O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati
Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg‘ona vodiysi
Download 17.89 Kb.
|
Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg‘ona vodiysi hududlaridan ko‘plab topilmoqda. Aslida maoddiy manbalar, bu inson qo‘li va mehnati bilan yaratilgan moddiy ashyolar va narsalardir. Moddiy manbalarga quyidagilar misol bo‘ladi:
-uy-joylar, ro‘zg‘or buyumlari; -kiyim kechaklar va oziq-ovqatlar; -transport vositalari, mashina va jihozlar; -turli tarixiy topilmalar, moddiy ashyolar; -bino va inshootlar, tarixiy yodgorliklar va boshqalar. Tarixiy moddiy manbalar bu, asosan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizgacha etib kelgan ashyolar, narsa va buyumlardir. Moddiy va yozma manbalar asosida tarixiy ma’lumotlarni solishtirib, haqqoniy tarixni talqin etish va o‘rganish bugungi muhim vazifalardan biridir. Umuman, talabalar manbalarni o‘rganish jarayonida o‘tmishda xalqimizning, ya’ni ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Xalq qahramonlari, davlat arboblari, olim-u fuzalolar faoliyatlarini o‘rganadilar. Manbalar orqali talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lining murakkab jarayonlarda kechganligini, unga ulkan kurashlar evaziga erishilganiga, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, fuqarolar ongida tarixiy xotira tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek dars jarayonida muhim manbalar qatorida arxiv materiallaridan ham foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Zero, arxivlarda xalq va davlat tarixiga oid yozma hujjatlar saqlanadi. Ma’lumki arxiv materiallari barcha moddiy va ma’naviy hamda yozma manbalar qatori tarixiy jarayonlarni haqqoniy, xolis o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan fanga oid mavzuni yoritishda arxiv materiallaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Zero tarix fanini o‘rganish ko‘p jihatdan tarixiy manbalarga tayanadi, usiz fanni va uning ob’ektini tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan respublikamiz Markaziy Davlat Arxivi, viloyatlar va tumanlarda joylashgan arxivlar mamlakatimiz tarixiga oid ko‘plab hujjatlar saqlanadigan muhim markazlardir. Darsda ularda saqlanayotgan hujjatlardan unumli hamda o‘z o‘rnida foydalanish o‘qituvchidan katta mahorta talab qiladi. Uzoq yillik sovet tuzumi hukmronligi yillaridagi mafkuraviy tazyiqlar, tarixni soxtalashtirishga urinishlar, ma’navqiy cheklashlarga qaramasdan ana shu hujjatlar va kitoblarning arxivlarda saqlanib qolganligi vatanimiz tarixini yanada to‘laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog‘larning barham topishiga ko‘maklashmoqda. Bugungi kunda ulardan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlarida turli usulda darslar tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot, xalq xo‘jaligi, ilmiy- ma’rifiy va o‘quv maqsadlarida keng foydalaniladi. Hujjatli manbalar tarix fanini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, olimlar ularga asoslanib tariximizni haqqoniy yoritishga erishmoqdalar. Avvalombor arxiv hujjatlaridan nusxalar olib ko‘rgazmalar va muzeylar tashkil etilishi mumkin yoki O‘zbekiston tarixining ayrim mavzulari bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanib, ulardan ma’ruza yoki seminar darslarida foydalanish mumkin. Darsda Download 17.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling