O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari
Tadqiqotning ob'ekti va predmetining belgilanishi
Download 112.53 Kb.
|
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi
- O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak xotirasiz kelajak yoq” asarining yaratilish tarixi
Tadqiqotning ob'ekti va predmetining belgilanishi: O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari va unda ilgari surilgan g’oyalar va masalalar.Asardagi tarixiy o’tmishimizning yortilishi borasidagi nazariy metodologik ko’rsatma va ustivor vazifalari.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi: kirish, ikki bob, to’r paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. O’ZBEKISTON RESPULIKASI BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING “TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO’Q” ASAR HAQIDA O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak xotirasiz kelajak yoq” asarining yaratilish tarixi Ushbu asarning yaratilishiga bir nechta muhim omillar sabab bo’lgan, quyida biz ushbu omillar muxtasar to’xtalib o’tamiz.Yuqorida aytib o’tganimizdek ushbu asarning yaratilishiga bir nechta omillar sabab bo’lgan bo’lsa, ulardan eng asosiysi mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1998-yil iyun oyida bo’lib o’tgan mamlakatimizdagi eng yirik tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng yaratilgan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Prezidentimizning 1998-yil tarixchi olimlar bilan uchrashishiga sabab bu kungacha tariximizning turli olimlar tomonidan turlicha yoritilishi, o’zbek xalqining tarixi etnik tarixining buzib talqin qilinishi, sovet davridagi mafkuraviy tazyiqlar osti butun bir millat qahramonlarining nomini bulg’anishi va shu kabi tariximizning mashum qismatiga chek qoyish. Endilikda esa o’zimizning ilmiy asoslangan holis tariximizni yaratishdek masalalar sabab bo’lganini aytib o’tish joiz. Zeroki tarix bu kelajak ko’zgusi sanaladi, tarixiy o’tmishimizni haqqoniy holis ilmiy asoslangan faktlar bilan tiklamasdan turib, uni yosh avlod ongiga singdirmasdan turib kelajagi buyuk davlat qurishimiz , yuragida qalbida vatanga bo’lgan muhabbati jo’sh urib turuvchi vatanparvar yosh avlodni tarbiyalash mushkul ishdir. Bu yo’lda biz eng avvalo haqqoniy xolis yoritilgan tariximizni yosh avlodga uqtirishimiz zaruzligi kabi masalalarga yechim sifatida ushbu davra suhbati katta ahamiyatga ega bo’ldi. Aslan olsak tarix – aslida o’zgarmas tushuncha. Ota – bobolarimiz bosib o’tgan tarix bosqichlarini hech qachon o’zgartirib bo’lmaydi , chunki tarix allaqachonlar ro’y bergan. Endigi masala uni qay yo’sinda o’rganishda ,talqin qilishdadir. Ana shundagina mazkur soha mustaqil vatanimiz ma’naviy siyosiy asoslarini mustahkam bo’lishiga chinakam yordam bera oladi. Hech kimga sir emaski , sobiq sho’ro zamonida tariximiz bir yoqlama talqin etildi, ajdodlarimiz qilgan zafarlari kamsitilib, nuqsonlari esa oshirib ko’rsatildi. Oxir- oqibatda yoshlardagi milliy ruh sustlashdi, yosh avlod ota-bobolarining shukuhli yo’lidan deyarli bexabar qoldilar. Tarixni tugal bilmaslik – bu gumrohlikdir. Kimki o’z vatani tarixini bilmas ekan unda milliy iftixor tuyg’ulari shakilanmay qolaveradi. Negaki , vatanga muhabbat tarixni o’rganishdan boshlanadi. Bizning mamlakatimizda esa mustaqiligimizning ilk yillarida tarixni tadqiq etish haqqoniy yoritish borasida biroz ijobiy o’zgarishlar bo’lgandek bo’ldi, ammo mohiyatan olib qarasak bu davirda yaratilgan asarlarning ko’p qismini sobiq sho’ro tuzumini qoralash bilan bezatilgan ura-ura gaplardan iborat edi. Bu davr ichida hech bir tarixchi olim o’zbek xalqi etnik tarixi uning etnogenezi haqida ilmiy asoslangan asar yaratmagani,yaratilsa ham hali hanuz sovet davrida yozilgan adabiyotlar negizida yozilar edi. O’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida ayni shu o’zbek xalqining etnik tarixining noholis mantiqsiz yoritilishi haqida shunday deydilar: “Yaqinda televideniyada bir ko’rsatuv berildi. Xunlar davlati, qachonlardir shu davlatni boshqargan Atilla haqida. Shu Atilla Volgabo’yi, Astraxan cho’llarini ishg’ol qilib, Sharqiy yevropaga o’tibdi, keyin g’arbiy yevropani ham zabt etib, Rumgacha boribdi va uni ikkiga, ya’ni - Rum va Vizantiyaga bo’lib tashlabdi.”19 Rus, umuman, g’arb manbalarida, adabiyotlarida hunlarni "gun" deyishadi. Hunlar Atilla boshchiligida Rumga bostirib kirib, uni batamom vayron qilishgan. Bu voqealar taxminan IV asr oxiri - V asrning birinchi yarmida bo’lgan. Ko’rsatuv boshlovchisi, olim odam zavq-shavq bilan Atillaning kimga uylanganini, to’y kechasi kimning ko’rsatmasiga ko’ra, kim tomonidan zaharlab o’ldirilganigacha oqizmay-tomizmay tomoshabinga yetkazdi, hatto Atillaning tug’ilgan kunigacha aniq aytdi. O’sha olimdan Beruniyning tug’ilgan kunini aytib bering, desangiz, ayta olarmikin, xudo biladi. Qizig’i bu yoqda, endi davomini eshiting: nima emish, hunlar mukkasidan aysh-ishratga berilgan rumliklarni mayparastlikdan judo qilib, qonlariga sog’lom qon bo’lib qo’shilgan emishlar va shu yo’l bilan ularning umriga umr qo’shibdilar. Rumga madaniyatni ham hunlar olib kelgan ekan.20 Prezidentimiz mana shu ma’lumotlarni keltira turib kuyinchaklik bilan eng qizig’i deya gaplarida davom etadilar: Biz o’zbeklar ham o’sha Atillaning avlodlari, vorislari emishmiz. Bu bilan faxrlanishimiz kerak ekan. Birinchidan, bunday o’ta jiddiy xulosa chiqarishga hozircha hech qanday asos yoki zamin borligini hech kim isbot qilolmasa kerak. Ikkinchidan, bosqinchiga voris bo’lish faxrli martaba emas, isnod-ku! Bu ig’voga uchsak, erta yevropa biz to’g’rimizda nima deydi? Bu gap qayerdan chiqdi, kimga kerak bu soxta obro’?!.21 Mana shu kabi sohta tarixlarning yaratilib keng ommaga hech hijolatu andishalarsiz gazeta, telivideniya, radiolarda e’lon qilinib omalashtirilish kabi voqealarga chek qo’yilishi uchun ham ushbu asar yozildi. Prezidentimiz 1998-yilda tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvda mana shu muomoni ko’ndalang qo’ydilar va shunday dedilar: “Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini yeganmiz. Hammamiz o’zimizni o’zbek sanaymiz. O’zbekligimizdan faxrlanamiz, g’ururlanamiz. yaqinda Muhammad Yusufning bir she’rini o’qib qoldim. O’zbek nomini tushunish uchun nimalarni bilish kerakligi haqida yozibdi. Yaxshi she’r! Qani endi, olimlarimiz ham mana shunday katta g’oyalarning ilmiy talqinini bersalar.” Mana shu davra suhbatidan so’ng tarixchi olimlarimiz oldiga o’zbek etnik tarixini ilmiy asoslangan tarzda yaratish vazifasi qo’yildi. Yuqorida aytilgan fikirlardan ko’rib turganingizdek “Tarixiy xotrasiz kelajak yo’q “ asari ayni paytida ya’niy dolzarb muomolarning yechimi sifatida yaratilgan desak hecham mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Download 112.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling