O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
Download 45.86 Kb.
|
5.6 mavzu
Partiyaning asosiy maqsadi siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash. Shu ijtimoiy toifa nomidan O‘zbekistonnning siyosiy sahnasiga chiqish va o‘zining munosib o‘rnini egallash. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining S’ezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 5 yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. O‘zLiDePning markaziy nashri – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan. O‘zbekiston Ekologik partiyasining markaziy nashri – “Oila va tabiat” gazetasi. Bugungi kunda, mazkur siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman va shahar vakillik organlarida o‘z deputatlik mandantlariga ega. So‘ngi yillarda, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va faoliyati samaradorligini oshirish borasida yetarlicha huquqiy asoslar yaratildi deyishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risidagi”, “Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risidagi”, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi” qonunlarini alohida takidlash lozim. Bundan tashqari, 2018 yilning 4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, respublikada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish hamda barcha darajadagi saylovlar tizimiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, amaldagi siyosiy partiyalarning 1994 y, 1999 y, 2004 y, 2009 y. 2014 y va 2019 yillardagi Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtiroki va saylovlar jarayonida orttirilgan o‘ziga xos tajribasi ham O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Lekin, shuning bilan birga, bugungi kunda, mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyati va ularning tom ma’nodagi fuqarolik jamiyati institutiga aylanishi borasida bir qancha fundamental muammolar mavjud. Bular sirasiga: Birinchidan, amaldagi siyosiy partiyalar o‘z harakati va faoliyati jihatidan jamiyatdan, elektoratdan uzilib qolgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Siyosiy partiyalar dasturlarida individuallik va raqobatni ko‘ra olmaymiz. Mazkur partiyalar rasmiy hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatga nisbatan muqobil dastur va modellarni ilgari surish qobiliyatiga ega emas. Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bo‘lib, uning o‘tkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay oladi; Ikkinchidan, eng asosiy muammolardan yana biri bu haligacha siyosiy partiyalarning ijtimoiy asosi – elektorati to‘liqligicha shakllantirilmagani hisoblanadi. Shuningdek, amalda siyosiy partiyalar bilan, ular o‘z elektorati deya e’lon qilgan, ijtimoiy guruhi o‘rtasida “qayta aloqa” tizimi mavjud emas. Ijtimoiy hayotimizda shunday omil ko‘zga tashlanadi-ki, bugungi kunda, go‘yoki siyosiy partiyalar o‘z hayotida, elektorat esa o‘z hayoti bilan yashamoqda; Uchinchidan, hozirgi kunda, siyosiy partiyalar tashkilotlarida kadrlar muammosi juda dolzarbligicha qolmoqda. Partiya tizimida hali-xamon yoshi o‘tgan va eskicha fikrlaydigan parttashkilotchilar faoliyat olib bormoqda. Oylik maoshining pastligi, partiya tashkilotlari tizimida o‘rnatilgan byurokratik tizim va boshqa faktorlar sababli yosh, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar siyosiy partiyalar tizimiga kelishmayapdi; To‘rtinchidan, eng asosiy muammolardan yana biri bu – siyosiy partiyalarning o‘zida demokratiyaning sustligidir. O‘zlarini “demokratik” partiya deya e’lon qilgan mazkur siyosiy partiyalarning faoliyatida demokratiyaga xos bo‘lmagan kayfiyat ustuvorligini kuzatish mumkin. Bular, partiya boshqaruv organlari saylovida, siyosiy partiyadan deputatlikka nomzodlarning ko‘rsatilishida, partiya tizimida o‘rnatilgan chuqur vertikal munosabatlarda yaqqol ko‘rinadi. Mazkur holatlar esa, aslida jamiyatda demokratiyani mustahkamlashga qaratilgan fuqarolik jamiyati instituti hisoblanmish – siyosiy partiyalarning xalq oldidagi imidjini tushishiga olib kelishi shubhasiz. Download 45.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling