O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish yo’llari


Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini rivojlantirish istiqbolla


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana08.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674475
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
bmi last 16.06

3.2. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini rivojlantirish istiqbolla 
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishishidan oldin mamlakatimizda valyuta 
bozori mavjud emas edi. Ichki valyuta bozorining rivojlanishi ancha yillar avval 
siyosiy mustaqillikka erishgach boshlangan.Hozirgi vaqtda O’zbekiston 
Respublikasining ichki valyuta bozori ikki segmentdan iborat: 
1.Banklararo birja valyuta bozori.Birja esa ko’ptomonlama birja tarkibiga 
aylanmoqda.Buning natijasi sifatida Davlat qiska muddatli obligatsiyalari bozorini 
misol qilish mumkin. Ular bo’yicha savdolar, aynan,O’zbekiston Respublikasi 
valyuta birjasida o’tkaziladi. 
2. O’zbekiston Respublikasining birjadan tashqari valyuta bozori. 
Belgilangan choralarning maqsadi valyuta bozorining asosi va ishtirokchilar 
tarkibini keyinchalik kengaytirishdan iborat. Vakolatli banklar tomonidan valyuta 
birjasida ko’pchilik operatsiyalarning amalga oshirilishi bilan birgalikda yaqin 


kelajakda birjadan tashqari valyuta bozorining barkaror ravishda faoliyat 
ko’rsatishini ta’minlash ko’zda tutilmokda. Bundan tashqari, valyuta siyosatini 
erkinlashtirish jarayonining tekisligini hamda birjadan tashqari valyuta bozorining 
barqarorligini ta’minlash maqsadida Jamlangan barqarorlashtirish fondi tashkil 
etildi. Fond birjadan tashqaridagi valyuta bozorida talab va taklif o’rtasidagi 
muvozanatni saqlab turishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
34
Umuman bu fondni tashkil 
etishdan maqsad, birjadan tashqari valyuta bozorining talab va taklif asosida 
shakllanishini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, almashuv kursining barqarorligini 
ta’minlash, boshqacha qilib aytganda, bu bozorda almashuv kursining keskin 
o’zgarish hollarini oldini olishdir. Shunday qilib, fond valyuta bozorining salbiy 
o’zgarishlariga barham berish uchun yaratilgan. 
Bank tizimidagi va valyuta bozorini rivojlantirish olib borilgan islohatlar 
natijasida birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalari hajmi o’sdi, banklar 
konversion operatsiyalarini amalga oshirishda katta mustaqillikka ega bo’ldi, tashqi 
operatsiya savdolarida ishtirok etuvchi mijozlar davrasi kengaydi. Hozirgi kunda 
banklarning tashki iqtisodiy faoliyatining ko’plab yo’nalishlarida ijobiy natijalarga 
erishildi. 
Uzbekiston Republikasining birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi 
valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish ko’zda tutilgan: 
• Export qiluvchilar tomonidan valyuta tushumining sotish bilan bog’liq 
bo’lgan operatsiyalar. 
• Tovarlar va xizmatlarni import qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha 
operatsiyalar. 
• Xorijdan mamlakatlardan yoki xalqaro moliyaviy institutlardan 
yangidan jalb etilayotgan kreditlar bo’yicha barcha hisob-kitoblar. 
• Horijiy investorlar bilan kitob-kitoblar. 
34
O’zbekiston tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish istiqbollariManba:-Boltayev To’lqin 
Qo’ziyevich Maqola 2022 yil iyun 


• Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladigan joriy valyuta 
operatsiyalari. 
• Boshqa operatsiyalar. 
Republik xukumatining valyutanini tartibga solish bo’yicha ishlab chiqarishni 
amalga oshirish bir kator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, valyuta 
to’g’risidagi qonuni yangi tahriri,valyutani libarallashtirish, tashqi savdoni tartibga 
solish, valyuta operatsiyasini takomillashtirish to’g’risidagi xukumat qarorlari qabul 
qilindi. Tashkilot iqtisodiy savdoning erkin bozorlari hamda alohida korxona va 
banklarning tashqi bozorlarga chiqish bilan valyuta operationlari ko’lamini oshirish 
banklarda valyuta operatsiyalarini rivjlantirishga asos bo’ldi. 
2017-2021 yillaragi O’zbekiston tashqi savdo hajmini ko’radigan bo’lsak, 
uning keskin oshayotganligini kuzatishimiz mumkin. 
6-jadval
35
Ko’rsatkichlar 2017 
2018 
2019 
2020 
2021* 
Tashqi savdo 
aylanmasi,mln 
AQSh dollar: 
26 566,1 
33 429,9 
41 751,0 
36 256,1 
42 071,6 
Eksport 
12 553,7 
13 990,7 
17 458,7 
15 102,3 
16 610,6 
Import 
14 012,4 
19 439,2 
24 292,3 
21 153,8 
25 461,0 
Savdo balansi 
saldosi 
-1 458,7 
-5 448,5 
-6 833,6 
-6 051,5 
-8 850,4 
Tashqi savdo 
aylanmasi 
o’sishi o’tgan 
yilga 
nisbatan,
% da : 
109,6 
125,8 
124,9 
86,8 
116,0 
Eksport 
103,8 
111,4 
124,8 
86,5 
110,0 
35
O’zbekiston Respublikasi statistika agentligi ma’lumoti.Manba: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/metadata-2 


Import 
115,4 
138,7 
125,0 
87,1 
120,4 
Jadval ma’lumotlarida ko’rinib turibdiki O’zbekistonning tashqi savdo 
aylanmasi yildan yilga oshib bormoqda.2017 yilda tashqi savdo 26566.1 mln AQSh 
dollarini tashkil qilgan bo’lsa 2021 yilga kelib bu ko’rsatkichlar 42071.6 mln AQSh 
dollarini tashkil qilgan yoki 5 yil ichida 1.6 marta (58.3%ga) oshgan. 
O’zbekistonning valyuta bozori, o’z rivojida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
paytida bo’lgan va rivojlanayotgan generatsiya kabi ob’ektiv qiyinchiliklar va salbiy 
ta’sir qiluvchi omillarga duch kelmoqda. Birinchidan, O’zbekistonda valyuta 
zahiralarining etishmasligi muammo bo’lmoqda. Bugungi kunda vaziyat birmuncha 
yaxshilandi. Eksportni rag’batlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar 
vamahalliylashtirish dasturining izchil amalga oshirilishi natijasida respublikamiz 
to’lov balansining, xususan, tashqi savdo balansining barqarorligi saqlab qolindi. 
2022 yilda eksport hajmi sezilarli ravishda o’sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar 
tarkibida sanoat tavarlar ulushi 19 foiz (1,09mlrd dollar)tashkil etdi. Tashqi savdo 
aylanmasida ijobiy saldoga erishildi.Fikrimizcha, mamlakatimiz o’z valyuta 
zaxiralari hajmini rivojlangan davlatlar darajasiga etkazishi kerak. Biroq bu masalani 
hal qilishda hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga 
oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida ishlarini olib borishi muhim rol 
o’ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, ya’ni bunda asosan eksport bop 
mahsulotlar 
ishlab 
chikarish 
infratuzilmasini 
yaratish 
borasida 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish hamda hamkorlikda moliyalashtirish uchun O’zbekiston 
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish bilan bog’liq say-harakatlarni 
amalga oshiril boshladi. 
Jumladan, konversion operatsiyalarni o’tkazishga ehtiyoj sezayotgan o’rta va 
yirik mijozlar uchun banklar eksklyuziv xizmat ko’rsatishni ko’zda tutishi kerak. 
Bunday xizmat ko’rsatishning maqsadi quyidagicha: 
-mijoz aktivlarini saqlash va ko’paytirish; 
-valyuta va foiz risklaridan sug’urtalash; 


-mijoz valyuta zahiralarining diversifikatsiyalash. Yirik mijozlarga 
uzoqlashtirilgan terminallarni o’rnatish orqali xizmat ko’rsatish amalda 
qo’llanilmoqda. 
- bunday operatsiyalarning iqtisodiy samarasi ma’lumdir. Masalan, 
«O’zbekneftegaz» o’zining Reyter terminaliga ega. FOREX operatsiyalari bo’yicha 
eksklyuziv xizmat ko’rsatish sohasini faollashtirishning iqtisodiy ta’siri tashqi 
iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarni rag’batlantiruvchi samarali 
tizimini yaratib, ichki valyuta bozorining rivojlanishiga turtki bo’lar edi. Bundan 
tashqari, valyuta operatsiyalarini o’tkazishda yetakchi mamlakatlar valyutalariga 
nisbatan qo’llanadigan koeffitsientlar bo’yicha xalqaro qoidalarga rioya qilishni 
nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bank tizimi va iqtisodiyotning real 
sektori rivojidagi bugungi bosqichida, mening fikrimcha, FOREX operatsiyalari 
bo’yicha bank xizmatlarini kengaytirish zarur. Spot bitimlari jahon valyuta 
bozoridagi operatsiyalarning katta qismini tashkil etsa ham, bu yagona vosita 
hisoblanmaydi. Hozirda forvard va svop operatsiyalarining valyuta bozorlaridagi 
hissasi oshib bormoqda. Amaldagi spread bo’yicha chegarani bekor qilish zarur. 
Qonunchilikka ko’ra sotuv kursi (offer) darajasi sotib olish kursi (bid) dan 5 punktga 
yuqori bo’lishi shart. Valyuta bozorlari faoliyatini o’rganish natijalari shundan 
dalolat beradiki, spread banklarning joriy valyuta operatsiyalarini rivojlantirishda 
asosiy poydevor bo’lib hisoblanadi. Spreadning cheklanishi esa bu poydevorning 
buzilishiga va joriy valyuta operatsiyalar rivojining to’xtashiga olib keladi. Shuni 
ta’kidlash lozimki, respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatida kichik biznes 
sub’ektlarini rag’batlantirilishi, shuningdek, erkinlashtirish jarayonini tezlashtiradi. 
O’zbekistonda jahon bozorida faol ishtirok etuvchi yirik korxonalar ko’p 
emas. O’zbekistonda bu yo’nalishda kichik biznes korxonalarning rivojlanishi 
valyuta tushumlarining kengayishi hamda eksport diversifikatsiyasiga yordam berar 
edi.Tashqi bozorda ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati iqtisodiyotimizdagi 
sifat jihatdan yangi xoldir. Mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi 


bozorga chiqishi, iqtisodiyotning jahon xo’jalik munosabatlariga moslashishi va 
ochiq turdagi iqtisodiyotning shakllanishiga turtki bo’ladi
36
O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish tizimini tashkil topishi 
ya’ni «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasida xorijiy 
investitsiyalar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul 
qilinishi bilan boshlandi. 
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni 
qabul qilinganidan so’ng, Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi va valyuta 
nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlikda valyutani tartibga solish masalalari 
yuzasidan me’yoriy hujjatlar bazasi deyarli to’liq qaytadan yaratildi. 
Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati masalalari yuzasidan me’yoriy 
hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko’rishbevosita amalga oshirilayotgan valyuta 
siyosatiga muvofiq holda o’tkazildi. Bunda asosiy maqsad bo’lib quyidagilar 
hisoblandi: 

milliy valyutaning barqarorligini etarli darajada ta’minlash uchun zarur 
bo’lgan valyuta zaxiralarini shakllanti-rish; 

ichki 
valyuta 
bozorini 
rivojlantirish 
va 
so’mning 
ichki 
konvertirlanishini ta’minlash uchun zamin yaratish; 

mamlakatning eksport salohiyatini oshirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish; 

valyuta nazoratining samarali tizimini vujudga keltirish. 
Bunda, xorijiy davlatlarning tajribasi tahlil etildi va umumlashtirildi hamda 
O’zbekiston Respublikasi sharoitida qo’llash imkoniyatlari o’rganildi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 499-sonli «O’zbekiston 
Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirishga qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida»gi qaroriga muvofiq,respublika hududida, shu jumladan, xorijiy 
fuqarolarga erkin ayirboshlanadigan valyutada savdo qilish va xizmat ko’rsatish 
36
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami.Manba: http//www.lex.uz- 


qatiyan man etilishi milliy valyutamizning to’lov vositasi sifatidagi rolini oshishiga 
olib keldi. O’zbekiston Respublikasida huquqiy shaxs - rezident va norezident 
o’rtasidagi barcha to’lovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valyuta - so’mda amalga 
oshirila boshlandi. 
"Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini 
tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmonlarini chiqishidan so’ng, 
respublikada naqd chet el valyutasining muomalasini tartibga solish, jismoniy 
shaxslar tomonidan naqd valyutalarni chegaradan olib kirish va olib chiqish tartibini 
erkinlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
37
Shu bilan birga, avvalgi qonunchilikdan farqli o’laroq, ya’ni Markaziy bank va 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan tashqari, naqd xorijiy valyutani olib chiqib 
ketishning chegara miqsoridan ortig’ini olib o’tishga ruxsat berish xuquqi xorijiy 
valyuta bilan operatsiyalar amalga oshirish xuquqini beruvchi bosh litsenziyaga ega 
bo’lgan barcha vakolatli banklarga berildi. 
Respublikada birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlanishi va barqaror faoliyat 
yuritishi yuzasidan davomli zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda 
so’m mablag’’larni erkin ayirboshlanadigan valyutaga konvertatsiyalash bevosita 
vakolatli banklar tomonidan amalga oshirilmoqda. Birjadan tashqari valyuta 
bozorida operatsiyalar amalga oshirishning manbalari bo’lib,vakolatli banklarning 
o’z mablag’’lari, shuningdek, mijozlarning depozitlari va boshqa jalb qilingan 
valyuta mablag’’lari hisoblanadi. 
Hozirgi davrda milliy valyuta bozorini erkinlashtirish O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 263-sonli "Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish 
choratadbirlari to’g’risida"gi va 294-sonli "Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyat 
ko’rsatishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorlarining talablari 
doirasida amalga oshirilmoqda. 
37
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki veb sayti Manba: 
https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/?arFilter_DATE_ACTIVE_FROM_1=&arFilter_DATE_ACTIVE_FROM_2=&
arFilter 
_ff%5BSECTION_ID%5D=3511&year=2023&month=04&set_filter=&set_filter=Y# 


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 171- sonli "Valyuta va 
eksport-import operatsiyalari bo’yicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish 
to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, aprelning oxiriga kelib amalda bo’lgan turli valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirishda qo’llanilgan rasmiy kurs, birja kursi va birjadan 
tashqari ayirboshlash kurslari unifikatsiyalashtiridi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 245- sonli 
"Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash 
choratadbirlari to’g’risida"gi va 250- sonli "Valyuta bozorshsh yanada 
erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-
tadbirlar to’g’risida"gi qarorlariga muvofiq, vakolatli banklarga birjadan tashqari 
valyuta bozoridagi savdoda xorijiy valyutalarni xarid qilish va sotish kurslarini 
mustaqil tarzda aniqlash xuquqi berildi. Markaziy bank litsenziyasi egalari - 
importyorlarga valyutalarni sotish, eksportyorlarning bo’sh valyuta mablag’’larini 
sotib olish va ayirboshlash shahobchalari orqali naqd xorijiy valyutalar bilan 
operatsiyalar talab va taklif aso-sida o’rnatilayotgan kurs bo’yicha amalga oshirila 
boshlandi. 
Valyuta tizimidagi eng katta islohot esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirish 
bo’yicha dastlabki choralar to’g’risida”gi Farmonini imzolangandan so’ng amalga 
oshirildi. Ushbu farmondan so’ng valyutaning mamlakat ichidagi savdosi 
erkinlashtirildi hamda cheklanmagan miqdorda oldi- sotdi qilina boshlandi. 
O’zbekiston tijorat banklarida valyuta oldi sotdisida faqat spot operatsiyalar 
qo’llaniladi. Muddatli operatsiyalar esa shakllanmagan. Bularga forvard 
operatsiyalari, fyuchers va opsion operatsiyalarini keltirishmiz mumkin. Oxirgi 
yillarda svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo’lib bu tartib 
O’zbekiston tijorat banklarida valyutai operatsiyalarni rivojlanishida muhim 
hisoblanadi.
38
38
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plamidan manba: -http//www.lex.uz- 


Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida, boshqa sobiq sovet mamlakatlari qatori, 
iqtisodiy va ayniqsa moliyaviy barqarorlikni ta’minlash muammosi juda dolzarb 
hisoblanadi, chunki moliyaviy barqarorlikni ta’minlash muammosi bu kelajakda 
amalga oshirilishi rejalashtirilgan natijalar muammosidir. Iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solib turilishi belgilangan iqtisodiy taxminlar doirasida 
makroiqtisodiy muvozanatni saqlab turishdan iborat bo’ladi. Davlat 
makroiqtisodiyot darajasidagi vazifalarni echish uchun fiskal va monetar 
vositalardan foydalanadi. Lekin iqtisodiyotni boshqarishning murakkabligi shundan 
iboratki, bir vaqtning o’zida ham makoiqtisodiy mavozanatni saqlab turish ham 
iqtisodiy faollikni rag’batlantirish mushkul vazifadir, chunki iqtisodiy faollik 
makroiqtisodiy muvozanatni buzadi, itisodiy muvozanat esa sharoitlarning 
o’zgarishiga mos kelmaydi. 
Yuqoridagi muammolarni dinamik rivojlanish muvozanatini saqlab turish yo’li 
bilan hal qilish mumkin, lekin bu vazifani amalna oshirish uchun bo’lajak vaziyat va 
iqtisodiyot yo’nalishini bilish zarur. Dinamik rivojlanish muammosini faqat 
an’anaviy usullar, fiskal va monetar usullar bilan hal etib bo’lmaydi. Bu usullar 
iqtisodiyotga bir maromda ta’sir etishdan yiroq hisoblanadi, chunki ular iqtisodiyotni 
mavjud sharoitdan xo’jalik yuritishning sifat jihatdan tubdan farq qiluvchi yangi 
usullariga bir vaqtda va bir yo’la o’tkazib qo’yadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili bo’lib, 
iqtisodiy-xo’jalik munosabatlarining aniq ishtirokchilari bo’lmish xo’jalik 
sub’ektlari faolligi hisoblanadi, shu bois davlat tomonidan ularning iqtisodiy 
faolligini har tomonlama qo’llab-quvvatlab, rag’batlantirib turilishi muhim 
hisoblanadi. Dinamik makroiqtisodiy muvozanatga erishish uchun tadbirkorlik 
faollik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turilishi jarayoni birgalikda 
olib borilishi kerak, deb hisoblaymiz, chunki tadbirkorlik faolligining muhim 
ahamiyatga ega bo’lishiga qaramay, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilish 
omili ham o’sib borishi lozim. Iqtisodiyotni boshqarishda imkoni boricha jiddiy 
xatoliklarga yo’l qo’yishdan saqlanish kerak, buning uchun esa davlat iqtisodiy 


jarayonlarga samarali ta’sir ko’rsata oladigan yangi iqtisodiy dastak elementlariga 
ega bo’lishi kerak. 
Har bir davlat mustaqillika erishganidan so’ng iqtisodiy potensialini tiklashi, uni 
rivojlantirishi uchun valyuta-kredit va moliya munosabatlariga e’tiborini qaratishini 
lozim. Samarali monetar siyosat yuritilishi uchun mamlakatda integratsiyalashgan 
va yuqori raqobat muhiti mavjud bo’lgan moliya bozori mavjud bo’lishi kerak. Zero, 
London iqtisodchilarining ta’kidlashlaricha, to’liq ma’noda integratsiyalashgan 
kapital bozori mamlakat YAIMning yillik 1 % miqdorida o’sishini ta’minlaydi.
39
Tashqi iqtisodiy faoliyatning kengayishi mamlakatimiz korxonalarining 
daromadlarini oshirish bilan birga ularning oldiga valyuta kursi tebranishidan zarar 
ko’rish ehtimolini oshiradi. Xuddi shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi 
xorijiy korxonalar oldida ham mana shunday muammo paydo bo’ladi. Muddatli 
bitimlar bozori tashkil etish zarurligi shu bilan izohlanadiki, ushbu bozor yordamida 
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan eksport va import korxonalari o’zlarining 
kelajakdagi valyuta kursining noxush o’zgarishidan samarali tarzda himoyalaydilar. 
Muddatli bitimlar bozorining rivojlanishi va undagi bitimlar salmog’ining spot 
bozori bitimlari bilan keskin raqobatlashi oladigan tarzda rivojlanib borishi milliy 
valyutamiz kursining barqarorlashiga olib keladi. Bu o’z navbatida, mamlakatimizga 
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmining ortishiga olib keladi. Demak, muddatli 
valyuta operatsiyalarining joriy qilinishi: 

ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga mahsulotlarni realizatsiya 
qilish va sotib olish vaqtida narxlarning oshishi bilan bog’riq bo’lgan riskni, eksport 
va import bilan shug’ullanuvchi xo’jalik sube’ktlariga esa valyuta kursining 
tebranishi natijasida yuzaga keladigan riskni bartaraf qilishga yoki kamaytirishga 
imkon beradi; 
39
Fransua Haas. "Moliyaviy vositalar bozorlari direktivasi: bozor va nazorat bo'yicha bank ishi 
Samaradorlik.” Manba:XVF ishchi hujjatlari seriyasi. 2020 y. 



muddatli valyuta operatsiyalari yordamida himoyalanish orqali ishlab 
chiqaruvchilar hamda is’temolchilar moliyaviy ahvolning yomonlashuvini bartaraf 
qiladi hamda ular o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aloqalarni mustahkamlaydi; 

birjalar orqali amalga oshirilayotgan barcha bitimlarning to’liq va 
muddatida ijro qilinishini ta’minlaydi; 

ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning mahsulotlarni sotish va 
sotib olish bilan bog’liq xarajatlarini salmoqli darajada qisqartirish imkonini 
yaratadi; 

mamlakatimizdagi uzoq muddatli loyihalar uchun investitsiyalar 
oqimini kengayishiga zamin yaratadi va investitsion muhitni yaxshilaydi; 

muddatli bitimlar bozorining infrastrukturasi ko’p sonli moliya 
institutlaridan tarkib topmog’i kerakligi mamlakatimiz moliya bozorida raqobatning 
keskinlashuviga olib keladi va bu o’z navbatida moliyaviy xizmatlar sifatining oshib 
borishiga olib keladi; 

muddatli valyuta operatsiyalari bozori yordamida tijorat banklari kichik 
miqdordagi kapital yordamida katta miqdordagi fiktiv kapitalga egalik qilib foyda 
olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling