O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi Mumtoz Sharq filologiyasi fakulteti


Download 42.01 Kb.
bet2/9
Sana04.01.2023
Hajmi42.01 Kb.
#1077495
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abduxafizov Abdulaziz Kurs ishi

Kurs ish predmeti. Kurs ishida ijtimoiy psixologiya va uning yo’nalishlari nima ekanligi, ularning negizi, paydo bo’lish nazariyalari, boshqaruv va harakatlari ilmiy asoslangan holda keng yoritib berilgan ushbu kurs ishida o’rganishga qaratilgan va belgilab olingan.
Kurs ishining hajmi va tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, II bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob Ijtimoiy psixologiya haqida umumiy tushuncha.

    1. Ijtimoiy psixologiyaning kelib chiqish tarixi.



Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari Ijtimoiy psixologiya da voqelik falsafiy nuqtai nazardan o’rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos bo’lib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida Ijtimoiy psixologiya ni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar bo'lgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan Ijtimoiy psixologiya 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va b. mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o’tkazila boshlandi. Ayniq-sa, AQShda Kotorning o’tkazgan tajribasi, E. Meyoning izlanishlari I.p. tarixida muhim rol o’ynadi. Bu tadqi-qotlarga kichik guruhlar asosiy obyekt qilib olingan, tajribalar esa lab. sharoitida o’tkazilgan. Ijtimoy psixologiya . fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va gu-ruhiy o’zaro ta’sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong , mentalitet, milliy qiyofa, harakter, tab, anana, odat, marosim va boshqalar ni tekshiradi. Ijtimoy psixologiya. bir necha sohalarni o’z ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiya-si, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok kilish psixologiyasi, amaliy I.p. kabilar. O’zbekistonda Ijtimoiy psixologiya. Yo’nalishidagi tadqiqotlar asosan mustaqillik davrida yo’lga qo’yila boshlandi. Bu ishlar zaminida Ijtimoiy psixologiya. sohalaridan biri — "Oila psixologiyasi" ilmiy maktabi vujudga keldi. O’zbek oilasining ijtimoiy psixologik, etnopsixologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan "Oila psixologiyasi" darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko’rsatadi.

Download 42.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling