O‘zbekiston temir yo‘llari


-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish


Download 7.56 Mb.
bet7/13
Sana21.11.2023
Hajmi7.56 Mb.
#1790423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Sardor

2-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish
Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o’z kasblari va ish turlari bo’yicha belgilangan tartibda o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o’tkazilishi kerak.
Bevosita temir yo’l transportini ta‘mirlash ishlarini tashkillashtirish va bajarish bilan bog’liq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha bilimlarini sinovdan o’tkazish Mehnat muhofazasi bo’yicha o’qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro’yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.



Ishlarni texnologik reglament bo’yicha xavfsiz yuritish yo’riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’riqnomalarni ishlab chiqish to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me‘yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo’riqnomalar bilan ta‘minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.




3-§. Temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfli va zararli omillar
Xodimlar temir yo’l transportini ta‘mirlash jarayonida ta‘sir etishi mumkin bo’lgan xavfli va zararli omillar, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta‘sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to’g’risida to’liq ma‘lumotga ega bo’lishi lozim.
Har bitta tashkilot yoki alohida xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo’lgan kasblar, ish o’rinlari va hududlarining sanitariya qoidalari va me‘yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko’rsatilgan ro’yxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko’rsatkichlari, mehnat jarayonining og’irlik ko’rsatkichlari bo’yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo’lishi lozim.
Yangi zararli moddalar paydo bo’lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo’qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o’zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro’yxatlarga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi lozim.

Download 7.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling