O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’llari Reja: Xalqaro savdo tushunchasi va shakllari
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi
Download 198.4 Kb.
|
O\'zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish Reja Xalqaro savdo
3.O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi
Tashqi savdo respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta`minlash imkonini bermoqda. Bugungi kunda O`zbekiston xalqaro hamjamiyatda o`z ovoziga ega bo`lib, nufuzli xalqaro tashkilotlar a`zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi sanoati rivojlangan davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatilmoqda. Boshqa davlatlar bilan erishilgan savdo munosabatlari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot eksportini oshishiga, o`z navbatida uni dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga qo`shilish imkoniyatini bermoqda. Ushbu yo`nalishda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2019 yilning yanvar-avgust oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 28 433,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 7 911,3 mln. AQSh dollariga yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 % ga oshgan. Ushbu ko`rsatkichdan eksport hajmi 12 463,0 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 46,7 %) va import hajmi esa 15 970,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 32,8 %) yetdi. Hisobot davrida 3 507,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi. O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,4%), Rossiya Federatsiyasida (14,5 %), Qozog`istonda (8,1 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd etilgan. Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy dinamikasida ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. O`tgan yilning mos davri bilan solishtirganda tashqi savdo aylanmasida eksportning ulushi 2,4 foizga ortgan. MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019 yilning yanvar-avgust oylarida 33,2 %ni (9 433,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib, o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 118,9 % o`sishni qayd etdi. Shu bilan birga, boshqa xorijiy hamkor-davlatlar bilan ham joriy savdo munosabatlari rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 66,8 % ga yetib (18 999,6 mln. AQSh dollari) o`tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 150,9 % ga oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg`iziston (388,1 mln. AQSh dollari), Afg`oniston (359,9 mln. AQSh dollari), Tojikiston (88,6 mln. AQSh dollari), Fransiya (35,4 mln. AQSh dollari) va Eron (8,6 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. O`zbekiston Respublikasining ayrim hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi
Download 198.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling