O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati
Download 17.89 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi
eng yangi tarix davrini o‘rganishning ahamiyati shundaki, bunda biz nafaqat mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohot va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz yoki o‘rganamiz, balki buyuk kelajak bilan bog‘liq istiqboldagi strategik maqsadlarimizni ham teran anglaymiz.
Avvalombor biz bugungi tinch osoyishta kunlarning qadriga etishimiz, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlod yaqin tariximizni chuqur o‘rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishmaganimizni tushunib, anglab etmog‘imiz zarur. O‘zbekistonning eng yangi tarixi – bu tarix fanining yangi yo‘nalishidir. Shu bois, u o‘z institutsional xarakteriga, o‘z tadqiqot metodologiyasi, tadqiqot izlanishlariga va o‘quv-metodik ta’minotiga ega bo‘lgan fan sifatida shakllanganligi bejiz emas. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va o‘sish sur’ati fan va ta’lim oldiga ularni tizimli ravishda o‘rganish vazifasini qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi” Qarorining qabul qilinishi hamda Kengashning ishchi organi bo‘lgan Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning tashkil etilishi bunday tizimli anglashning naqadar muhimligidan dalolat beradi. Kengashning vazifalariga O‘zbekistonning yangi tarixini tizimli o‘rganishni tashkil etish, tarixiylik va ob’ektivlik tamoyillariga asoslanib, o‘zbek xalqining o‘tmishi va bugunini tarixiy baholashda dogmatizm, bir tomonlama yondashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, darslik, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr qilish ishlarini muvofiqlashtirishdir. Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv-metodik, ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni o‘rganish, tayyorlash va chop etish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish masalalari dolzarb muammo sifatida e’tirof etildi. Prezident Qarorida Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling