O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari


Download 45.86 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2023
Hajmi45.86 Kb.
#1633619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5.6 mavzu


Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:
– o‘zbek tilida chop etiladigan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi;
– rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana” haftaligi. 
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil 18 fevralda partiyaning birinchi Ta’sis Qurultoyida tashkil topgan. Bugungi kunda O‘zbekiston "Adolat" SDP o‘z safida 135 mingdan ortiq a’zoni birlashtirgan 3700 dan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiyasining asosiy maqsadi: demokratik, huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish. 
Partiyaning oliy organi Qurultoy hisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. 
“Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi, gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan.
2008 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va O‘zbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo‘lib o‘tib, ikki partiya negizida yangi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topdi. 
Bugungi kunda partiya a’zolar soni 190 mingga yaqinni tashkil etadi. O‘zMTDP5578 dan ortiq boshlang‘ich partiyatashkilotlariga ega.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O‘zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, milliy g‘oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, uning samaradorligini oshirish zarur.
“Maqsadimiz – O‘zbekiston fuqarosi ongida o‘z mamlakatining tarixiy o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash!” – yangilangan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy siyosiy shiori hisoblanadi.
Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Partiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bo‘lib o‘tgan Ta’sis S’ezdida tashkil topgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z safida 620 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan, 12000 ga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotiga ega bo‘lgan yetakchi siyosiy kuch sifatida saylovlarga kirib bormoqda. 
Download 45.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling