O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish


Download 45.86 Kb.
bet9/10
Sana20.06.2023
Hajmi45.86 Kb.
#1633619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5.6 mavzu

Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Bugungi kunda O‘zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatdir. Tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Ko‘zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qildi. Umuman, mustaqillik yillarida (1992-1999 yillar) O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining real daromadlari qariyb 9 baravar o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9 ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‘zbekistonning o‘rtacha darajali daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi.
O‘tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSh dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‘tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan mahsulotni sotish bo‘yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‘rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‘mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSh dollariga qisqartirishni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‘yicha 2020 yilgacha mo‘ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta’minlash.
Shubhasiz, bunday faol sanoat hamda investitsiyaviy siyosat mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston 2014-2015 yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan islohotchi davlatlar o‘ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining e'tiroficha, O‘zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6 baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSh, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past.
O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili o‘zlashtirilayotgan kapital qo‘yilmalarning 20 foizini xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz sirasiga “Boing”, “Honeywell”, “Airbus”, “MAN”, “Klaas”, “Knauf”, “Lemken”, “Nestle”, “Teknip”, ABB, “Maksam”, “Isuzu”, “Itochu”, “Mitsubishi”, “General motors”, “Hitachi”, “Marubeni”, “Hyundai”, “Samsung”, “El-Gi”, “Lotte chemical”, “Huawei”, ZTE, “CNPC”, “Citic” singari ko‘pdan-ko‘p kompaniyalarni kiritish mumkin.
2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash bo‘yicha umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 846 ta yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shu jumladan, 25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1 milliard dollarlik 150 ta loyiha to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular xom ashyo zaxiralarini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlashga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish asosida tegishli tarmoqlarni jadal taraqqiy toptirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‘paytirish uchun real sharoitlarga egamiz.
2020 yilda avtosanoat sohasida faoliyat yuritadigan korxonalar tomonidan jami 33 718,9 mlrd so‘mlik avtotransport vositalari, treyler va yarim pritseplar ishlab chiqarildi. 2016 yilda ushbu qiymat 4 112,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 8 barobarni tashkil etdi. Shu bilan birga, 2016 yil avtosanoat umumiy sanoat hajmining 3,7 foizini qamrab olgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 9,2 foizga teng bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida avtosanoatning umumiy sanoatdagi ulushi 2016 – 2020 yillar oralig‘ida 5,5 foiz punktga o‘sganini ko‘rsatadi.
Xususan, 2020 yil mobaynida 280 080 dona yengil avtomobillar (o‘sish sur’ati +217,7%), 642 dona avtobuslar (o‘sish sur’ati -29,3%), 4 163 dona yuk mashinalari (o‘sish sur’ati +30,1%), 673 dona traktorlar (o‘sish sur’ati -6,5%), va 41 dona maxsus transport vositalari ishlab chiqarildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yo‘lovchi va tijorat transport vositalarining to‘liq assortimentini ishlab chiqaruvchi yagona mamlakat hisoblanadi. Hozirgi kunda yurtimizda 85 dan ortiq korxonalar avtosanoat sohasida faoliyat yuritmoqda va ushbu soha bo‘yicha 200 dan ortiq xorijiy korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik mavjud. Bugungi kunda, sanoat 28 ming kishini ish bilan ta’minlashga erishgan.
2016-2020 yillarda “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarining eksporti 639,5 mln dollarni tashkil qildi. Statistik tahlillarga ko‘ra, 2016 yilda 55,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu qiymatni 208,9 mln dollargacha ko‘tarishga erishildi va bunda o‘sish 4,1 barobarni tashkil qildi.
Xususan, o‘tgan yil mobaynida 170,7 mln dollarlik yengil avtomobillar (18 552 dona), 14,4 mln dollarlik avtobuslar (217 dona) va 11,9 dollarlik yuk mashinalari (780) eksporti amalga oshirildi. 2020 yilda Qozog‘istonga 168,6 mln dollarlik, Ozarbayjonga 7,2 mln dollarlik, Afg‘onistonga 5,7 mln dollarlik, Qirg‘izistonga 4,9 mln dollarlik va Rossiya Federatsiyasiga 3,6 mln dollarlik avtotransport vositalari eksport qilingan.
Yurtimizning avtosanoat sohasida amalga oshirgan tashqi import qiymatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2020 yil mobaynida jami 1 838,3 mln dollarlik avtotransport vositalari import qilindi, bu esa o‘z navbatida 2016 yilga nisbatan import hajmi 2,1 barobarga oshganini ko‘rsatib bersa, 2019 yilga nisbatan 13 foizga kamayishga erishilganini tasdiqlaydi.
Jumladan, 2020 yil hisobiga ko‘ra 475,1 mln dollarlik yengil avtomobillar (25 766 dona), 190,4 mln dollarlik yuk mashinalari (4 576 dona) va 16,7 mln dollarlik avtobuslar (445 dona) import qilingan.
Ushbu davrda, asosan Janubiy Koreyadan 861,6 mln dollarlik, Xitoydan 320,6 mln dollarlik, Yaponiyadan 100,8 mln dollarlik, Rossiya Federatsiyasidan 93,9 mln dollarlik, Belarusdan 52,5 mln dollarlik avtotransport vositalari turkumiga kiradigan mahsulotlar importi amalga oshirildi.
2016 yilda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 120,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, “UzAutoMotors” AJ zavodida eskirgan uskuna va texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish hamda almashtirishga qaratilgan investitsiya loyihasi muvaffaqiyatli bajarildi. Bundan tashqari, “UzAutoMotors” AJ avtomobillari uchun aluminiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi samarali bo‘ldi.
2017 yilda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 65,1 mln. AQSh dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari bajarilgan. Xususan, “UzAutoMotors” AJ tomonidan uzaygan kuzovli “Labo” markali avtomobillarni o‘zlashtirish loyihasi hamda “Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
2018 yilda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 21,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Xorazm va Andijon viloyatlarida Damas avtomobillarining isitkich va ventilyatsiya tizimini ishlab chiqarish hamda yengil avtomobillar uchun plastmassali butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari bajarildi.
2019 yilda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 70,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Xususan, Namangan viloyatining Norin tumanida ikki va uch g‘ildirakli motosikllarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Qolaversa, xaridorlar uchun taklif etilayotgan yuk avtomobillari turlarini kengaytirish maqsadida, “JV MAN Auto - Uzbekistan” MChJ bazasida Xitoyning Sinotruk kompaniyasi bilan hamkorlikda, qariyb 12 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda respublikamizda yangi turdagi yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, “SamAvto” MChJ bazasida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining 15,26 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari samarali jalb qilindi.
2020 yilda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 114,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, “Uzlogistic” MChJ logistika kompaniyasi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, “SamAvto” MChJ qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish faoliyati kengaytirildi.
So‘ngi 5 yilda avtomobilsozlik sohasida muhim islohotlar amalga oshirilgan. Xususan, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga o‘sib, 280 mingtaga yetkazildi. Sohada raqobatni kuchaytirish maqsadida mamlakatimizga eng yirik jahon brendlaridan Germaniyaning Folksvagen avtomobillari Jizzax viloyatida ishlab chiqarila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi PQ-3028 sonli “2017 — 2021 yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” hamda 2018 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining PQ-537 sonli “Avtomobilsozlik sanoatida boshqaruvni yanada takomillashtirish va rivojlantirishni jadallashtirish” to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq quyidagi natijalarga erishildi: yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 220 ming donaga yetkazildi; qariyb 250 dan ortiq avtoqismlar mahalliylashtirildi; jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, sanoat usulida yig‘ish va utilizatsiya yig‘imini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihalarini ishlab chiqish boshlandi.
Avtosanoat sohasida raqobatbardoshlikni ko‘tarish maqsadida xorijiy davlatlardan bir qator investitsiyalarni jalb qilish va ular bilan xalqaro shartnomalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida olib borilgan sa’y–harakatlar natijasida bugungi kunda Rossiya, Fransiya, Yaponiya davlatlarining LADA, Volkswagen va UzPCA kabi avtotransport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda2.
Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham diqqat-e'tiborda bo‘lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda tarkibiy o‘zgartishlar hisobiga sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YaIMdagi ulushini 40 foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim omillardandir.

Download 45.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling