O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari
Download 112.53 Kb.
|
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q
Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi shundaki birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tabiri bilan aytganda " Har bir millat, xalq o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, diniy etiqodlarini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi1. Zero, o’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan2. Mazkur jarayonda O’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillardan biri hisoblanadi. “ o’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi….. davlatchiligimizni ilmiy nuqtai-nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”3. – deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari. O’zbekiston tarixiga yangicha yondoshib, uni asl manbalarga tayangan holda o’rganish va haqqoniy yoritish masalasi O’zbekiston prezidenti I.A.Karimov asarlarida to’laqonli tarzda o’z ifodasini topgan. Mana shunday dolzab muommolarni hal etish, ularga to’g’ri yondoshgan holda tadqiq etish va o’rganishda O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari yo’lchi yulduz vazifasini o’taydi desam adashmagan bo’laman deb o’ylayman. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida ilgari surilgan asosiy masalalar, tarixni xolisona haqqoniy to’g’ri yoritishga bo’lgan talablari va yo’l yo’riq ko’rsatmalari ayni biz tarixchilar uchun ham ma’suliyat, ham aniq bir maqsadli yo’nalishni belgilab beradi. Yuqorida yurtboshimizning asarlaridan bir nechta iqtiboslar keltirib o’tdiki, ularda xalqimizning o’z qadim ajdodlarini bilishga bo’lgan qiziqishlari haqida, ayrim qo’shtirnoq ichidagi tarixchilarning o’zbeklarni xunlar va ularning yovvoyi yo’lboshchisi Attilga borib taqashlari kabi asosiz va ustiga ustak mantiqsiz qarashlarini tanqid qilib, ularning buyuk o’zbek xalqining qadim o’tmishiga bo’lgan bunday noxolis fikrlariga qatiyan qarshi chiqishlari va haqqoniy tarixni yaratishimiz kerak deya kuyunchaklik bilan gapirganliklarining o’zi bugungi mavzumizning qanchalik dolzarbligini ko’rsatib turadi. Mavzuning yana bir dolzarblik jihati shundaki yurt boshimiz o’zbek xalqining yaqin o’tmishi yani sobiq sovet davri haqida gapirar ekan xususan shunday deydilar (Prezidentimiz 1998- yilda tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvda so’zlagan nutqlaridan) “Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch g’ayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar” 4 - deb, bejizga aytmaganlar, zeroki tarixi yo’q xalq mazlum xalq, tarixi soxtalashtirilgan xalq mahkum xalqdir 5—deb ham bejiz aytilmagan.Shu nuqtai nazardan olib qarasak O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari sovet davridagi soxtalashtirilgan o’zbek xalqi tarixiga chek qoyib, haqaoniy xolis manbalarga asoslangan o’zbek tarixini yaratish bobida dasturi amal bo’lib qizmat qiladi desak adashmagan bo’lamiz .
Download 112.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling