O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar
Download 45.86 Kb.
|
5.6 mavzu
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat sektorining ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda eng chekka hududda yashayotgan fuqaro bilan mamlakat rahbari o‘rtasida aloqani ta’minlashda aynan nodavlat sektori eng samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga ko‘ra, davlat jamoat birlashmalarining manfaatlarini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlarining demokratik jarayonlardagi ishtirokini huquqiy ta’minlash, ularga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5mingtadan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritayotir. Bu 2000 yildagiga qaraganda 2,5 barobarga ko‘p, degani. Ular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg‘armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin. Birgina, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi 400 dan ortiq tashkilotni o‘z safida birlashtirgan. O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O‘zini o‘zi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda. Mahalla mamlakatimizda ko‘p asrlardan buyon mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlat mustaqilligidan keyingina munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi. 1992 yil 12 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mahalla” Respublika hayriya jamg‘armasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 1995 yil 21 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ham mahalla haqida alohida modda kiritilgan (78-modda). 1999 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apreldagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga berilgan vakolatli huquqlar: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; atrof-muhitni muhofaza qilish; mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilishdir. Mustaqillik yillarida hokimlik institutining tashkil qilinishi hududiy boshqaruv tizimining muvofiqlashishi va mexanizmining aniq faoliyat ko‘rsatishida muhim qadam bo‘ldi. 1993 yil 2 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada tegishli huquqiy hujjat vazifasini o‘tadi. O‘zbekiston uchun an’anaviy sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik, totuvlik, bag‘rikenglik g‘oyalari hamda jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar asos qilib olindi. Shubhasiz o‘z-o‘zini boshqaruv tizimida an’anaviy mahalla institutining o‘rni va roli katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy jihatdan mahalla kishilarni hamjihatlikka, totuvlik, o‘zaro hayrihohlik organ bo‘lib kelgan. «Mahalla» so‘zi asli arabcha “joy”, “o‘rin”, ma’nosini anglatadi. Respublika Konstitutsiyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishning huquqiy o‘rni belgilab qo‘yilgan. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda 1993 yil sentabrda Oliy Kengash 12-sessiyasida qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezidentning 1992 yil 12 sentabrda “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish va 1992 yil 8 oktabrda xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi Farmonlari mahallalarga homiylikni tashkil etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylar joylashgan kvartallarga 1992 yil boshlaridan mahalla maqomi berilib, tarixiy nomlar berildi, fuqarolar yig‘ini o‘tkazilib, mahalla oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. 1994 yil 12 mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllantirildi, 2001 yil ularning soni 7847 tani tashkil etdi. 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Mahallaning tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlarining eng yorqin ko‘rinishi, ayni paytda fuqarolik jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olinganligi bilan ham o‘zining yuksak mavqeiga ega. Hozirgi paytda O‘zbekistonda 10 000ga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 8275 ta mahalla, 1301 ta qishloq, 154 ta shaharcha va 155 ta ovul fuqarolar yig‘inidir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari va faollari qonunchilik belgilab bergan vakolatlardan kelib chiqib, fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan komissiyalar yordamida aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish, oilalarda qulay muhitni saqlab qolish, ehtiyojmand oilalar va nogironlarga moddiy yordam ko‘rsatish, aholining tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda, boshqa bir qancha tadbirlarni tashkil etmoqda. 2017 yil fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. Shu yildan boshlab mahalla o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyatida zamonaviy asnodagi o‘zgarishlar ro‘y berib, uni tom ma’noda xalq organiga aylantirish chora tadbirlari belgilandi. O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi. “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonini ta’sis etildi. Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi. “Obod mahalla” dasturi doirasida Toshkent shahri, viloyat markazlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha tumanlarda mahalla hududlarini obod qilish, maishiy qurilish ob’ektlarini barpo etish, gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Download 45.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling