O‘zbekiston temir yo‘llari
-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Download 7.56 Mb.
|
Sardor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani”ga mos bo’lishi kerak. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerak. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko’rinarli joylariga osib qo’yilishi kerak. Tashkilot maydonlari ko’kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta‘minlangan bo’lishi kerak. Tashkilot maydonidagi o’tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani bo’lishi kerak. Yilning yoz vaqtida yo’lkalar va o’tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo’lishi kerak. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yo’l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o’tish joylari avtomatik signal bilan ta‘minlanishi lozim. 9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq bo’lishi kerak. Ho’l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o’tkazuvchi pollarda (betonli, g’ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog’och to’shamalar va panjaralar yotqizilgan bo’lishi kerak. Pol to’shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishini ta‘minlashi kerak. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga mos kelishi kerak. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma‘muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim. Binoga avtomobillarni kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta‘minlangan bo’lishi lozim. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam o’rnatilgan bo’lishi kerak. Avtomobillarni binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq bo’lishi kerak. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo’lishi kerak. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo’lishi kerak. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo’lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko’rikdan o’tkazilishi lozim. Ko’rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar va muddati ko’rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. Xodimlar uchun xavf tug’diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to’xtalishi lozim, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko’chirilishi kerak. Download 7.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling