O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi


Download 40.72 Kb.
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi40.72 Kb.
#1217886
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahamov Mustaqil ish topshiriq 12

Man Auto Uzbekistan
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009—2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi

1995-yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi. Samkochauto davlat royhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻziga 163 ta autobus, 302 ta yuk automobili ishlab chqarildi. 2000-yilda esa bu koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001-yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band bolgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.

Ishlab chiqarilgan avtomobil rusumlari
1996—h.v Daewoo Damas
1996—2004 Daewoo Labo
1996—2003 Daewoo Tico
2001—2017 Daewoo Matiz
1996-yildan Daewoo Nexia
2003-yildan Daewoo Lacetti
2007—h.v Chevrolet Captiva
2007—2012 Chevrolet Epica
2008—2009 Chevrolet Tacuma
2010—h.v Chevrolet Spark
2012—h.v Chevrolet Malibu
2013—h.v Chevrolet Cobalt
2013—h.v Chevrolet Orlando
2013—h.v Daewoo Gentra
2016-yildan Chevrolet Nexia
2018-yildan Chevrolet Tracker
2019-yildan Chevrolet TrailBlazer
2019-yildan Chevrolet Equinox
2019-yildan Chevrolet Traverse


Download 40.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling