O’zbekiston tarixining turli davrlariga oid elektron kitoblar bibliografiyasini shakllantirish

Download 244.57 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi244.57 Kb.
#1377524
1   2   3
Bog'liq
ahadjon

Bibliografiya fani 3 yil davomida o‘qitilib, 2 ta asosiy qismga bo‘linadi: 1. Umumiy bibliografiya. 2. Soha bibliografiyasi. Bibliografiyaning umumiy qismida bibliografiya nazariyasi va tashkil qilinishi, uning ijtimoiy roli, turlari, bibliografiyaning obyektlari, bibliografik faoliyat turlari, uning asosiy jarayonlari, axborot-bibliografik resurslar, bibliografiyalash metodikasi, O‘rta Osiyoda bibliografiya tarixi, O‘zbekistonda retrospektiv, tavsiya va ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar va boshqa masalalar o‘rganiladi. Bibliografiya fanini o‘rganish ta’lim jarayonida o‘rganiladigan barcha mutaxassislik fanlari „Kutubxonashunoslik“, „Hujjatlar fondi va elektron katalog“, „Kutubxona menejmenti“, „Axborot-kutubxona texnologiyasi“, „Internet tizimidan foydalanish“, „Kutubxona ishini avtomatlashtirish“, „Elektron kutubxona“, „Axborot-kutubxona dizayni“, umumta’lim fanlari nutq madaniyati, pedagogika, psixologiya fanlarida o‘rganiladigan bilimlar juda kerak bo‘ladi.

XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida „bibliografiya“ so‘zi kitobshunoslik (kitob haqidagi fan), kitob tarixi, adabiyot tarixi, adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlarni aks ettirdi. Aynan mana shu keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandir“ deb xulosa qilishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, bibliografiyaning ahamiyati, umuman, kitobni bilishda, fanlarning holati va bosqichma- 10 bosqich rivojlanib borishini ko‘rsatuvchi fan ekanligida ko‘rinadi. Rus bibliografiyasi tarixida V.G. Anastasevich, N.M. Lisovskiy, N. Gennadi, V.I. Mejov, S.A. Vengerov, A.V. Mezer, N.A. Rubakin, N. Tropovskiy o‘zlarining nazariy va amaliy ishlari bilan iz qoldirgan hamda milliy bibliografiyalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida bibliografiya tushunchasi matbuot asarlari haqida ma’lumotlar to‘plash ma’nosida qo‘llanilib, bibliografiyaning vazifasini ancha qisqartirdi. Shu bilan bog‘liq holda bibliografiyaning ijtimoiy vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida qo‘llanib kelindi. Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya fanining rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga salbiy ta’sir etdi. 1950 — 1960- yillarda bibliograf olimlar, o‘qituvchilar, amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „bibliografiya — faoliyat“, „bibliografiya — bibliografik qo‘llanma yoki ularning yig‘indisi“, „bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy masalalarni ishlab chiqdilar. Natijada birinchi marta „1648-70. Tushuncha va izohlar“ nomli davlat standarti qabul qilindi.

Download 244.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling