O‘zbekiston temir yo‘llari
-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Download 7.56 Mb.
|
Sardor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
- Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
12-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun‘iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun‘iy yoritish” talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste‘molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim. Yorug’ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo’lmagan holda tozalash lozim. Yorug’lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to’sib qo’yishiga ruxsat etilmaydi. Sun‘iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo’llash taqiqlanadi.Uchastkalarda va xonalarda portlash bo’yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig’ilib qolish ehtimoli bo’lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo’lmagan ko’chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. O’ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug’lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun ko’chma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko’chma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo’lmagan va metall himoyalanish to’ri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan bo’lishi kerak. 13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Oldingi tahrirga qarang. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. (226-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Oldingi tahrirga qarang. Ishlarni bajarish bilan bog’liq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. (227-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Download 7.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling