O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati


Download 17.89 Kb.
bet3/5
Sana11.02.2023
Hajmi17.89 Kb.
#1188549
1   2   3   4   5
arxiv hujjatlaridan foydalanishda boshqa idoralar bilan hamkorlikda ishlash ham mumkin. Masalan, hujjatlar ko‘rgazmasini muzeylar bilan birgalikda tayyorlash, hujjatlarni gazeta va jurnallar orqali e’lon qilish, ular asosida radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar tayyorlash, gazeta va jurnallar tahririyatlari, telestudiyalar, radioqo‘mitalar bilan hamkorlikda amalga oshirish ham mumkin. Quyida oliy o‘quv yurtlarida arxiv hujjatlaridan o‘quv maqsadlarida foydalanish xususida fikr yuritamiz. Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlardan darslarda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda quyidagi usullarda foydalanish mumkin:
 Arxiv hujjatlardan foydalanishning asosiy shakllaridan biri, ulardan arxivning o‘zida foydalanishdir. Har bir arxivda o‘quv xonalari bo‘ladi. O‘qituvchi yoki tadqiqotchi hujjatlardan talabalar ishtirokida yoki ilmiy maqsadlarda ya’ni, individual holda, bevosita arxiv o‘quv xonalarida foydalanishlari mumkin.
 Ko‘rgazmalar tashkil etish, albomlar, plakatlar tayyorlash. Muhim tarixiy sanalar, muhim voqealarga, mashhur tarixiy shaxslarning yubileylariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilish, albomlar, stendalar, plakatlar chiqarish, ko‘rgazmalarda hujjatlar, fotosuratlar, xaritalar, kitoblar, varaqalar va boshqa manbalar namoyish qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
 Arxiv hujjatlariga oid ma’lumotlardan foydalangan holda maqola, ilmiy-ommabop risolalarni matbuot nashrlarida chop etish, ommaviy axborot vositalarida radioeishttirish va teleko‘rsatuvlar tayyorlash. Ilmiy xodimlar arxiv hujjatlari haqida, ayrim tarixiy mavzular bo‘yicha risolalar tayyorlashlari mumkin. Ularning mavzulari muhim tarixiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ular matbuotda arxiv, uning hujjatlari to‘g‘risida maqolalar yozishi, televidenie va radioda chiqishlar qilishlari mumkin, shuningdek, muhim ahamiyatga molik hujjatlarni chop etishlari mumkin.
 Arxivning o‘zida tarix darslari o‘tishni tashkil qilish. Oliy o‘quv yurtlari, xususan universitetlar, institutlar talabalari uchun tarix darslarini arxivlarning o‘zida tashkil etish mumkin, ularda saqlanayotgan hujjatlardan o‘sha erda bevosita foydalanish eng samarali usuldir. Shu bilan birga tarix fani bo‘yicha kichik filmlar olish, hujjatlarning foto yoki kseronusxa to‘plamlarini olish ham mumkin.
Albbatta, tarixchi olimlar arxiv hujjatlari asosida, qimmatli dalillarga tayangan holda izlanish olib borishlari, haqqoniy tariximizni xolislik asosida o‘rganilishida katta ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida ulardan unumli hamda o‘z o‘rnida foydalanish professor-o‘qituvchidan katta mahorta talab qiladi. O‘qituvchi manbalarning turi, 15 shakli, vazifalari hamda ulardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari xususida talabalarga to‘g‘ri tushunchalar berishi maqsadga muvofiq. Shunday ekan yozma manbalar tarixni ilmiy-nazariy jihatdan xolis o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi bejiz emas.
Shu bilan birga bugungi kunda yaqin va uzoq tariximiz bilan birgalikda, tarixning eng yangi davrini ham o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning 
Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling