O'zbekiston tarixi


«Temirchi Jo'ra» (1933), «0‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1933), «Qizlar» (1947)


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet470/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

«Temirchi Jo'ra» (1933), «0‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1933), «Qizlar» (1947), 
«Zafar va Zahro» (1950) va boshqa poemalar, «Nur qidirib» (1956), «Bolalib> (1962) kabi 
qissalar, «Qutlug‘ qon» (1940), «Navoiy» (1944), «Oltin vodiydan shabadalar» (1949), 
«Quyosh qoraymas» (1959), «Ulug‘ yo‘1» (1967), romanlari muallifidir. U 1965-yilda 
«0‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor boigan. 
613


tashkiloti Oybekni partiya safidan o„chirdi. 0„sha yili 30 noyabrda esa 
Yozuvchilar uyushmasi uni uyushmaning boshqaruv hay‟atidan ham 
chiqardi. Hayotning bu ko„rguliklari ulug„ adibning tinka- madorini quritdi. 
U dastlab mikroinsult kasaliga chalinib, o„ng qoii shol (falaj) bo„lib 
ishlamay qoldi, so„ngra esa tildan ham judo boidi. 
1951- 
yilda Moskva milliy oikalarda uyg„onib kelayotgan 
yangi fikrlar va qarashlami bo„g ish maqsadida bir qator tadbirlar dasturini 
ishlab chiqdi. Xususan, bu borada «Kommunist» (Moskva) jumalida 
Kavkazdagi muridizm harakati mohiyatining «ochilishi», «Pravda» 
gazetasida esa adabiyotdagi millatchilik ko„rinishlarini fosh etishga 
bagishlangan bosh maqola alohida diqqatga loyiqdir. Ushbu hujjatlar 
munosabati bilan azaldan boigan Kompartiya tartib-qoidalari asosida 
Kompartiyaning 0„zbekistondagi malaylari, mahalliy sharoitdan kelib 
chiqqan holda, «o„z tadbirlari»ni ishlab chiqdilar. 
1952- 
yil 
21-22-fevral kunlari Moskvaning ko„rsatmasiga 
javo- ban 0„zbekiston Kompartiyasining X Plenumi chaqirildi. Unda 
A.E.Niyozov «Respublikadagi mafkuraviy ishlaming ahvoli va ulami 
yaxshilash to„g„risida» ma‟ruza qildi. Ma‟mza boshdan-oyoq ogir kasallikka 
chalinib yotgan Oybek nomini badnom qilishga qaratildi. Oybek direktorlik 
qilayotgan Til va adabiyot institutida o„zbek adabiyoti tarixiga, «Alpomish» 
xalq dostoniga yetarli darajada markscha-lenincha pozitsiyadan turib baho 
berilmaganligi, o„zbek adabiyoti tarixidan 8-9 sinflar uchun chiqarilgan 
G„ulom Karimovning Oybek muharrir boigan darsligida jadidizmning - 
«o„zbek xalqi ashaddiy dushmanlari»ning ijobiy roli to„g„risida so„zlab 
o„tilganligi, «0„zbek poeziyasi antalogiyasi»ga yozilgan so„zboshida 
«xalqqa qarshi qaratilgan», «zararli» «Doda Qo„rqut» eposini qahramonlik 
dostoni sifatida tilga olgani, «Navoiy» romanida tarixiy o„tmishni 
ideallashtirgani, asarda «keng xalq ommasiga tushunarsiz boigan arabcha-
forscha so„zlami keng qoilagani» uchun adibning ta‟zirini bermoqchi 
boiishgandi. Ish shu darajaga borib yetdiki, Oybek muxoliflari qo„shni 
Tojikiston Respublikasidagi maslakdoshlari bilan o„zaro til topishib «Kom-
munist Tadjikistana» gazetasining 1952-yil 7-dekabr sonida filolo- giya 
fanlari nomzodi Abdulg„ani Mirzayevning «Tarixiy haqiqatni buzishga 
qarshi» maqolasini chop ettirdilar. Maqola muallifi keyinchalik 
0„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi unvoni bilan sharaflangan edi. 
Mazkur maqolada muallif Oybekning 
614


«Navoiy» romanidagi ayrim tarixiy nuqtalami asossiz tanqid qilgan boiib, 
uning asosiy maqsadi Stalin mukofotiga sazovor boigan va jahondagi bir 
qator tillarga o„girilgan asami chippakka chiqarishdan iborat edi. 
«Navoiy»ning chippakka chiqarilishi buyuk adibning halokati bilan barobar 
edi. Ana shu niyatda 0„zbekiston Kompartiyasining mafkuraviy ishlar 
bo„yicha kotibi H.Tursunov ko„magida Oybek ijodini yaxshi bilgan kuchlar 
«Navoiy» romaniga qarshi maqola tayyorladilar. Ammo bu maqola 1953-yil 
16 mayda «Qizil 0„zbekiston» gazetasida aspirant Botir Fayziyev nomidan 
e‟lon qilindi. 
Oybekni qamoqqa olish pishib qolgan shu kezlarda bir necha vijdonli 
ijodkorlar bilan birga Toshkentga kelgan qozoq adibi Muxtor Avezov 
H.Tursunov huzuriga kirib, Oybekning ko„p millatli sovet adabiyotining 
atoqli siymolaridan biri va iftixori ekanligi, uning ijodida ham, xatti-
harakatida ham millatchilik va aksilinqilobiylikdan zarracha asar yo„qligini 
aytganlar. «Markazqo„m kotibi ular keltirgan dalillami mutlaqo to„g„ri deb 
topib, ularga hammaslak ekanligini bildirgani holda Oybekni saqlab 
qolishning iloji yo„qligini aytgan»'. 
Bu g„oyatda diqqatga loyiq misol milliy qatag„onlik kaliti 0„zKP MQ 
dan ham yuqoriroq tashkilotlar qoiida boiganligini ko„rsatadi. Ulug„ adib esa 
hayot hasratlarini keyinchalik quyidagi satrlarda ifodalagan edi: 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling