O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari


II BOB. O’ZBEKISTON RESPULIKASI BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING “TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO’Q” ASARINING TUP MAZMUN MOHIYATI


Download 112.53 Kb.
bet9/14
Sana14.05.2023
Hajmi112.53 Kb.
#1459655
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q

II BOB. O’ZBEKISTON RESPULIKASI BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING “TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO’Q” ASARINING TUP MAZMUN MOHIYATI

2.1. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarining tarixiy tadqiqodlar asnosida o’rganilishi
Tarix odamlarni o’ylatadi, bo’lib o’tgan tarixiy hodisalar va voqealarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan amaliy hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Tarixni o’zini o’rganishda esa bir qancha tarixiy metodalogik asarlar juda qo’l keladi shulardan biri O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asaridir. Ushbu asarni tarixchilar o’z ilmiy ishlarini to’laroq yoritishlarida o’rganib o’zlariga ilmiy yo’nalish oladilar. Umuman olganda mamlakatimiz ilm olamida hech bir soha yo’qki qilingan ilmiy yangilikda ushbu asar atroflicha o’rganilib, uning nomi tilga olinmasa. Quyida biz sizlarga shunday ilmiy maqolalar, nomzodlik,doktorlik dissertasiyalari va ilmiy metodalogik asarlarini keltirib o’tamiz.
“O’zbekistonning yangi tarixi. Konseptual-Metodologik muammolari” mavzuidagi respulika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. “Akademiya” nashriyot Toshkent-1998-yil .35
Ushbu kitobning yaratilishida O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida ilgari surilgan masalalarga to’xtalib o’tilib. Shu kungacha tariximizda javobsiz qolgan bir qancha savollarga atroflicha misollar bilan javob berib o’tilgan.
“Vatan tarixi” “Sharq” nashriyoti 2003-yil36
Mazkur adabiyotda O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 1998-yil mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan bo’lgan uchrashuvda keltirib o’tilgan bir qancha dolzarb muammolarga to’xtalib o’tilgan.
“Tarix falsafasining nazariy asoslari” “Sharq” 2006-yil37
Ushbu ilmiy adabiyotning dunyoga kelishida O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari juda katta ahamiyatgaega bo’lgan tarix faning nazariy yo’nalishlarini o’zida aks ettiruvchi ushbu kitobda birinchi prezidentimiz aytib o’tgan barcha fikirlariga sharhlar berilgan.
“Marifat”(maqola) gazetasida 2001-yil38 maqola chop etirdilar. Maqola aslida O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari unda ilgari surilgan masalalar haqida bo’lib. Maqolada eng avvalo birinchi prezidentimizning tarix borasidagi har bir fikr va mulohazalarini chuqur ma’no va ahamiyatga egaligi haqida takidlab o’tib. Ushbu o’rganilgan kitoblarda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q asari” mazmun mohiyati to’la ochib berilishi bilan bir bir qatorda uning uslubiy metodologik qollanma sifatidagi o’rni haqidayam fikrlar bildirilgan. Har bir xalq, har qaysi mamlakat o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Tarixiy voqealarni o’rganishda ilmiy, nazariy-metodalogik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sho’rolar davrida uni o’qitish va o’rganish ishlari marksistik metodalogiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish qoralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu - jadal, urushlardan iboratdek qilib o’rganildi.
O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar bilan Afg’oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi.
Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog’liq o’tgan. Shu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etadi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekistonni xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi.
Tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Holislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganayotganda, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir.
Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqea-hodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisalarni boshqa, voqea-hodisalar bilan bog’lab o’rganilgandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har-bir voqea-hodisalarga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisalarga qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo’lganligini bu hodisalar o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o’tmish Hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.
Tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv prinsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasini tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo’lib, u tarixni soddalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlarini, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga sivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondashmok kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini ahloqiy mezonlarini ikkiga – ekspluatatorlik madaniyati va ahloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va ahloqiga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat bol’sheviklarcha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini xech qachon unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni takkoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsialistik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi.


Download 112.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling