O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja
Download 45.25 Kb.
|
1-маъруза lotin
norma – birlik hajmdagi maxsulotni tayyorlashga (ishni bajarishga) ketgan vaqt yoki resurslar (materiallar, energiya, mehnat sarfi) miqdori.
2. Bajariladigan ishlarning asosiy turlari, ishlatiladigan qurilish materiallari. Mazkur fanda gidrotexnika inshootlarning halq xo‘jaligidagi ahamiyati, qurilish mahsulotlari, qurilish –montaj ishlarining turlari, sohada fan-texnika taraqqiyoti, ishlarni amalga oshirishning o‘ziga hos hususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Qurilishni transport ishlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayrim ishlarni bajarishda transport harajjatlari umumiy bahoning 60% gachani tashkil etadi. SHu sababli qurilish transporti, aniqrog‘i ichki transportga alohida e’tibor berilgan va ular haqida ma’lumotlar keng yoritilgan. Gidrotexnika qurilishida er ishlari alohida ahamiyatga ega. Qurilish ishlarini murakkabligi er ishlarini bajarishda mashina va mexanizmlarni to‘g‘ri tanlash, ularni ishlatishni talab etadi. SHu sababli er ishlarining xususiyatlari, gurut to‘g‘risidagi va er ishlarini bajaruvchi texnikalar haqida ma’lumotlar keng yoritilgan. Texnikalarning ishlatish sxemalari, ularni ish unumdorligini hisoblash, ish unumdorligini oshirishning asosiy yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Gidrotexnika inshootlari qurilishida er ishlarini bajarishning gidromexanizatsiya usuliga katta e’tibor beriladi, chunki bu usul ish unumdorligi yuqoriligi bilan xarakterlanadi. SHu sababli gruntni ishlashda gidromexanizatsiya usulining mohiyati, unda qo‘llaniladigan texnika va vositalar haqida ma’lumotlar berilgan. Giromexanizatsiya usuli bilan MDX hududlarida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Zamanaviy qurilishni beton va temir beton ishlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHuning asosida beton ishlarini bajarishga alohida etibor berilib gidrotexnika sohasida qo‘llanuvchi beton, uning tarkibi, turlari, uni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar, beton qorishmasini tashish, joylashtirish va zichlash, quyilgan beton qorishmasini parvarishi, ularni issiq va sovuq iqlimda bajarish bilan bog‘liq texnika va vositalar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bunda qolip va armatura ishlarini bajarish haqida ma’lumotlar yoritilgan. Bu ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar haqida ham etarli ma’lumotlar yoritilgan. Gidrotexnika inshootlari qurilishida burg‘ilash – portlatish ishlari alohida va murakkab xususiyatli ish turi hisoblanadi. Bu bobda er ishlarida portlatishning mohiyati, portlovchi moddalar, portlatish texnologiyasi, portlatishda texnika xavfsizligi haqida keraklicha ma’lumotlar berilgan. Toshlarni(qoya tosh) parmalash va qurilmalar haqida yozilgan. Parma stanoklari, ularning turlari ochib berilgan. Er osti inshootlarining turlari, uni ochish, ochish mexanizmlari, kesimlarni ochishning metodlari, qazilmalarni mahkamlash metodlari, qurilmalari haqidagi ma’lumotlar, ularni ishlatish, bo‘shatilgan gruntni tashish maxsus texnikalari to‘g‘risida ma’lumotlar batafsil yozilgan. Er osti ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi, inson muxofazasi zamonaviy qurilishdagi asosiy talablardan biridir. Qurilish amaliyotida qoziq ishlari murakkab sharoitli joylarda bajariladi. Kanal, yo‘l va har xil injenerlik kommunikatsiyalarini o‘tkazishda, ayniqsa suv oqim doimiy xarakterdagi kanal va daryolarda qoziq ishlari amalga oshiriladi. SHu sababli ishlarni bajaruvchilardan tajribani va bilimni talab etadi, ishlarda o‘ta aniqlik kerak bo‘ladi. Fanda qoziqlarning turlari, ularning tuzilishlari, qoqishda foydalanadigan texnika va moslamalar, qoziqni kiritish usullari va vositalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Qoziq qoqishning texnologiyasi yoritilgan. Gidrotexnika inshootlarining ishonchligi, ishlash muddatlari ularda bajarilgan namdan, tuzdan va suvdan himoya vositalariga bog‘liq. Inshootlarni himoyalashda qo‘llaniladigan gidroizolyasion materiallar, gidroizolyasiyaning turlari, ularni tanlash va ishlarni bajarish texnologiyalari haqidagi ma’lumotlar berilgan. Ularning sifatini tekshirish ishlari yoritilgan. Gidrotexnika inshootlari tarkibida o‘zan rostlash ishlari tarixiy asoslarga ega. Soxa tarixida daryo o‘zanlarini, suv oqimlarini rostlash uchun ota-bobolarimiz Sipoya «CHorpoya» «Lagibardon» inshootlaridan foydalanganlar. Tosh materialli tug‘on va rostlovchi inshootlar qurganlar. Tosh materialli to‘g‘on va rostlovchi inshootlar qurganlar. Qurilish mahsulotlari deganda, qurilgan va foydalanish uchun tayyor korxonalar, binolar va inshootlar tushuniladi. qurilish maxsulotlariga noharbiy binolar, sanoatning turli tarmoqlariga mansub korxonalar, energetika ob’ektlari va boshqa ko‘plab ob’ektlar kiradi. Qurilish mahsulotlari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish natijasidir. Qurilish va montaj tashkilotlarining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonida binolar va inshootlarning qismlari barpo etiladi, texnologik, elektrotexnika, sanitariya-texnika uskunalari montaj qilinadi, pardozlash ishlari va boshqa ishlar amalga oshiriladi. Qurilishning ishiga xos xususiyati shundaki, uning mahsulotlari – binolar va inshootlar butun ishlab chiqarish davri jarayonida harakatsiz qoladi va undan asosan shu ishlab chiqarish joyining o‘zida foydalaniladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishchilar va mehnat qurollari uzluksiz ravishda ishlar fronti bo‘ylab mazkur uchastkadan navbatdagi uchastkaga qarab siljib boradi. SHu jixatdan qurilish ishlab chiqarishi statsionar texnologik ta’sir ko‘rsatish postlari va joydan joyga ko‘chuvchi maxsulotlardan konveyerli sanoat ishlab chiqarishidan butunlay farq qiladi. Qurilishning yana bir muhim jihati shundan iboratki, uning mahsulotlari ancha uzoq xizmat muddatiga ega bo‘ladi. Qurilish maydonchasida ob’ektni qurishga kirishishdan oldin, odatda, qurilishning ishlab chiqarish bazasi yaratiladi, qurilish kadrlarini joylashtirish uchun shaxarchalar quriladi, transport va muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari tashkil etiladi. Qurilish ishlari ishlov beriladigan materiallarning turlariga va mazkur turdagi ishlarning maxsuloti bo‘lgan binolar va inshootlarning konstruktiv elementlariga ko‘ra farqlanadi. Birinchi belgiga ko‘ra tuproq ishlari, betonlash ishlari, tosh, g‘isht terish ishlari va boshqa shunga o‘xshash ishlar; ikkinchi belgiga ko‘ra – tom yopish ishlari, himoyalash ishlari va hokazolar farqlanadi. Montaj ishlari deganda, qurilish konstruksiyalarining elementlarini, quvur yo‘llarining detallarini, texnologik qurilmalarning detallari va qismlarini, sanitariya-texnika sistemalari, elektrotexnika qurilmalarini loyihada belgilangan holatda o‘rnatish va bir butunga birlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish operatsiyalarining majmui tushuniladi. Tuproq ishlari, betonlash va temir-beton ishlari, tosh, g‘isht terish ishlari, pardoz ishlari va boshqa shunga o‘xshash ishlar, shuningdek qurilish konstruksiyalarini montaj qilish umumiy qurilish ishlariga kiradi. Texnologik, sanitariya-texnika va elektrotexnika qurilmalarini montaj qilish, gidroizolyasiya ishlari, filtratsiyaga qarshi qurilmalarni o‘rnatish ishlari va boshqa ayrim ishlar maxsus turdagi ishlar qatoriga kiradi va ularni, odatda, ixtisoslashgan tashkilotlar amalga oshiradi. Binolar va inshootlarni qurishda ishlarni bosqichlarga bo‘lib bajarish qabul qilingan. Qurilishga tayyorgarlik ko‘rish davri yakunlanganidan so‘ng birinchi bosqich – er osti sikli ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqich ishlari tarkibiga, odatda, kotlovan qazish bo‘yicha tuproq-tosh ishlari, qurilayotgan inshootning poydevorini, poydevor plitasini yoki er osti qismini qurish bo‘yicha betonlash va tosh-beton ishlari, gidroizolyasiya vositalari, filtratsiyaga qarshi qurilmalarni o‘rnatish ishlari va boshqa shunga o‘xshash ishlar kiradi. Ikkinchi bosqichda odatda inshoot ust qismining qurilish konstruksiyalarini montaj qilish xamda sanitariya-texnika ishlari amalga oshiriladi, texnologik qurilmalarni montaj qilishga kirishiladi. Uchinchi bosqichda texnologik qurilmalar, elektrotexnika va sanitariya-texnika sistemalari montaj qilinadi, sozlash-ishga tushirish ishlari, pardoz ishlari va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ob’ekt qurilishi loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu loyixada quyidagilar belgilanadi: ob’ektning ekspluatatsion va texnologik tavsifi; binolar, inshootlar va ularning elementlari shakllari va o‘lchamlari; binolar, inshootlar va ularning elementlari quriladigan materiallar va detallar; zarur texnologik qurilmalar; qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish usullari xamda qurilishni tashkil etish. Loyixa tarkibida smeta ishlab chiqiladi. Bu smetada mehnat, materiallar, asbob-uskunalar, elektroenergiya, qurilish mashinalari ishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamda ustama xarajatlarni xisobga olgan xolda qurilishning umumiy qiymati yoki qurilish mahsulotining qiymati aniqlanadi. Download 45.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling