O‘zbekiston temir yo‘llari


-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar


Download 7.56 Mb.
bet11/13
Sana21.11.2023
Hajmi7.56 Mb.
#1790423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sardor

10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo’lishi lozim.
Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. O’tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o’xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o’xshashlar), ruxsat etilgan o’tish yo’lkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°S, o’rta og’ir ishlarda 17°S va og’ir ishlarda 16°S dan past bo’lmasligi kerak. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo’lmasligi kerak. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo’lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko’p bo’lmasligi kerak.
11-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
Suv bilan ta‘minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Tashkilotning oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo’lishi kerak. Suv quvurlari yo’q bo’lganda baklarda qaynatilgan suv bo’lishi lozim.
Issiq va qoliplash sexlarida, bug’lantirish kameralari bo’linmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz bo’lgan, bir kishiga 4-5 litr hisobida gazli suv bilan ta‘minlanishlari kerak. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo’lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha bo’lishi kerak.
Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo’lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo’q bo’lganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo’l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o’ralariga ruxsat etiladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 44-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)

Download 7.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling