O‘zbekiston temir yo‘llari
Download 7.56 Mb.
|
Sardor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik hujjatlar
Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi. Texnik hujjatlar — sanoat mahsulotlarini loyihalash, tayyorlash, sinash va ulardan foydalanish, shuningdek, binolar (inshootlar)ni loyihalash, qurish va taʼmirlash uchun zarur boʻladigan grafik va matnli qujjatlar majmui. Asosiy xillari: loyigʻalash va ishchi hujjatlar (qurilishda), konstruktorlik va texnologik qujjatlar (sanoatda), meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, umumiy texnik talablar, yoʻriqnomalar, sinovlar uslubiyati va boshqalar). Texnik hujjatlar maxsus standartlar orqali belgilab qoʻyiladi. Bu standartlarda Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, butlash, ularga oʻzgartirishlar kiritish va sakdash tartibi va qoidalari koʻrsatiladi. Korxona ishchi-xodimlarining xavfsizligini ta'minlash va sog'lig'ini muhofazasi masalasi - mehnat muhofaza sohasidagi asosiy vazifalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyati xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, xodimlar va aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, eng yaxshi texnologiyalardan foydalanish asosida qulay muhitni saqlashga qaratilgan. Korxona sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to'liq rioya etadi, har yili ushbu sohadagi asosiy ko'rsatkichlarni yaxshilab boradi. Sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhit sohasidagi qonun hujjatlari korxona faoliyatining barcha jabhalarida amalga oshiriladi va sanoat va ekologik xavfsizlikni boshqarishning mavjud tizimini takomillashtirishga, shu jumladan xavfsiz xatti-harakatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Download 7.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling