O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi Reja: Kirish


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana13.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1350012
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi

Texnologik va hududiy ishsizlik majburiy ishsizlik turlari hisoblanadi. 
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarishning amal qilishida texnologik usullar 
bir- birining o’rniga kirib kelishi bilan birga boradi. Ularning ichida asosiylari 
mexanizatsiya, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani 
qo’llash hisoblanadi. 
Hududiy ishsizlik tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy – 
psixologik xarakterdagi bir qator kompleks omillagar bilan bog’liq. 
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band 
bo’lmaslik xarakterli. U o’z ichiga ishchi kuchining ishlarining to’liq hajmini 
bajarmaydigan bir qismini oladi. 
Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, 
ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat 
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo’lmagan qismini qamrab oladi. 
«To’liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutloq mavjud 
bo’lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy ishsizlikning 
bo’lishini tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to’liq bandlilik» ishchi kuchining 
100 % dan kamini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, 
to’liq bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlar soniga 
teng bo’ladi. Tsiklik ishsizlik nolga teng bo’lganda, to’liq bandlilik sharoitidagi 
ishsizlik darajasiga erishiladi. «To’liq bandlilik» sharoitidagi ishsizlik darajasi 
ishsizlikning tabiiy darajasi deb ham ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan 
bog’liq bo’lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab 
chiqarish salohiyatini ko’rsatadi. 
 


Shamsiddinov N. 
4. 
 
Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling