O‘zbekiston tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni hamda ahamiyati


Download 17.89 Kb.
bet5/5
Sana11.02.2023
Hajmi17.89 Kb.
#1188549
1   2   3   4   5
O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda o‘rganishni tashkil etish, shuningdek buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga o‘quv, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
Ushbu masalaning yana bir jihatini alohida takidlash joiz. Mafkura va milliy g‘oya, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha ilmiy maqolalar, nashrlar va televideniedagi ko‘rsatuvlar, ma’ruzalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy hayot (eng yangi tarix) masalalarining, voqealar va jarayonlarning muhokamasi ham muhim hisoblanadi.
Eng yangi tarixni o‘rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butunjahon tadqiqotlari tizimida ustuvor o‘rinni egallab kelmoqda. Bu “tarixdagi inson” mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni o‘rab turgan dunyodagi rolini o‘rganish. Eng muhim vazifa eng yangi tarixni jiddiy metodologik va ilmiy asosga qurishdan iborat. Agarda biz fanning nazariy-metodologik asosni chuqur anglab etsak, bu bir vaqtning o‘zida tarixni qalbakilashtirish va buzib ko‘rsatishning oldini oladi.
Bizningcha, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyatini ob’ektiv baholash hamda щziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrini bir qator bosqichlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.
Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling