O'zbekiston tarixi


 «Sharq yulduzi» jumali, 1989-yil, 4-son, 174-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet462/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Sharq yulduzi» jumali, 1989-yil, 4-son, 174-bet.
2
 Геллар М., Некрич А. История России 1917-1995. Утопия у власти. Кн. Вторая. 
Мировая империя, 54-bet. 
3
 O'zR MDA, 837-fond, 31-ro‘yxat, 51-ish, 23-varaq.
4
0‘sha manba.
604


tilga olingan qarorlarda va ijtimoiy-siyosiy va nazariy masalalarda 
o'tkazilgan munozaralarda o„z aksini topdi. Mamlakatdagi barcha ziyoli ahli 
«ulug„ dohiy»ning «nazariy-ilmiy dunyoqarashi» g„oyalari bilan yo„g„rilgan 
ana shu qarorlar va munozaralar davomida «xalqlar dohiysi» tomonidan 
bildirilgan «qimmatli fikrlar va xulosalar»dan chetga chiqmasligi va «buyuk 
Korifey»ga shak keltirmasligi kerak edi. Kimki bu yo„ldan chiqsa, u xalq 
dushmani va aksilinqilobiy, burjuacha qarashlaming targ„ibotchisiga 
yo„yilgan. 
«Xalqlar dohiysi» rejalari asosida amalga oshirilgan bunday xavfli va 
dahshatli tadbirlar tezda o„zining «natija»larini bera boshladi, «Leningrad 
ishi», «Gruziya ishi» va hokazo atalmish qo„lbola va to„qima ishlar sun‟iy 
tarzda yaratilib, juda katta qonli qurbonlarga sabab bo„ldi. Bu fojialaming 
dahshatli oqibatlarini shu dalildan ham bilsa boiadiki, 1945-1954-yillar 
mobaynida mamlakat bo„yicha qatag„onlar, surgun va ochlikdan 4.000 000 
odam qirilib ketdi
1
. Qatag„onlar, ayniqsa, Sho„ro Rossiyasi mustamlakasi 
hisoblanmish 0„zbekistonda og„ir va dahshatli kechdi. 1939-1953- yillarda 
0„zbekistonda faqat ziyolilaming o„zidan jami boiib 61 ming 799 kishi 
qamoqqa olindi. Shulardan 56 ming 112 kishi turli muddatlarga ozodlikdan 
mahrum qilindi, 7 ming 100 kishi
2
esa otib tashlandi. Bu hisobga 
«aksilinqilobchi», «panturkist», «panislomist», «I.Stalinni haqorat qilgan», 
«zararkunanda», «kundalik mehnat normasini bajarmagan», «quloq avlodi» 
va boshqa «ayblar» bilan ommaviy qatag„onlikka uchragan vatandoshlarimiz 
kirmaydi. 
1948- 
1952-yillarda o„zbek ziyolilari boshiga tushgan 
dahshatli qatag'onlar fan va madaniyatimizning haqiqiy jonkuyar, otashqalb 
o„g„lonlarini qatli om etdi. Bunday dahshatli fojialaming kuchayishiga 
ziyolilarimiz va ijod ahlining o„zi ham hissa qo„shdi. Ular saflarida,. har 
doim boiganidek, bu davrda ham mansab, obro„, unvon, nishon va medallar 
ilinjida, mustamlakachi va bosqinchi to„ralarga yoqish, ularga yaxshi 
ko„rinish va ko„nglini ovlash maqsadida bir-birlarini tavqi la‟natlab, ular 
to„g„risida ig„vo-bo„hton va fisq-u fasodlar tarqatish, tuhmatlar yog„dirish 
hollari kuchli avj oldi. 
0„zbekiston xalq shoiri Shukrullo hikoya qiladi: «Urushdan keyingi 
paytda Oybek uyushma raisi, men esa maslahatchi edim. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling