O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi


Download 118 Kb.
bet11/14
Sana02.01.2022
Hajmi118 Kb.
#197254
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi

Masala va mashqlar

Quyidagilarni o’qing, diqqat qiling: bu o’zgarishlar iqtisodiy islohotlarning qaysi

sohalariga xos.

1. Mahalladagi sartaroshxona, do’koncha, poyafzal tuzatish ustaxonasi

xususiylashtirildi.

2. Moliya Vazirligi va Markaziy bankning tizumi va vazifalari o’zgartirildi.

3. Kiyim – kechaklarga qat’iy narx belgilash bekor qilindi.

4. Yilni zarar bilan yakunlagan “Besh buloq” shirkati asosida fermer xo’jaliklari tashkil

etildi.

5. Respublikamizda 1995 yilga kelib shaxsiy tomorqa uchun ajratilgan er 700 ming

gektarga etdi.

6. Respublika tovar, xom ashyo birjasi tashkil etildi.

7. Xom ashyo narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to’xtatildi.

8. Toshkent to’qimachilik kombinati aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi.

9. Respublika fond birjasi tashkil etildi.

10. Uy – joy fondi xususiylashtirildi.

11. Bojxona tarmoqlari ishlab chiqildi.

12. Ruxsatnoma asosida chetga chiqariladigan maxsulot turlari 1994 yilning o’zidayoq 74

tadan 11 taga kamaytirildi.

13. Ish xaqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.

14. 2000 yili O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni

rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil qilindi.

15. Respublikamizda non va non maxsulotlariga dotatsiyalar saqlab qolindi.

16. Valyuta birjasi tashkil etildi.

17. O’zbekiston 1994 yili “Tarmoqlar va savdo” bosh bitimi (GATT)da kuzatuvchi

maqomini oldi

18. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish joriy qilindi.

19. Respublika ko’chmas mulk birjasi tashkil etildi.



T/H

1.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik modelining o’zi 3 guruhga bo’linib, uning

mezonlari qilib:

a) davlat dasturlarining maqsadi;

b) iqtisodiyotni tartibgasolish usullari;

v) iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi;

g) ish xaqidagi farqlar olingan;

2.Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruxiga kiruvchi mamlakatlarda mulkda davlat ulushi

nisbatan pastligi jamiyatning tabaqalanishini kuchayishi;

3.Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbirkorlikni rivojlantirishga

aloxida axamiyat berishi; iqtisodiyotda davlat mulki xissasining kamligi, ish xaqi farqi kattaligi

va axolii tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib turadi.

4.Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznesmanfaatini ximoya qilish, asosiy

ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi, davlat mulki xissasi pastligi

ish xaqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi

5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning tarixiynuqtai nazardan iqtisodchilar ikki guruxga

bo’ladilar:

1) G’arbiyo Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li;

2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;

6.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Korea modelining boshqa modellardan

davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi sa’sirining nixoyatda kuchliligi Bilan ajralib turadi.

7.Xitoy modeli iqtisodiy qurishni qishloq xo’jaligini islox qilishdan boshlanishi Bilan

xarakterlanadi.

8.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli xam bir tomondan bozor iqtisodiyoti

modellarining umumiy jixatlariga asoslanadi, shu Bilan birga boshqa mamlakatlardan ajratib

turuvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

9.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chikarishda boshqa mamlakatlar yo’lidan

borildi.


10.Iqtisodiy isloxatlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi. Shu lozim bo’lgan

birinchi va extimolni asosiy vazifa davlat mulklarini xususiylashtirish yo’lida boshlangan ishni

oxiriga etkazishdir.

Testlar

1. O’zbekiston modelining o’ziga xos tomonlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning quyidagi

tomoyillarida o’z aksini topgan.

a)Iqtisodiyotning mafkuradan xoli, siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh isloxatchi;

Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish;

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

b)Iqtisodiyotning mafkuradan xoli siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh isloxatchi; Erkin

narxlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor

iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

v)Iqtisodni siyosatdan ustivorligi; Davlat – bosh islohotchi; Qonunlar ustivorligi; Bozor

iqtisodiyotiga o’tish jarayonida erkin narxlar siyosatini yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma

– bosqich o’tish.

g)Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi; Qonunlar ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o’tish

jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

d)Siyosatning iqtisodiyotdan ustivorligi; Qonunlar qabul qilish ustivorligi; Bozor

iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma

– bosqich o’tish.

2. Iqtisodiy faoliyatni ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligi qaysi tamoyilda o’z

aksini topgan ?

a) Iqtisodni siyosatdan ustivorligi;

b) Davlat – bosh isloxatchi;

v) Qonunlar ustivorligi;

g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish;

d) Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

3. Nima sababdan O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy

himoya qilishga alohida ahamiyat beriladi ?

a) Ishsiz qolgan axolini daromad bilan ta’minlash maqsadida;

b) Ko’p bolali oilalarga yordam berish maqsadida;

v) Axolii turmushi darajasini xaddan tashqari pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun;

g) Bozor iqtisodiyotiga o’tishda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyilini amalga

oshirish uchun;

d) Qariyalarni inflyatsiya oqibatlaridan himoya qilish uchun;

4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni amalga oshiruvchi bosh islohotchi.

a) Jamoat tashkilotlari;

b) Siyosiy partiyalar;

v) Kasaba uyushmalari;

g) Davlat

d) Xotin – qizlar tashkiloti.

5. Prezidentimiz I.A.Karimov “Besh tamoyilning hammasi ham demokratik va iqtisodiy

o’zgarishlarni muvoffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir, shu bilan

birga …

a) Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi;

b) Davlatning bosh islohotchi bo’lishi;

v) Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish ustivorligi;

g) Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi;

d) Bozorga bosqichma – bosqich o’tish;

tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu etakchi tamoyillardan biridir. U iqtisodiy

islohotlarning butun ichki mantiqini rivojlanib borishi va harakatlarni belgilab beradi”, – deb

ta’kidlaydi.

6. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida ikkita xal qiluvchi vazifani

birdaniga amalga oshirildi. Birinchisi, ma’muriy buyruqbozlik tizimi oqibatlarini engish;

tanglikka barxam berish; iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi respublikaning o’ziga xos

sharoit va xususiyatlarini hisobga olgan holda …

a) Institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish;

b) Bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;

v) Agrar islohotlarni amalga oshirish;

g) Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;

d) o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish.

7. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’li yoki klassik yo’li:

a) 3 guruxga;

b) 2 guruxga;

v) 4 guruxga;

g) 5 guruxga;

d) 6 guruxga; bo’linadi.

8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning klassik yo’li:

a) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;

b) Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;

v) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli,

korporativ iqtisodiyot modeli;

g) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli;

d) Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli,

neoklassik modeli.




Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling