O’zbekiston uzliksiz ta’lim standartlari davlat tizimi o’rta maxsus kasb hunar ta’limi o’zbekiston respublikasi davlat standarti


Download 0.87 Mb.
bet15/25
Sana13.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1193879
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
KHK-AL Математика ДТС укув ва ишчи дастур

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Nega matematika (G.Drayver, inglizchadan tarjima). -T.: 1989.

  2. Yosh matematiklar qomusiy lug‘ati. -T.: 1991.

  3. Maktabda geometriya tarixi. O‘qituvchilar uchun qo‘llanma (A.Abduraxmonov). -T.: O‘qituvchi, 1992, -216 b.

  4. Matematika sayyorasi (A.A’zamov, B.Xaydarov). -T.: 1993.



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI.


O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI
JIZZAX SHAHAR UY-JOY KOMMUNAL XO`JALIK
KASB-HUNAR KOLLEJI .
“T a s d i q l a n d i ”
Jizzax shahar Uy-Joy va kommunal
xo’jalik kasb-hunar kolleji o’quv ishlari
bo’yicha direktor o’rinbosari

_____________________M.Aliyeva


M A T E M A T I K A


F A N I D A N


ISHCHI DASTURI


Tuzuvchi: Rahmatov Alisher
JIZZAX 2014-2015


So‘z boshi
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosida uzluksiz ta’lim yotadi. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus, kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yuqoridagi maqsadlarni e’tiborga olgan holda biz quyida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika fani bo‘yicha uzviylashtirilgan dasturni havola qilamiz.
Ushbu uzviylashtirilgan dasturni tuzishda quyidagi omillar asos qilib olindi:
- uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash;
- mavzu va boblarni mantiqiy ketma-ketligi saqlash;
- o‘quvchilarni uzluksiz ta’limni akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirishga tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi ekanligi;
- mavzularni ta’lim turlarida bir xil talqinda takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishish;
- matematika fanini o‘zlashtirishning yagona va effektiv yo‘li masala hamda misollar echishga alohida e’tibor berishdan iboratligi;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematikani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
-o‘quvchilarni kundalik hayotda, mehnat faoliyatida, shuningdek, kelgusida bilim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘ladigan matematik bilim va malakalar sistemasini chuqur va ongli ravishda o‘zlashtirishini ta’minlash;
-o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashish;
- o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptirishni rivojlantirish;
- o‘quvchilarni qomusiy olimlarimizning matematika rivojiga qo‘shgan ulkan xissalaridan xabardor qilish;
-jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling