O’zbekistonda kimyoning rivojlanishi


Download 52.16 Kb.
bet4/4
Sana24.06.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1652937
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekistonda kimyo rivojlanishi

Kimyo va ekologiya. Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Chiqindi suvlaridan metallarni ajratib oluvchi ionitlar ishlatilmoqda, qurilmalar ishga solinmoqda. 

Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asarlarida ta’kidlanganidek: «Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda ma’suliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang’ich xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o’rnatish lozim».



Hozirgi kundagi ekologik va iqtisodiy vazifa eng mukammal chiqindisiz kimyoviy texnologiyani qo’llashdir. O’zbekistonda joylashgan barcha kimyo korxonalarini yaqin yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga moslashtirilishi lozimdir. Bu vazifani xal qilish, ya’ni yuksak malakali kimyogarlar, kimyogar-muhandislar tayyorlash respublikamizning oliy o’quv yurtlari zimmasiga yuklanadi O‘ZBEKISTON KIMYOGAR OLIMLARINING KIMYO FANIGA QO‘SHGAN HISSALARI Jahon kimyogar olimlari qatorida o‘zbekistonlik kimyogar olimlar ham kimyo fani va sanoatining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Umumiy va anorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda bir qator ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida, oliy o‘quv yurtlarining kimyo fakultetlari va kafedralarida kimyo sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoq da. 5 6 7 Yurtimizning taniqli kimyogar olimlari – K.S. Ahmedov, N.A. Parpiyev, Sh.I. Solihov, N.R. Yusupbekov, M.A. Asqarov, S.N. Ne’matov, A.A. Ab du vahobov, Z.S. Salimov, S.Sh. Rashidova, M.O. Obidova, T.M. Mir komilov, B.M. Beglov, S.I. Iskandarov, X.R. Rustamov Y.T. Toshpo‘latov, Sh.T. To lipov, H.A. Aslanov, A.R. Abdurasulova, A.G‘. Mahsumov, X.M. Sho hidoyatov, R.S. Tillayev, A.S. To‘rayev, O‘.N. Musayev, D.Y. Yusupov, S.M.Turopjonov, J.M. Mahkamov, U.M. Azizov, M.P.Irismetov, T.S. Sir liboyev, A.A. Yo‘lchiboyev, A.G. Muftaxov, Q.A. Ahmerov, I.I. Is moilov, G‘.H. Hakimov va boshqa - larning olib borgan va bugungi kunda amalga oshirayot gan ilmiy tadqiqotlarining natijalari O‘zbe kistonda kimyo fani va sanoati ning rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir. O.S. Sodiqov (1913–1987). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalari, 100 dan ortiq ixtirolari bor. G‘o‘zadan ajratib olingan moddalarni kompleks kimyoviy tekshirish natijalariga bag‘ishlangan ishlari uchun 1985- yilda D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘zFA Bio or ganik kimyo institutiga asos solgan. Dunyoga mashhur bo‘lgan kimyogar olimlar kitobiga kiritilgan o‘zbek olimi. S.Y. Yunusov (1909–1991). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ixtirolar, 10 dan ortiq monografiyalar muallifi. 1969-yilda «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. D.I.Men deleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi institutiga asos solgan va o‘simlik moddalari kimyosi maktabini yaratgan. O‘zbekistonda uchraydigan 3600 dan ortiq o‘simlikda 2000 dan ortiq alkaloidlarni aniqlagan. N.A. Parpiyev (1931). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 700 dan ortiq maqola, 11 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta darslik muallifi. Ilmiy ishlari koordinatsion birikSh.I. Solihov (1944). O‘zFA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 350 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, 100 ta dan ortiq patentlar muallifi. Oqsillar kimyo viy tuzilishi va ularning organizmga ta’siri to‘g‘risida ilmiy maktab yaratgan. Olimning 10 ga yaqin preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Uning rahbarligida olingan fero mon tutqichla ri mamlakatimiz paxtachiligini zararkunandalardan hi moya qilishda qo‘l lanilmoqda. N.R. Yusupbekov (1940). O‘zFA akademigi, texnika fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq ixtiro va bir nechta monografiyalar muallifi. Ilmiy ishlari kimyoviy kibernetika sohasiga mansub bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tadqiqotlari ilmiy maktabiga asos solgan. H.U. Usmonov (1916–1994). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. 1951-yilda Respub lika da polimer moddalar laboratoriyasini tashkil etgan. Uning rahbarligida paxta sellulozasi olish ning jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan. A.A. Abduvahobov (1941). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan ortiq ixtiro va 5 ta monografiyalar muallifi. Ilmiy ishlari elementorganik birikmalar kimyosi, nozik organik sintez muammomalar stereokimyosi, ular ning tuzilishiga bag‘ishlangan. Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori darajada toza molibden olish - ning termik usulini ishlab chiqqan. 8 9 T.M. Mirkomilov (1939–2004). O‘zFA aka - demigi. Texnika fanlari doktori, professor. 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq ixtiro va 4 ta monografiya, 5 ta darslik muallifi. Ilmiy ishlari polimer moddalar kimyo texnologiyasi muammolari, plastmassalar, sun’iy tolalar, o‘tga chidamli kinofotoplyonkalar hamda fiziologik faol polimerlar sinteziga bag‘ishlangan. Y.T. Toshpo‘latov (1932–2008). O‘zFA aka - demigi. Kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbe - kistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 410 dan ortiq ilmiy maqolalar, 35 ta patent va ixtirolar, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanmasi muallifi. U yaratgan K–1 preparati me tall yuzasi bilan ishqalanishini ka maytiruvchi modda sifatida to‘ - qimachilik korxo nalarida va kimyoviy tola zavodla - rida keng ishlatil moqda. Paxta sellulozasi yo‘nalishi bo‘yicha
ilmiy maktab yaratgan taniqli olim. A.G‘. Mahsumov (1936). Kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi. 1700 dan ortiq ilmiy maqolalar va ixtirolar, 10 dan ortiq darslik va monografiya, 300 dan ortiq patent va ixtirolar muallifi. Ilmiy ishlari propargil spirti hosilalari va getero siklik birikmalar asosida yangi fiziologik faol moddalar sintez qi lishga bag‘ishlangan. Organik kimyo sohasida o‘z maktabini yaratgan. hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.



Muammoli savollar:


  1. Kimyo so’zi qaysi tilda rang ma’nosini anglatadi va u qanday rang?


  2. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmati katta deb hisoblaysiz?


  3. O’zbekistonning xom-ashyo resurslari kimyo sanoatini hozirgi sur’atda rivojlantirishda qancha muddatga yetadi?

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling