O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari
Download 112.53 Kb.
|
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori O’zbekiston Respulikasi Fanlar Akademiyasi tarix inistitutini faoliyatini takomillashtirish to’g’risida
- O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini o’rganish
- “O’zbek xalqi etnik tarixi va etnogenezi tarixi” konsepsiyasi
Mavzuning maqsadi va vazifalari. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarini kurs ishi mavzusi sifatida o’rganilishidan maqsad ushbu asarda yurt boshimiz tarixni haqqoniy holis yoritishdagi nazariy metodologik ko’rsatmalari tarix fanini o’rganish yoritishdagi ko’rsatmalari asosida ota – bobolarimiz bosib o’tgan shonli tarix yo’llarini haqqoniy yoritish ilmiy asoslangan manbalar bilan yaratilgan yangi tariximizni xalqimizga havola etishdan iboratdir. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning tabiri bilan aytganda esa “hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini yeganmiz. Hammamiz o‘zimizni o‘zbek sanaymiz, o‘zbekligimizdan faxrlanamiz, g‘ururlanamiz, - deb ta’kidlagani holda, - o‘zbek nomini tushunish uchun nimalarni bilish kerak?... qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o‘troq madaniyat tashkil etganmi yo ko‘chmanchimi? O‘zbek xalqining shakllanishida qanday elatlarning ta’siri bo‘lgan?”11 ligi haqida olimlarimiz ilmiy asoslangan g‘oyalari, ularning xolisona talqini va xulosalarini berishlari kerakligini asar bod-bod uqtirdi hamda tarixchilar oldiga o‘zbek xalqining etnik shakllanishi masalalarini tadqiq etish vazifasini qo‘ydi. “Bugun o’zbek davlatchiligi yangi bir bosqichga ko’tarilayotgan bir paytda jamotchiligimiz va tarixnavis olimlarimiz oldida turgan azaliy vazifamiz bu - O'zbekiston xalqlari tarixini ishonarli va haqqoniy manbalar asosida yoritishdir” 12 deiydi mamlakatimiz mustaqiligi asoschisi O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”asarida. Shuningdek Respulikamiz birinchi prezidenti tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvdan ko’zlagan yanabir maqsad va ustuvor vazifa bu eng avvalo, tarixni fan sifatida rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan bir nechta qarorlarni chiqarishga hozirlik ko’rish ularning mazmunini ishlab chiqishga ko’rsatma berishdan iborat edi. Ushbu ustivor vazifalarni amalga tatbiq etish uchun bir qancha qonunlar, farmon qarorlar qabul qilingan bo’lib ulardan eng muhimlarini keltirib o’tamiz. Ularga quydagi bir qancha qonunlarni misol qilib aytish mumkin:
O’zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori O’zbekiston Respulikasi Fanlar Akademiyasi tarix inistitutini faoliyatini takomillashtirish to’g’risida 1.O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish, O’zbekiston tarixi bo’yicha salohiyatli yetuk tarixchilar ilmiy maktabini yaratish, Vatanimizning boy va rang-barang tarixini tiklash, uning negizida xalqimiz, ayniqsa yosh avlod tafakkurida haqqoniy tarixni idrok etish hamda tarixiy xotira tuyg’usini tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e’tirofiga erishishi, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi deb belgilansin.(qaror 11 banddan iborat) 13 2.“O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini o’rganish” konsepsiyasi 1998-yil O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov. Shuning Respulikamiz birinchi prezidenti tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvdan keiyin qabul qilindi.14 Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamislarning orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo’q deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir. Matbuotda o’tmishimizga taalluqli biror maqola chop etilsa, biror bir tarixiy asar, xoh u ilmiy, xoh badiiy bo’lsin, qo’limga tushib qolsa, albatta, o’qib chiqaman. Siyosatchiman, arbobman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart.15 Yaqin-yaqingacha davlat boshqaruvi san’ati haqida so’z ketsa, ko’pchilik gapni yo markschi-leninchilarning davlat haqidagi soxta nazariyasi, yo bo’lmasa XVI asrda yashagan Makiavelli qarashlaridan boshlardi. Qo’yib bersangiz, bu eski odatni bugun ham davom ettirishadi. Davlat, saltanat, jamiyat boshqaruviga oid mumtoz asar - "Temur tuzuklari"ni yozgan kim? Umuman, kishilik tarixida ana shunday yo’nalishda asar bitib qoldirgan boshqa hukmdor bormi o’zi?16 3. .“O’zbek xalqi etnik tarixi va etnogenezi tarixi” konsepsiyasi 1998-yil O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov. Shuning Respulikamiz birinchi prezidenti tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvdan keyin qabul qilindi.17 O’zbek nomi qachon paydo bo’lgan? Sovet tarixshunoslarining yozishicha, go’yo XVI asrda bizning zaminimizni Dashti Qipchoq xonlari ishg’ol qilgandan keyin o’zbek nomi paydo bo’lgan emish. Axir, biz Movarounnahr deb ataydigan ikki daryo oralig’ida ungacha ham xalq yashagan-ku! Yoki bu xalq boshqa millat bo’lganmi? Mantiq qani bu yerda? Biz sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak, millatimiz tarixi mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan, degan noto’g’ri xulosa kelib chiqmaydimi? Unda bizning necha ming yillik tariximiz qayerda qoladi? Samarqand ham, Buxoro ham, Xiva ham o’zbeklarniki ekan, bu yerlarda o’zbek davlati bo’lgan ekan, nega endi o’z tariximizni XVI asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz kerak? Ungacha ham bu yerda o’troq xalq yashagan-ku! Bu yerda ana shu o’troq xalqning madaniyati bo’lgan-ku! Kim kelmasin, masalan, mo’g’ullar kelgan, XIII asrning 20-yillaridan XIV asrning 70-yillariga qadar hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati mahalliy madaniyatga singib ketgan. Bunda mahalliy xalqning madaniyati, albatta, asos bo’lgan, ustunlik qilgan. Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.18 Download 112.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling