O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari
Download 112.53 Kb.
|
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xulosa.
Etnografiya fanida. Mamlakatimiz mustaqilligi asoschisi birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari Etnografiya fanida o’rganilishi mustaqillik davrida O’zbekistonda yuz berayotgan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy o’zgarishlar tarixni chuqur va holisona tarzda hamda teran tafakkur asosida ilmiy tadqiq etishni taqozo etmoqda. Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganidek: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”49.
Darhaqiqat, Yurtboshimiz tarixchilar oldiga qo’ygan eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri o’zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) va milliy davlatchiligimiz tarixini holisona tadqiq etishda etnografiya – elshunoslik (xalqshunoslik) fani ham salmoqli o’ringa egadir. Etnografiya ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lib, uning eng asosiy tadqiqot ob’ekti yer yuzidagi barcha etnoslar – urug’-qabilalar, elatlar, xalqlar va millatlar hisoblanadi.50 Umumiy xulosa. Xulosa qilib shaxsiy fikr o’rnida shuni aytmoqchimanki “O’zbekistoning haqoniy holis ilmiy asoslangan tarixini yaratish” o’zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo’lda minglab Vatan, yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Mana shunday azaliy orzularning ushalishida, ularga to’g’ri yondoshgan holda tadqiq etish va o’rganishda O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari yo’lchi yulduz vazifasini o’taydi desam adashmagan bo’laman deb o’ylayman. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida ilgarsurilgan asosiy masalalar, tarixni holisona haqqoniy to’g’ri yoritishga bo’lgan talablari va yo’l yo’riq ko’rsatmalari ayni biz tarixchilar uchun ham masuliyat, ham aniq bir maqsadli yo’nalishni belgilab beradi. Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi katta yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish mushkul vazifa. Xar qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi-o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga ega bo’lishliqlariga bog’liqdir. Bu fazilatlarni mehnatkashlar ommasi, yurtimiz kelajagi - yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixini o’rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir. I.A.Karimovning “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat” kitobidagi bir fikrga diqqat qilish joizdir. Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, quyidagi so’zlar tarixchi - tadqiqotchilarimiz izlanishlari uchun metodologik asos bo’la oladi: “Biz yangi hayot uchun bel bog’ladik, biroq o’tmishga malomat toshlarini otmadik. Xalqimizning o’tmishga tosh otish - gunohi azim, degan asl aqidasini yodda tutdik... o’tmishni taftish qilish yoki uni inkor etish - o’z ildizimizni o’zimiz kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik...”51 Bu gaplarni tarixchilarimiz, ba’zi ijodiy ziyolilarimiz ham o’qib, ham uqib olishlari kerak, chunki ilgari ular bunga amal qilmadilar va hozir ham to’la amal qilayotirlar, deb bo’lmaydi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng dastlabki kunlardanoq mustaqillikni mustahkamlashning ulkan vazifalari qatorida milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek dolzarb vazifa ham kun tartibi masalalaridan biri edi. Chunki endigina mustaqillikka erishgan xalqimizning. ongida, tushunchasida hali malum bir shubha, qo’rquvga o’xshash holatlar, sho’rolar davri va komfirqa mafkurasining qoldiq va asoratlari saqlanib qolgan edi. qolaversa yangi, mustaqil O’zbekiston davlatining ham o’ziga xos, xalqni to’g’ri yo’ldan ozod, erkin, istiqlolga boshlab boruvchi milliy istiqlol mafkurasi ham yaratilishi shart edi. Barchamizga malumki milliy mafkuraning o’ziga xos teran ildizi, asoslari bo’lishi kerak. Bu o’rinda albatta, ishni avvalo yashab turgan mamlakatimizning, xalqimizning tarixini, ajdodlarimiz bosib o’tgan ham sharafli, ham mashaqqatli yo’l va ular yaratgan moddiy-manaviy meros tarixini o’rganishdan, qolaversa, sho’rolar hukmronligi davrida tariximizni soxtalashtirilgan, o’chirilgan tomonlarini haqqoniy, xalqona, adolatli yoritib, elimizga e’lon qilishdan boshlash zarur edi. SHuning uchun ham yurtboshimiz I. Karimov mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq tariximizni, o’tmishimizni mukammal o’rganishga alohida etibor karatdi. Chunki, tarixni o’rganish va bu orqali o’zligimizni anglash-milliy mafkuraning ajralmas, tarkibiy qismi ekanligini unutmasligimiz kerak. O’tmishimizni o’rganib o’zligimizni anglash bilan bir qatorda, ajdodlarimiz haqida, ularning tariximizdagi o’rni va kelajak avlodlar uchun bajarib ketgan oliyjanob ishlari haqida, o’tgan mutafakkirlarimizning iqtidori, ijodi jahon miqyosida bo’lganligi haqida, shuningdek ko’p ming yillik bosib o’tilgan yo’llardagi boshdan kechirilgan urushlar, bosqinlar, qaramlik davrlari-bularning bari haqidagi malumotlarni bilish xalqimiz ongida, tushunchasida juda katta ijobiy o’zgarishlar yasaydi. Milliy g’urur, milliy faxr, iftixor tuyg’ularini vujudga keltirish bilan birga, ayni vaqtda milliy istiqlol mafkurasi haqidagi tushuncha va bilimlarni ham tezroq o’zlashtirilishini osonlashtiradi. Download 112.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling