilan yakunlash maqsadida front manfaatlari uchun 
turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqardilar. 0„zbekistonlik jangchilar front 
chiziqlarining oldingi saflarida mardlik va qahramonlik ko„rsatdilar. Rus, 
ukrain, belorus, Boltiqbo„yi yerlarini fashistlar Germaniyasidan ozod 
qilishda faol qatnashdilar va umumiy dushman ustidan qozonilgan tarixiy 
g„alabaga o„zlarining munosib hissalarini qo„shdilar. 
0„zbekistonlik jangchilardan 1939-1945-yillardagi ikkinchi jahon 
urushida fashistlar Germaniyasi va Yaponiya militarizmiga qarshi 
kurashdagi jasorati, mardligi va qahramonligi uchun 120 ming kishi 
SSSRning orden va medallari bilan taqdirlandi, 300 dan ortiq kishiga esa 
sovet ittifoqi Qahramoni
1
unvoni berildi. Ammo urush va qoiga kiritilgan 
tarixiy g„alaba 0„rta Osiyo xalqlariga juda qimmatga tushdi. Mazkur mintaqa 
aholisining umumiy miqdori 
1940- 
yildagi 10 million 906 ming kishidan, 1945-yilga kelib 8 
million 982 ming kishiga tushib qoldi, ya‟ni 1 million 924 ming nafarga 
qisqardi. Agar 1940-1945-yillarda tugilgan yosh go„daklami ham qo„shib 
hisoblansa, yo„qotish raqami bundan ham ko„proq boiadi. Ayniqsa, bu 
urushdan 0„zbekiston ko„p narsa yo„qotdi jumhuriyat aholisi 1,4 million 
kishiga qisqardi
2
. Frontga safarbar qilingan 1 millon 433.230 kishidan 263 
005 kishi halok boidi, 132.670 kishi bedarak yo„qoldi va 60452 kishi o„z 
oilasiga nogiron boiib qaytdi
3
. Bu hisobga urush yillarida ochlik-
yalang„ochlikdan 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling