O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari
III-bob. TIJORAT BANKLARI VALYUTA OPERATSIYALARINI
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi last 16.06
III-bob. TIJORAT BANKLARI VALYUTA OPERATSIYALARINI
KELGUSIDA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI 3.1. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi muammolar va ularning yechimlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2sentabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo’yicha dastlabki choralar to’g’risida”gi Farmonini imzolangandan so’ng O’zbekiston Respublikasi rezidentlari jismoniy shaxslardan valyuta ayirboshlash shahobchalarida valyuta erkin ravishda sotib olina boshlandi.Ushbu qaror mamlakat iqtisodiyotidagi muhim qarorlardan biri bo’lib valyuta tizimidagi katta o’zgarishlarga sabab bo’lgan bo’lsada, valyuta ayirboshlash sohasida hal qilinishi kerak bo’lgan bir nechta muammolar mavjud.Ulardan quyidagilarni keltirishimiz mumkin. 1.Jismoniy shaxslar tijorat banklaridan chet el valyutasini sotib olishlari uchun bankda xalqaro plastik kartochkalarni ochishlari kerak. Bu esa ma’lum bir harajatlarni hamda vaqtning yo’qolishiga sabab bo’ladi. 2.Banklarimizning ko’pchiligida chet el banklarining xalqaro plastik kartochkalari tushadigan terminallarining mavjud emasligi yoki ularning faoliyati to’liq yo’lga qo’yilmaganligi.Bu esa chet el fuqorolarining O’zbekiston banklaridan chat el valyutasini naqdlashtirish jarayonini cheklab qo’yadi. 3.Xalqaro standartlarga mos keladigan qonunchilik negizining mavjud emasligi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimizda muddatli valyuta operatsiyalarni mohiyatini noto’g’ri talqin qilinishi bilan bog’lanadi. 4. Hozirgi kunda respublikamizdagi real tovarlar bozorlarida, valyuta va qimmatli qog’ozlar bozorida etarli tarzda raqobatning mavjud emasligi. 5. Mamlakatimizda faoliyat yurituvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlar jahon bozorlarida amalga oshiriladigan muddatli bitimlar haqida deyarli ma’lumotga ega emas. 6. Yirik korxona va tashkilotlar hamda ayrim banklar kapitalida davlatning bilvosita va bevosita rolining mavjudligi. 7. Birjada amalga oshiriladigan muddatli valyuta bitimilarini amalga oshirilishini kafolatlovchi institutning (kliring palatasi) mavjud emasligi. Birjadan tashqari bozordagi muddatli valyuta bitim (valyuta forvard)larini tashkil qilishda asosiy tashkilotchi sifatida banklar o’rtaga chiqmoqda. Muddatli valyuta operatsiyalarini tashkil etish zaruriyati va ularni tashkil etish bo’yicha keltirilgan muammolar muddatli valyuta operatsiyalarini tashkil etish bo’yicha quyidagi yo’nalishlarni ishlab chiqishni taqazo etadi. 1.Xalqaro talab va andozalarga mos keladigan qonuniy asosni yaratish yo’nalishi. Ushbu yo’nalish bo’yicha mamlakatdagi valyuta bo’yicha qonunchilik hujjatlari unifikatsiyalanishi zarur deb o’ylaymiz, shuningdek, mamlakat huquqiy tushunchalar tizimiga muddatli moliyaviy bitimlar tushunchalariga etarlicha to’xtalmoq kerak va ularning mohiyatina qarab derivativlar bozorini ham tashkil etish darkor deb hisoblaymiz. Yuqorida keltirganimizdek, jahon mamlakatlari huquqiy tizimida ham derivativlar va muddatli bitimlar tushunchalari bo’yicha o’zgarishlar yuzaga kelganligini e’tiborga olgan holda mamlakat huquqiy normalarida ham o’zgartirishlar kiritish lozim. Muddatli bitimlar bo’yicha qonun hujjati yaratish ham maqsadga muvofiqdir. 2.Mamlakat moliya bozorida raqobatni rivojlantirish uchun moliyaviy institutlar turlarini oshirish yo’nalishi. Masalan, investitsion banklar va moliyaviy fyuchers korxonalarini tashkil etilishini rag’batlantirish uchun ular faoliyatiga doir imtiyozlar berilishi lozim. Shuningdek, korxonalar reyting tizimi tashkil etilishi kerak. 3.Birjadan tashqari bozor muddatli valyuta bitimlari bozorini rivojlantirish yo’nalishi. Bunda, banklar o’rtasida valyuta ayirboshlash svopi va birjadan tashqari opsion bozorini rivojlantirish zarur. Shuningdek, hozirgi paytda tor doirada amalga oshirilayotgan valyuta forvard bitimlari ko’lamini kengaytirish, unga eksport import tashkilotlarini ham jalb etish darkor. 4.Valyuta birjasi faoliyat doirasini kengaytirish yo’nalishi.Bunda, eksportimport korxonalar reyting tizimi natijalariga ko’ra spot va muddatli bitimlar bozoriga kira olishi ta’minlanishi kerak. Shuningdek, import mahsulotlari savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga hatto xususiy tadbirkorlarga ham bozorga kirish imkoniyatini berish orqali qora bozor faoliyatini cheklash. Ushbu yo’nalish doirasida birjadagi muddatli bitimlar (fyuchers va opsion) amalga oshirilishini kafolatlash mexanizmini tashkil etish. 5.Kadrlar siyosati yo’nalishi. Moliya bozori ko’plab tahliliy yondashuvlar va chuqur ilmiy salohiyat hamda ilmiy asoslangan matematik hisoblashlarni talab qiladi. Ushbu soha xodimlarini va talabalarni chet davlat universitetlarida mavjud bo’lgan masofaviy o’qitish tizimida o’qitish. Mijozlar bilan amalaga oshiriladigan valyuta operatsiyalarida ham bir qator muammolar mavjud. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida banklar tomonidan faqatgina hujjatlashtirilgan akkreditiv va inkassodan usullarida foydalanish. Boshqa hisob-kitob usulari O’zbekiston amaliyotida qo’llanilishi chegaralangan. Xalqaro amaliyotda bank o’tkazmasi, akkreditivning boshqa shakllari, chek va veksellardan ham foydalaniladi. Bu usullarning joriy etilishi valyuta operatsiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan bo’lar edi. Chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalarida ham ularni hisobga olish bo’yicha ba’zi muammolar mavjud. Jumladan valyutani birjadan sotib olish jarayoniing uzoq davom etishi, kurs farqini yuzaga kelishi oqibatida buxgalteriya hisobida qayta baholash ishlarini qiyinlashishiga olib keladi. Valyuta konversion bo’limlarida valyuta sotish va sotib olish operatsiyalari ham to’la shakllanmagan. Bunga sabab: valyutalarni bir xilligi –faqat AQSh dollari, valyuta sotish va sotib olishdagi cheklovlar, qora bozor va bank kursi orasidagi farqlar hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamiz vakolatli banklarida valyuta operatsiyalarini bajaruvchi diling boshqarmalari faoliyatida quyidagi kamchilik va muammolar mavjud: 1. Jahonning yetakchi valyutalariga nisbatan koeffitsientlar qo’llash bo’yicha xalqaro qoidalarga rioya qilmaslik. 2. Respublika banklarining xorij banklari bilan bo’lgan bir tomonlamakorrespondent aloqalari. Agar bizda xorijiy banklar «Nostro»korrespondent raqamlarini ochganlarida, mahalliy banklarning xarajatlarikamayib, «Nostro» raqamlaridagi valyuta qoldiqlarining barqarorligigaerishgan bo’lar edik. Ya’ni xorijiy banklar bilan ikkitomonlamakorrespondent aloqalarining mavjudligi, import qiymatining to’loviniamalga oshirish «Nostro» raqamidagi qoldiqlarning o’zgarmasligiga olib kelaredi (bunda biz mijozning joriy hisob raqamini debetlab, bizning bankdagixorijiy bankning «Vostro» korrespondent raqamini kreditlaymiz). Hozirgi vaqtda esa respublikamiz banklarining bir tomonlama korrespondent aloqalari tufayli import bo’yicha to’lovning bajarilishidagi mablag’’lar xarakati quyidagichadir: mijozning valyuta hisob - raqami debetlanib, mahalliy tijorat banklarining «Nostro» korrespondent raqami kreditlanadi. 3. Respublikamiz tijorat banklarida forvard, fyuchers, opsion va svop operatsiyalari kabi muddatli valyuta operatsiyalarining rivojlanmaganligi. Xalqaro valyuta bozorining almashuv operatsiyalarida muddatli operatsiyalar ulushining ko’payishi esa bozor ishtirokchilari daromadining oshishiga olib kelar edi. Valyuta operatsiyalarini o’tkazishdagi bu kamchiliklarning asosiy sababi so’mning boshqa valyutalarga almashmasligidir.Shu omil valyuta bozorlaridagi banklar operatsiyalari hajmiga xam ta’sir etadi. O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining tashqi konvertirlanishini ta’minlash masalasi xaqida fikr yuritilganda, so’z faqat so’mning qisman tashqi konvertirlanishi xususida boradi. Buning sababi shundaki, so’mning to’liq konvertirlanishi uzoq kelajakka daxldor bo’lgan vazifa bo’lib, uning uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar mamlakatda mavjud emas. Chunki, so’mni xalqaro to’lov vositasi sifatida xalqaro valyuta bozorlarida kotirovka qilinishi uchun zarur bo’lgan sharoitlar mavjud emas. Bu sabablar esa quyidagilar: birinchidan, o’tish jarayonida mamlakatni ekzogen xarakterdagi shokdan sug’urtalash (masalan, O’zbekiston uchun paxtaga bo’lgan bahoning pasayishi yoki Polsha uchun neft bahosining oshishi); ikkinchidan spekulyativ hujumlar bo’lganida almashuv kursini xorijiy valyutani sotish yo’li bilan barqarorlashtirish qobiliyatiga ega bo’lish va nihoyat, soliqlar miqdorini oshirmasdan aholi, korxona va banklarga vaqtincha yordam berish. XVFning to’la konvertatsiyani talab etuvchi VIII-moddasi Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Isroil, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya, Filippin va Tailand kabi mamlakatlar tomonidan faqat bir necha yillar avval qabul qilingan. 33 O’zbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro Valyuta Fondi nizomi VIII-moddasining 2-bo’lim A-bandi, 3-4 bo’limlari bo’yicha belgilangan majburiyatlarni qabul qildi. Ushbu majburiyatlar so’mni to’lov balansining joriy operatsiyalari bo’yicha xoriiy valyutalarga erkin almashtirilishini o’z ichiga oladi. VIII-moddaning 2-bo’lim Abandiga muvofiq, mamlakat hukumati joriy operatsiyalar bo’yicha valyutaviy cheklashlarni joriy qilishga haqli emas. Ushbu moddaning 3-bo’limiga muvofiq, O’zbekiston hukumati diskriminatsion valyuta siyosatini amalga oshirishga haqli emas. Nihoyat, 4-bo’limiga muvofiq, boshqa davlatlartomonidan taqdim etilgan so’mlar o’sha mamlakatning milliy valyutasiga yoki SDRga konvertatsiya qilib berishi lozim. SDR Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan emissiya qilinadigan xalqaro hisob birligi bo’lib, “jalb qilishning maxsus huquqi” degan ma’noni anglatadi.O’zbekiston hukumati 4-bo’lim majburiyatlarini o’z zimmasiga olmagan. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan 33 Francois Haas. “The Markets in Financial Instruments Directive: Banking on Market and SupervisoryEfficiency”Manba: IMF Working papers series. 2021 y. ishlab topilgan so’mlar faqat joriy operatsiyalardan ishlab topilgan bo’lishi kerak. Bu borada tashlangan qadamning o’zi hamda hukumat va Markaziy bank tomonidan so’mning almashuvchanligiga asta-sekin o’tish to’g’risidagi qarorining qabul qilinishi, O’zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarining chuqurtahliliga asoslangan holda bozor iqtisodiyotining oliy standartlariga intilayotganidan dalolat beradi. O’zbekiston tijorat banklarida valyuta oldi sotdisida faqat spot operatsiyalar qo’llaniladi. Muddatli operatsiyalar esa shakllanmagan. Bularga forvard operatsiyalari, fyuchers va opsion operatsiyalarini keltirishmiz mumkin. Oxirgi yillarda svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo’lib bu tartib O’zbekiston tijorat banklarida valyutai operatsiyalarni rivojlanishida muhim hisoblanadi.Tijorat banklari valyuta operatsiyalarida yuzaga kelgan muammolar qisqa muddatli bo’lib kelgusida O’zbekiston valyuta bozorining rivojlanishi hamda valyuta operatsiyalarida erkinliklarni oshishi natijasida ular ham takomillashadi. Bularni rivojlantirishda muhim masalardan biri kadrlar ilmiy va amaliy salohiyatini bank, valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hisoblanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling