O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’llari Reja: Xalqaro savdo tushunchasi va shakllari
Download 198.4 Kb.
|
O\'zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish Reja Xalqaro savdo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalari.
Qurilish materiallari importi
2019-yilning yanvar-avgust oylari mobaynida 877,6 mln. AQSh dollari miqdorida qurilish materiallari importi amalga oshirildi. Bu ko`rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 16,2 % ga o`sib, umumiy import hajmining 5,5 % ini tashkil qildi. Import qilingan qurilish materiallari tarkibidan yog`och va yog`och mahsulotlari (45,8 %), sement (13,7 %), shisha va shisha buyumlar (4,7 %) hamda asbest (2,2 %) asosiy ulushni egallagan. 2019-yilning yanvar-avgust oyida qurilish materiallari import hajmi 2018-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Qurilish materiallari importi hajmining o`sishiga yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik, xususan, keng ko`lamdagi qurilish-rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirilishi sabab bo`lmoqda. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, davlatimiz tomonidan qurilish mahsulotlari importi o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ichki bozorni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan ta`minlash bo`yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Yuqorida qayd etib o`tilganidek, import tarkibida asosiy ulushni tashkil qilayotgan mashina va asbob-uskunalar hamda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar asosan qaysi davlatlardan respublikamizga olib kirilayotganligi quyidagi jadvallardan ko`rish mumkin. Yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan mustahkam aloqalar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati oshib bormoqda. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan bir qator soliq, bojxona imtiyozlarining yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarilishi milliy mahsulotlarimizni tashqi bozorlarda mustahkam o`rin egallashlari uchun zamin yaratmoqda. 4.O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalari. Hozirda O‘zbekiston qator obro‘li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a ’zosi, jahonning o‘nlab davlatlari bilan do‘stona aloqalarini bog‘lagan, yirik bank va moliyaviy organlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlaming elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan. O‘zbekiston turli darajadagi - global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo‘lmasligi kerak. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p tarmoqli aloqalardir. Bunda Yevropa Ittifoqi muhim o4rin egallaydi. Yevropa Ittifoqining jahon miqyosidagi o‘mi kuchayib boigan sari, jahon mamlakatlari ushbu integratsion guruh bilan hamkorlik qilishga intilmoqdalar. 0 ‘zbekiston Respublikasi ham tashqi iqtisodiy siyosatining ahamiyatli jihati sifatida Yel bilan munosabatlarini belgilab oldi. Prezident I. A. Karimovning quyidagi so‘zlari ham ushbu fikmi to ia tasdiqlaydi: ≪ O’zbekiston tashqi siyosatining Evropaga yocnaltirilganligi kuchaymoqda. U Yevropa davlatlari, hamda hududiy integratsiya jarayonlari samarali amalga oshayotgan Yevropa qit’asi bilan hamkorlikni o’z ichiga oladi≫. O‘zbekiston Respublikasi uchun Yel bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kengaytirish mamlakat uchun nafaqat iqtisodiy afzalliklar, balki, shu bilan bir qatorda, 0 4zbekistonni jahondagi mavqeini mustahkamlash imkoniyatlarini ham yuzaga keltiradi. Jahonning nufuzli integratsion guruhi bilan teng huquqli hamkorlik o^matish Oczbekiston uchun dunyoning boshqa mamlakat va hududlari bilan teng huquqli hamkorlik o’rnatish kafolati bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston uchun Elga a’zo-mamlakatlar bilan alohida-alohida munosabatlar o'matish va kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston - Yel munosabatlar kelajagi ko‘p jihatdan transport muammolari hal bo‘lishiga bog‘liq. Bu sohada Yel ning TRASEKA dasturi alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston - Yel hamkorligining istiqbolli sohalari, hamda ulaming amalga oshirilishida Yel ning qaysi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyalar sifatida quyidagilami keltirish mumkin: • Kompaniyalami turli investitsion loyihalami amalga oshirishda ishtirok etishga jalb etish (Germaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va b.); • Kadrlar tayerlashdagi keng kamrovli qamkorlik (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya); • Eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Yel davlatlarida o‘zbek savdo uylarini ochish (Yel barcha mamlakatlari); • Qo‘shma korxonalar tashkil etish yo‘Ii bilan Yel texnologiya va nou-xaulami O‘zbekistonga keltirish (Germaniya, Frantsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya vab.) Download 198.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling