O'zbekiston tarixi
0‘sha manba, 108-ish, 1-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
0‘sha manba, 108-ish, 1-varaq. 2 0‘sha manba. 3 0‘sha manba, 304-ish, 22-varaq. 4 Oybek - o‘zbek xalqining buyuk romanshunos yozuvchisi, shoir, olim va jamoat arbobi, 0‘zbekiston FAning akademigi. 1930-yilda 0‘rta Osiyo Davlat universitetining Iqtisod fakultetini tamomlagan. 1943-1953-yillarda 0‘zbekiston FA Ijtimoiy fanlar bo‘limi mudiri. 1946-1950-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi. 1958-1968-yillarda «0‘zbek tili va adabiyoti» jumali bosh muharriri. Oybek «Armug‘on» (1922), «Tuyg'ular» (1926) «Ko'ngil naylari» (1929), «Mash’ala» (1932) kabi she’riy to‘plamlar, «Dilbar-davr qizi» (1932), 612 zug„um, tuhmat va ta‟qiblaming ham tashkilotchisidir. U bir guruh e‟tiqodsiz va farosatsiz o„zbekistonlik laganbardor yozuvchilami yoniga olib, Oybek ustidan SSSR Yozuvchilar uyushmasiga shikoyat xati uyushtiradi. Bu xatda Oybekning «millatchi»lik qiyofasi «inkor etib bo„lmaydigan hujjatlar» bilan asoslangan edi va 0„zbekiston Yozuvchilar uyushmasini bu aksilsho'raviy unsurdan tozalash so„ralgan edi. Mazkur arizani tekshirish uchun Moskva o'zbek xalqining jallodi Apresyanning qondoshi va kommunistik mafkuraning «sodiq himoyachisi» M.Shaginyanni yuborgan edi. U 1949-yil 1-iyunda 0„zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rayosati majlisida bo„lib, Oybekka qarshi uyushtirilgan kampaniyaga boshchilik qildi va bir guruh jipslashgan hasadchi ko„mamaklami yetaklab respublika partiya Markazqo„miga chiqdi. Shu kundan e‟tiboran Oybekka qarshi boshlangan xurujga A.E.Niyozov boshchiligidagi Markaziy Qo„mita rahnamolik qila boshladi. Xuddi shu yili va o„sha oyda 0„zKP MQsida «0„zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faoliyati to„g„risida» shoshilinch tarzda qaror qabul qilindi. Unda Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida yo„1 qo„yilgan barcha xato va kamchiliklarga Oybek sababchi, deb xulosa qilindi. Darhol 9-10-iyul kunlari 0„zbekiston Yozuvchilar uyushmasining III Plenumi chaqirilib, Oybek uyushma raisi va «Sharq yulduzi» jumali muharriri lavozimlaridan olib tashlandi. Ammo muxoliflar bu bilan ham qanoat hosil qilmadilar. Ular 1950-1951 -yillar davomida 0„zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Plenum maj- lislarida «Kommunist», «Sharq yulduzi» jumallari va «Qizil 0„zbekiston» gazetasida Oybekka qarshi turli ayblami riyokorlik bilan tarqatdilar. V.Milchakov, M.Melkumov, M.Sheverdin, Ye.Samaxvalova, S.Somova singari shovinist rahbarlaming o„zbek ziyolilariga, Oybek domladek ulug„ zotlarga qarshi boshlangan yalpi hujum va qatag„onliklariga shuhratparast, mahalliy qalamkashlar laganbardorlarcha xizmat qilib, millat dushmanlarining tegirmonini qullarcha aylantirdilar, o„nlarcha sof vijdonli ijodkorlar umriga zavol bo„ldilar. 1951-yil boshlarida V.Milchakov rahbarlik qilgan partiya Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling