XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida „bibliografiya“ so‘zi kitobshunoslik (kitob haqidagi fan), kitob tarixi, adabiyot tarixi, adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlarni aks ettirdi. Aynan mana shu keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandir“ deb xulosa qilishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, bibliografiyaning ahamiyati, umuman, kitobni bilishda, fanlarning holati va bosqichma- 10 bosqich rivojlanib borishini ko‘rsatuvchi fan ekanligida ko‘rinadi. Rus bibliografiyasi tarixida V.G. Anastasevich, N.M. Lisovskiy, N. Gennadi, V.I. Mejov, S.A. Vengerov, A.V. Mezer, N.A. Rubakin, N. Tropovskiy o‘zlarining nazariy va amaliy ishlari bilan iz qoldirgan hamda milliy bibliografiyalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida bibliografiya tushunchasi matbuot asarlari haqida ma’lumotlar to‘plash ma’nosida qo‘llanilib, bibliografiyaning vazifasini ancha qisqartirdi. Shu bilan bog‘liq holda bibliografiyaning ijtimoiy vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida qo‘llanib kelindi. Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya fanining rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga salbiy ta’sir etdi. 1950 — 1960- yillarda bibliograf olimlar, o‘qituvchilar, amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „bibliografiya — faoliyat“, „bibliografiya — bibliografik qo‘llanma yoki ularning yig‘indisi“, „bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy masalalarni ishlab chiqdilar. Natijada birinchi marta „1648-70. Tushuncha va izohlar“ nomli davlat standarti qabul qilindi. Zamonaviy kutubxona hozirgi eng so’nggi texnoliyalar bilan taminlangan barcha qulayliklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |