O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi Reja: Kirish


texnologik, regional, yashirin va turg’un turlarga bo’linadi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana13.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1350012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi

texnologik, regional, yashirin va turg’un turlarga bo’linadi
Friktsion ishsizlarga ish joyini o’zgartirgan, yangi yashash joyiga ko’chib o’tish va 
ishdan bo’shashi munosabati bilan ish izlayotgan, vaqtinchalik mavsumiy ishini 
yo’qotgan kishilar kiradi. 
Friktsion ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb nomlanuvchi ikkinchi kategoriyaga 
osonlik bilan o’tadi. Vaqt o’tishi bilan iste’molchilik talabi va texnologiya tarkibida 
muhim o’zgarishlar ro’y beradi, bu o’z navbatida ishchi kuchiga bo’lgan umumiy 
talab tarkibini o’zgartiradi. Bunday o’zgarish natijasida kasblarning ayrim turlariga 
talab kamayadi yoki umuman talab bo’lmaydi. Oldin mavjud bo’lmagan boshqa 
yangi kasblarga talab ortadi. Ishchilar bunga tez moslasha olmasligi va uning 
tarkibi ish joylarining yangi tarkibiga to’liq javob bermasligi sababli tarkibiy 
ishsizlik kelib chiqadi. 
Shunday qilib, tarkibiy ishsizlikni iste’molchilik talabi va texnologiyadagi 
o’zgarishlar tufayli iqtisodiyot tarmoqlarida ruy beradigan tarkibiy siljishlar 
keltirib chiqaradi. Friktsion va tarkibiy ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasini 
tashkil qiladi. Tsiklik ishsizlik – iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq 
bo’lib, ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajadan farqlanishini ko’rsatadi. 
Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va tsiklning yuksalish fazasida 
mavjud bo’lmaydi. 


Shamsiddinov N. 
Ixtiyoriy ishsizlik tabiiy ishsizlik turi bo’lib, bunda mehnatga layoqatli 
kishilarning mehnat faoliyatidan o’z xohishi bo’yicha chetlashgan, ya’ni ishlashni 
xohlamaydigan qismi tushuniladi. 
Institutsional (muassasaviy) ishsizlik ham tabiiy ishsizlikning navbatdagi 
turi hisoblanadi. Ishsizlik bu turini mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishi 
hamda shu bozorda talab va taklifni o’zgartiruvchi omillar keltirib chiqaradi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling