O‘zbekistonda grafika san`atining rivojlanishi


Download 1.01 Mb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1639290
  1   2
Bog'liq
O‘zbekistonda grafika san`atining rivojlanishi.


O‘zbekistonda grafika san`atining rivojlanishi.
1917-18 yillarda Grafikaning turli ko'rinishlari plakat, hajviy rasmlarda gazeta- jumal sahifalaridagi maishiy janrdagi tasvirlar yangi davr ruhini o'zida aks ettirdi.. Bu yillar ko'rgazmali targ'ibot ishlari qizg'in bordi. Rassomlar yangi qarash va tartiblarni tezkorlik bilan ommaga yetkazishga harakat qildilar. Siyosiy arboblarning portretlarini chizdilar, transporant, chaqiriq va shiorlar ishlashda faol ishtirok etdilar. Bu ishlarda turli san’at turida ijod qiluvchi san’atkorlar qatnashdilar. Grafikada mahalliy rassomlar usta Nabi Hafizov, keyinroq ular safiga qo'shilgan I. Ikromov, Majidov va boshqa rassomlar shu san’atning dastlabki namunalarini yaratdilar.
1920-yillarning oxirida Turkiston badiiy maktabi qoshida grafika ustaxonasining tashkil etilishi shu san’atning keng yoyilishiga o‘z hissasini qo'shdi. Bu yillarda grafikaning hamma turlarida asarlar yaratildi, lekin plakat san’ati yetakchi o'rinni egalladi 20-yillar O'zbekiston grafika san’atida maishiy va hajviy plakat va rasmlar, turli shior va chaqiriq, transporantlar ishlash keng yoyildi. Dastlabki yillarda ishlangan va ko'paytirilgan plakat va hajviy rasmlar asosan qo'lda ishlangan.
Bosma plakatlari esa 1923 - 24-yillarda chop etilda boshlandi. Buxorolik usta Nabi Hafizov (1893 — 1959) birinchilardan bo'lib, shunday plakatlar chop ettirgan rassom edi. Uning Soliqlami o'z vaqtida to`lang! plakatida o'z vaqtida to'langan soliqlar davlatning mustahkam bo'lishi, yangi zavod va fabrikalar, maktab va bog'chalami qurilishiga yordam berishini, aks holda, awalgidek qashshoq bo'lib, yashashga sabab bo'lishini ommaga tushuntirmoqchi bo'ldi. Buni eski va yangi zamon hayotini taqqoslash orqali ko'rsatadi. Rassom sodda xalq san’ati uslubi, miniatyura san’ati plastikasida davr g'oyasini talqin etishga harakat qilib o'ziga xos uslub yaratdi.
Bu yillarda kitob, gazeta-jumal grafikasi ham jonlandi. Bunga sabab kitob, gazeta va jumallaming ko'plab chop etilishi edi. Gazeta va jumal nashrlari atrofida rassomlar guruhi to'plandi. Grafika san’ati mavzusi kengaya bordi. Jumladan, 1923-yildan nashr etila boshlagan ,,Mushtum,,,Mashrab,, ,,Mullo Mushfiqiy,,, ,,Bigiz,, kabi satirik va ilmiy-ommabop jumallar o'z sahifalarida ijtimoiy hayotda mavjud bo'lgan yutuq va illatlami aks ettirib, omma orasida katta qiziqish uyg'otdi. Mahalliy san’atkorlaming ilk qadami ham shu gazeta, jumal sahifalaridan boshlandi. Birinchi o'zbek grafik rassomlari I. Ikromov, M. Hakimjonovlarning ilk ijodini shu gazetajumal sahifalaridan boshlagan edi.
Grafika. 30-yillar grafika san’ati tur va janrlar kengligi bilan xarakterlanadi. Shu yillardan boshlab rassomlar grafikaning ayrim tur va janrlari bo'yicha mutaxassislashib bordilar. Masalan, plakatchi rassomlar, dastgoh grafikada ish olib boruvchi rassomlar, kitob, gazetajurnal grafikasida ishlovchi rassomlar guruhi paydo bo‘ldi. Ular kitob ruhiga mos asarlar yaratishga intilishlari uning plastik yechimida ham o'z ifodasini topdi. Milliy o'zbek kitob grafikasi shakllana boshladi.Shu yillardan o'zbek zamonaviy milliy kitob grafikasining asoschisiI. Ikromov ijodi boshlandi.
40-yillar oxiri - 50-yillar grafika san’ati izlanishlarida ham jonlanish sodir bo'la boshladi. Bu rivojlanishda Toshkentda poligrafiya bazasini kuchaytirilishi hamda adabiyot va san’at nashriyotining tashkil etilishi muhim bo'ldi. Nashriyot atrofida iste’dodli rassomlar to'plana bordi.Tasviriy san’atning boshqa turlarida ijod qilgan rassomlar ham nashriyot ishiga jalb etildi. Bu ish urushdan keyingi kitob grafikasining uslub rangbarangligi ortishiga xizmat qildi. Urushdan keying yillarda grafika san’atida hikoyanavislik tamoyillari kuchli edi. Kitob illustratsiyasining keng tarqalgan shakllaridan biri oq-qora bo'yoqlardan foydalanib qora akvarel yoki guashda, ba’zan ko'mir va sovusda bajarilgan illustratsiyalar bo'ldi. Rassomlar illustratsiya ishlaganlarida buyumlar hajmi, fazoviy kenglik masalalariga e’tibor berdilar, ularning tuslanishi,
fazoviy perspektiva masalalari ham rassomlar nazoratidan chekkada qolmadi. Bunday illustratsiyalar odatda bir betga mo'ljallanib ishlangan bo'lib, ularda kitob voqealarining muhim joylari qahramon harakatining unsurlari bilan ko'rsatilar edi. Ishlangan illustratsiyalar o'zaro bog'liq bo'lib, o'quvchi ko'z o'ngida kitob sujetidagi voqealar rivojini tasawur etishi kerak edi. Shu yillarda yaratilgan illustratsiya ishlashda badiiy asarning faqat sujetini emas, balki uning o'ziga xos poyetik tomonini his etish, uni o'quvchiga tasviriy san’at tilida shoirona talqin etishi muhim edi. Shu yo'nalishda ijod qilgan rassomlar esa zamonga mos asarlar yaratishga erishdilar. Ular o'tmish an’analariga murojaat qildilar, an’anaviy miniatyura va devoriy rasm ishlash san’ati, xalq dekorativ san’ati an’analaridan foydalanib asar yaratishga harakat qildilar, ilg'or demokratik san’at an’analari, birinchi galda rus realistik illustratsiya ishlash uslubi an’analarini o'igandilar. Bu xususiyatlar rassom ijodiningrivojlanish xususiyatlarini belgiladi.
1. Ikromov ilgarigi asarlariga xos ortiqcha bezaklardan voz kechib, o'z fikrini qat’iy va aniq obrazlarda, ta’sirchan ifodali bezak elementlaridan foydalanib tugal va mukammal kitob yechimini yaratishga muyassar bo'ldi. Ayni shu yillarda bezagan qalin muqovali kitoblar betiga I. Ikromov mualliflaming bo'rtma tasvir-portretlarini kirita boshladi. Qattiq bosish asosida muqovasida hosil bo'lgan relyeflar kitob obraziga o'ziga xoslik kiritib boshqa rassom ishlaridan ajratib turdi. Yozuvchi Oybekning ≪Quyosh qo'shig'i≫ (1955) hamda saylanma asarining to'rtinchi tomi qalin muqovasi yuzasiga muallifning yon tomonidan ko'rinishining bo'rtma tasviri berilgan. Alisher Navoiyning ≪Farhod va Shirin≫ asari yangi nashrini bezashda ishlatilgan ko'k-moviy rang, oltin hal hamda kulrang rang gammasi asarning ham g'oyaviy, ham plastik yechimining uyg'unligi asarga milliy ruh baxsh etgan. I. Ikromov ijodi ko'pgina rassomlar ijodiga samarali ta’sir ko'rsatdi. Levitskiy, Osheyko, Kaydalov I. Ikromov boshlagan uslubdan ta’sirlanib yangi o'ziga xos milliy san’at yo'nalishiga kirib keldilar.
60-80 yillar Grafika. Bu san’at ham davr izlanishlaridan chekkada qolmadi. Ifoda vositalari, obrazli plastik yechim masalalari bu jarayonda muhim o'rinni egalladi. Ijodkor erkinligi masalasi ko'tarilgan sari ularning asarlarida ham uslubiy rang-baranglik ortib bordi. 60-yillarda linogravyura (qora va rangli) keng yoyildi, ofort, mopotipiya, avtolitografiya texnikasida asarlar yaratildi. 60-yillarning o'rtalarida esa dekorativ estampga qiziqish paydo bo'ldi, fakturaga e’tiborortdi. Qalamchizgi va rasmlar (qalamtasvir) ga e’tiboming ortishi ham dastgoh grafika san’ati rangbarangligini oshirdi.
Bu yillardan boshlab an’anaviy grafika uslublari — tonal qora akvarelda rasm ishlashga qiziqish susayib bordi. Uning o'rniga kata formatli, turkumli asarlar yaratish harakati chiqdi.Dastgoh grafikadagi bu izlanishlar linogravyuraning badiiy imkoniyatlarini o'rganish A. Mahkamov. G'alaba asosida alohida grafik kompozitsiyalar yaratishdan turkum grafik asarlar yaratishga o'tishdan boshlandi. Bu izlanishlar grafik rassomlar Chiganov, Strelnikov, Basharov ijodida shakllanib bordi.
Mustaqillik yillari grafika san’ati texnika va texnologiyalar bilan boyidi. kompyuter texnologiyalari bu san’atga bo`lgan talabni butunlay o`zgartirib yubordi.Poligrafiya ishlari sifat jihatidan yangilandi. Plakat, amaliy grafikada kompyuter o'zining mustaqil o'rnini egalladi. Bu yillardan grafikaning qalamtasvir va bosma grafikaning gravyura turlari yetakchi o'rinni egalladi. Ularda ham realistik va avangard yo'nalish, ham milliy romantizm xususiyatlari uyg'unligi izlanish maydoniga kirdi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling