O‘zbekiston tarixi” yo’nalishi kurs ishi o’zbekiston Respulikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari


Download 112.53 Kb.
bet7/14
Sana14.05.2023
Hajmi112.53 Kb.
#1459655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q

Birinchidan, “O‘zbekiston tarixi” fanining dolzarb masalalarini belgilab berar ekan mamlakat rahbari avvalo, o‘zbek davlatchiligi. “O‘zbekiston tarixi tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimiz, kimligimizni bilishimiz kerakmi - yo‘qmi? O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi - yo‘qmi? – degan savollarga javob berish birinchi navbatdagi vazifa ekanligini ta’kidladi.24.
“Nazarimda, o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi, o’zligi, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo’q”.25. Haqiqatan ham to 1998-yil “O’zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi” va “O’zbek xalqi etnik tarixi va etnogenezi tarixi konsepsiyasi” kabi hujjatlar qabul qilingunga qadar vatanimiz davlatchilik va o’zbek millati tarixi ko’r-ko’rona yaratilgani hech kimga sir emas, ayni shu masaladagi nuqsonlar bu sohaning katta kamchiligi ekanligini aytib, bartaraf etishi ustuvor vazifasi deb ta’kidlab o’tilar.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida tarixning noxolis qora dog‘lari haqida fikr yuritib: “Nima emish, O‘zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog‘i, 1924-yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? – degan taajjub bilan, - …butun xalq bilishni istaydi: o‘zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo‘ldi? qanday tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi?” .26.
Mamlakat rahbari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan savollarga ilmiy nuqtai nazardan asoslangan javoblar berish, O‘zbekistonning lo‘nda, haqqoniy tarixni yaratish, o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. “Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi
bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g‘alamislarning orasida qanday qilib bo‘lsa ham bizni yana
sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo‘q deysizmi? O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai-nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”18.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlatchilik masalasi bilan bir qatorda o‘zbek xalqining shakllanishi tarixini yaratish olimlar oldidagi dolzarb vazifalardan yana biri ekanligiga urg‘u berib, “hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini yeganmiz. Hammamiz o‘zimizni o‘zbek sanaymiz. O‘zbekligimizdan faxrlanamiz, g‘ururlanamiz, - deb ta’kidlagani holda, - o‘zbek nomini tushunish uchun nimalarni bilish kerak?... qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o‘troq madaniyat tashkil etganmi yo ko‘chmanchimi? O‘zbek xalqining shakllanishida qanday elatlarning ta’siri bo‘lgan?”27  ligi haqida olimlarimiz ilmiy asoslangan g‘oyalar, ularning xolisona talqini va xulosalarini berishlari kerakligini uqtirdi hamda tarixchilar oldiga o‘zbek xalqining etnik shakllanishi masalalarini tadqiq etish vazifasini qo‘ydi.
“Biz o‘zimizni millat deb bilar ekanmiz, - deb aytgan edi birinchi prezidentimiz Islom Karimov, - “ o‘zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Turkiy tilli xalq bor, turk xalqi bor. Farqini har bir fuqaromiz, avvalo farzandlarimiz bilib olsinlar”28.
Xalqning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni uning ajdodlari tarixidan boshlanadi. O‘zbek xalqi ajdodlarining tarixi juda uzoq davrlarni ya’ni, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir hamda undan keyingi davrlarni o‘z ichiga oladiki, uning etnik shakllanishi tarixini yaratish uchun o‘zbek xalqi tarixining har bir davrini, har bir tarixiy voqea va hodisaning sabablari va oqibatlarini, xullas, moziyni qadimiyatdan to hozirgi kunga qadar chuqur ilmiy tadqiq etish lozim bo‘ladi. O'zbekiston tarixnavislari hamda manbashunoslari oldida turgan asosiy vazifa bu - O'zbekiston xalqlari tarixini ishonarli va haqqoniy manbalar asosida yoritishdir.29. Birinchi prezidentimiz ushbu gapni bejiz aytmagan edilar chunki, tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganayotganda, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning xech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir. Zero holis haqqoniy tarixni faqat manbalar asosidagina yaratish mumkin 1998-yilda tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvda ham ushbu masalani dolzarb qilib qo’ydilar va yechimi to’g’risida bir qancha ko’rsatmalar berdilar.

Download 112.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling