O‘zbekiston temir yo‘llari


Download 7.56 Mb.
bet5/13
Sana21.11.2023
Hajmi7.56 Mb.
#1790423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sardor

Radiatsiyaviy xavfsizlik
Bo'linmalarda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlash ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanmasi va aholining radiatsiyaviy xavfsizligi sohasidagi Qonunchilik talablarini bajarishga, shuningdek, radiatsiyadan kasbiy himoya qilish sohasidagi ilg'or tajribalarini hisobga olishga asoslanadi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xodimlarning radiatsiyaviy xavfsizligi quyidagilar bilan ta'minlanadi:

  • yoshi, jinsi, salomatlik holati, avvalgi ta'sir darajasi va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha

  • nurlanish manbalari bilan ishlashga cheklovlar;

  • nurlanish manbalari bilan ishlash qoidalari bo'yicha bilimlar va ularga rioya qilish;

  • himoya to'siqlari, ekranlari va nurlanish manbalaridan uzoqligining yetarliligi hamda nurlanish manbalari bilan ish vaqtining cheklanganligi;

  • NRB-2006 va OSPORB-2006 talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratish;

  • shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

  • belgilangan nazorat darajalariga rioya qilish;

  • radiatsiya monitoringini tashkil etish;

  • radiatsiyaviy vaziyat to'g'risidagi ma'lumotlar tizimini tashkil etish.

  • xavf va avariya sodir bo'lgan holatda nurlanish ta'sirni oshirishni rejalashtirishda xodimlarni himoya qilish bo'yicha samarali choralarni amalga oshirish.

Aholining radiatsiyaviy xavfsizligi quydagilar bilan ta'minlanadi:

  • NRB-2006 va OSPORB-2006 talablariga javob beradigan odamlar uchun yashash sharoitlarini yaratish;

  • radiatsiya nazoratini tashkil etish;

  • me'yoriy sharoitlarda va radiatsiyaviy avariya sodir bo'lganda radiatsiyaviy himoya qilish bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish samaradorligi;

  • radiatsiyaviy vaziyat to'g'risidagi ma'lumotlar tizimini tashkil etish.





Download 7.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling