O‘zbekiston temir yo‘llari
Download 7.56 Mb.
|
Sardor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar 1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Umumiy qoidalar
Mazkur Qoidalar temir yo’l transporti ta‘mirlash tashkilotlariga (keyingi o’rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. Mazkur Qoidalar tashkilotlar binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar 1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish 1 Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro’yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 2 Mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro’yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo’yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati; ma‘muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat); bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim: ish joylarining ahvoli;mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish; temir yo’l transportini ta‘mirlash bilan bog’liq baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida, to’g’ri o’rganib chiqilishi; mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi; mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag’larning to’g’ri sarflanishi. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog’lomlashtirish chora-tadbirlari bo’yicha bo’limni o’z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o’rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o’rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o’qitish, yo’l-yo’riq berish va bilimlarini sinovdan o’tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo’yicha ma‘muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); ishchi va xizmatchilar bilan yong’inga qarshi yo’l-yo’riq berish va yong’in-texnikaviy minimum mashg’ulotlarini o’tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo’yicha mehnatni muhofaza qilish yo’riqnomalari. O’zbekiston Respublikasi ―Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo’lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta‘minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo’yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo’lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo’yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to’g’risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o’ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son) Mehnatni muhofaza qilish xizmati o’z maqomiga ko’ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo’ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo’riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. At faoliyati bilan bog’liq ravishda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. (11-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son) Download 7.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling