O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari
Download 112.53 Kb.
|
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
Uchinchidan, Birinchi Prezidentimiz haqqoniy tarix to’girisida gapirar ekanlar jumladan shunday degan edilar: “Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch g’ayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar”.30.
Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamislarning orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo’q deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir. Sovet davrida o’rganilgan adabiyotlardan voz kechib mahalliy tarixchilarimiz yaratgan tarixiy ma’lumotlarni ommalashtirishimiz va milliy davlatchiligimiz tarixini o’zimiz yaratishimiz kerakligi haqida aytib o’tadilar. To’rtinchidan, Tarixning buzib talqin qilinishi yani o’tgan asrning ikkinchi yarmida kommunistik mafkura g’oyalari asosida yozilgan tarixni qayta yozish. Xususan Biz o’zbeklarni ulug’, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to’ylarini o’tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning, eng avvalo, buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo’lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shganini olam ahliga bildirish edi. Janob Jak Shirakning o’zi ishtirok etgan bu anjumanda men mazkur fikrimni ishonchli manbalar asosida isbotlab berishga harakat qildim. Aytdimki, davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g’ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo’lib qolg’usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz. Surishtirib ko’rilsa, Parijda va umuman, yevropada ham sohibqiron bobomizning obro’sini to’kishga urinishlar bo’lgan. Buyuk sarkardaligini tan olgan holda, uni, aytishga til ham bormaydi, yovuzlikda ayblashgan. Bunga hech qanday mantiqiy asos yo’qligini isbotlab berish qiyin emas. Inson bir paytning o’zida ham bunyodkor, ham yovuz bo’lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo’r odam "Kuch - adolatda" deyishi mumkinmi?!31 O’zbekistonning obro’yini ko’tarish bir chetda qolib, allaqanday atillalarga voris bo’lish bizga mutlaqo yarashmaydi. Men bunga qat’iyan qarshiman. Kimgadir voris bo’lish kerak bo’lsa, biz Beruniylarga, Buxoriylarga, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Boburlarga voris bo’lamiz. O’zbekning fe’l-atvori barchaga ayon. U yerni, tabiatni sevadi. Do’ppisida suv tashib bo’lsa ham, daraxt ko’kartiradi. O’zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo’liga qurol olguday bo’lsa, faqat o’zini himoya qilish uchungina oladi.32 Yuqoridagi gaplar birinchi prezidentimiz tomonidan o’zbek nomiga tosh otgan uni madaniyatsiz deb “o’z ilmiy kitoblari”ni bezagan ayrim g’alamislarga nisbatan aytilgandir. O‘zbek xalqi, uning davlatchiligi, etnik shakllanishi tarixini qayta tiklash vazifasi haqida gapirib, O‘zbekiston davlati rahbari shunday degan edi: “Bugun asrlar davomida ezilgan, kamsitilgan, sha’ni va g‘ururi toptalgan el-yurtimizning ezgu niyatlariga erishdik – mustaqil davlat quryapmiz. Davlatimizning shunchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvat ato etishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimizning ma’naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘lik yuksak bo‘lishiga bog‘liqdir. Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo‘lib, eng asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida xalqimiz tarixini, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini qo‘ydik.33 O‘zbekiston birinchi prezidenti tarix fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi tarixini yozma manbalar asosida yoritib berish vazifasini tilga olar ekan, uni ilmiylik, xolislik va tarixiy-qiyosiy usullar vositasida, muammoning manbashunosligi va tarixshunosligini keng yoritilgan holda tadqiq qilishni ilgari surdi. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, aytish mumkinki, o‘zbek davlatchiligining vujudga kelishi, o‘zbek xalqining etnik shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini xolisona ilmiy tadqiq qilish – O‘zbekistonni taraqqiyotning yuqori bosqichiga, rivojlanishning yangi yuksak marrasiga olib chiqishda, xalqimizning tarixiy tomirlarini aniqlashda, unga ma’naviy kuch-qudrat baxsh etib, milliy g‘ururini uyg‘otishda, o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga ega.Birinchi prezidentimiz lo’nda qilib ko’rsatdilar. “Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat deb, tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”.34 Tarixni bilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur, - deb ko’rsatadi ushbu asarlarida birinchi prezidenimiz I.Karimov. Download 112.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling