O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari
O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yoq” asari tarixiy tadqiqodlarning metodоlogik usul sifatida o’rni
Download 112.53 Kb.
|
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q
O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yoq” asari tarixiy tadqiqodlarning metodоlogik usul sifatida o’rni.
Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarlarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqazo etadi. Voqea-hodisalarlarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisalarni boshqa, voqea-hodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har-bir voqea-hodisalarga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisalarga qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo’lganligini bu hodisalar o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari tarixiy tadqiqodlarning metodologik usul sifatida o’rni beqiyos deb bilaman. Sababi birinchi prezidentimiz ushbu asarda tarixchilarimizning tarixiy tadqiqodlarda aynan nimalarni yoritib, ilmiy asoslab berishlari kerakligi haqidagi fikrlarni bod-bod takrorlaydilar. Asarda birinchi Prezidentimiz tarixchilarimiz oldidagi muhim ish yani ”O’zbekistoning yangi tarixini yaratish” larida quyidagi bir qator masalalrga etibor berishlarini taklif qildilar: Malumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni, 1996-yilning 16-dekabrida esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to’g’risida" qarori e’lon qilindi. Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy-metodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat: - xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, xolisona yoritish; - O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish; - O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini e’tirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi an’analari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga olish; - “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan xolisona tadqiqot usuliga amal qilish; - “O’zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’hna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash: - O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish; - tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash; - yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini etiborga olish.22. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 1998-yil 27-iyulda e’lon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi. Qarorda vatanimizda tarix fanining rivojlanishini taminlaydigan ishlarni tashkiliy jihatdan qayta qurish, texnikaviy jihozlash, kadrlar tayyorlash; bu ishlarni mablag’ bilan taminlash chora-tadbirlari belgilangan. Bu chora-tadbirlar, asosan, bir narsaga - “O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e’tirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash”ni taminlash va bu ishda Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi bo’lishi kerak, deb ko’rsatilgan.Ushbu institutni faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorida jumladan shunday deyladi. O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish, O’zbekiston tarixi bo’yicha salohiyatli yetuk tarixchilar ilmiy maktabini yaratish, Vatanimizning boy va rang-barang tarixini tiklash, uning negizida xalqimiz, ayniqsa yosh avlod tafakkurida haqqoniy tarixni idrok etish hamda tarixiy xotira tuyg’usini tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi. O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e’tirofiga erishishi, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish ҳamda tarix sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi deb belgilansin.(qaror 11 banddan iborat) .23. Ushbu qaror vatanimiz yangi tarixini yaratishdagi muhim voqealardan bo’ldi, shu bilan birga mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixchilarimiz oldiga “O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish” bo’ycha bir nechta ustivor vazifalarni belgilab berdilar: Download 112.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling