O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari. Javob : O'zbekistonning eng yangi tarixi


Download 54.2 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi54.2 Kb.
#1523885
1   2
Bog'liq
якуний саволлар 2022 2023 Автосохраненный

Toshkentda “Vabo isyoni”. XIX asr oxirida Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasidagi milliy-ozodlik harakati markazlaridan biriga aylanib bordi. U g’alayonlar o’lkasi bo’lib qoldi va podsho hokimiyati bu milliy-ozodlik harakatini bostira olmadi. 1872-yiliyoq Toshkent uyezdining Qorasuv daryosi bo’yida dastlabki g’alayonlar bo’lib o’tdi, mustamlakachi amaldorlarning hokimiyatni suiiste'mol qilishi bunga sabab bo’ldi. 1885-yilda Andijon va Marg’ilon uyezdlarida, 1893-yilda Qo’qon va Namangan uyezdlarida dehqonlar g’alayonlari bo’lib o’tdi. Toshkentda 1892-yil mayda boshlangan va 2 mingdan ziyod kishining umriga zomin bo’lgan vabo epidemiyasiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar eng yirik xalq qo’zg’alonlaridan biriga sabab bo’ldi. Toshkent shahrida vabo birinchi marta 1872-yilda tarqalgan edi. O'shanda ham 2 mingdan ortiq odam bu dahshatli yuqumli kasallikdan vafot etgan edi. 1892-yil vabo Qobul va Hirotda paydo bo’ldi. 1-iyunga kelib vabo Samarqand viloyatining Jizzax uyezdiga tarqaldi. 7-iyunda Toshkentda dastlabki kasallanish qayd etildi, 14-iyunda esa vabo butun shaharga tarqaldi. Ma'muriyat epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’ra boshladi. Shahar shifoxonasi vabo kasalxonasiga aylantirildi. Shaharga kirish cheklab qo’yildi. Vafot etganlarni faqat tibbiyot xodimi ko’zdan kechirgandan so’ng maxsus vabodan o’lganlar qabristoniga ko’mish to’g’risida buyruq chiqarildi. Shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli tekshiruv ko’pincha uchinchi yo to’rtinchi kuni o’tkazilar edi. Va'da qilingan to’rtta qabristondan faqatgina bittasi ochildi, u ham shaharning bir chekkasida edi. Shahar bo’ylab podsho hokimiyati ma'murlari suvni, rus shifokorlari bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalar qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to’g’risida mish-mishlar tarqaladi. Garchi uning asosiy sababi mehnatkash ommaning og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarni ayovsiz ezib ishlatilishi, narxlarning to’xtovsiz o’sib borishi, shahar amaldorlari hokimiyatni suiiste'mol qilishi, turli darajadagi amaldorlarning tovlamachiligi va hokazolar bo’lsa-da, biroq yuqoridagi "mish-mish"lar qo’zg’alonga sabab bo’ldi. Qo’zg’alon 1892-yil 24-iyunda boshlandi. Dastlab u mahalliy aholining boy-badavlat zodagonlarga qarshi, hokimiyatni suiiste'mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi qaratilgan edi. Qo’zg’alonchilar asosan mardikorlar va hunarmand kosiblardan iborat edi. Bu voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshlaridan biri shunday yozadi: "Olomon umuman isyon ko’tarishni yoki ruslarga qarshi qandaydir zo’ravonlik qilishni istamasdi. Uning maqsadi bu kamsitishlarni bas qilishga erishish edi. Olomon shaharning ruslar yashaydigan qismiga, shahar boshlig’i Putintsevga chora ko’rish to’g’risida iltimos bilan yo’lga tushdi. Olomonda o’qotar yoki boshqacha qurol ham yo’q bo’lib, ular chamasi 400 kishi edi". Qo’zg’alon ruslarga qarshi qaratilmagan bo’lib, birorta rus idorasi, rus do’koniga bostirib kirilmadi va bironta ham rus kishi aziyat chekmadi. Ammo shahar boshlig’i polkovnik Putintsevning kuch ishlatish to’g’risidagi buyrug’idan keyin qo’zg’alonchilar uning devonini tor-mor etishdi va o’zini kaltaklashdi, Toshkent oqsoqolining uyiga o’t qo’yishdi. Qo’zg’alonni bostirish uchun kazaklar polki va bir rota askar chaqirildi. Ular qurolsiz olomonga qarata o’q uzishni boshlashdi. 60 kishi tergov qilinib qamaldi. Ulardan 8 tasi o’limga, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Qo’zg’alon ishtirokchilarini jazolash chor ma'muriyatining mustamlakaga aylangan hududda ommaviy harakatlarni shafqatsiz va ayovsiz usullar bilan bostirishdagi qat’iyatini namoyish etdi. Qo’zg’alon sabablari yo’qotilmadi, bu esa yanada keng ko’lamli qo’zg’alonlarga olib keldi. 1898-yil Andijon qo’zg’aloni. Tarixga Andijon qo’zg’aloni nomi bilan kirgan qo’zg’alonni bostirishda ham Rossiya imperiyasi ma'murlari xuddi shunday qaf iyatni namoyish etdilar. Farg’ona vodiysida boshlangan qo’zg’alonga asosiy sabab, 1886-yilgi "Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom" e'lon qilinganidan keyin mustamlaka zulmi kuchayishi edi. Ana shu "Nizom"ga ko’ra o’lkada mustamlaka siyosati va mustamlaka rejimi qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo’yildi. Ushbu "Nizom" asosida podsho hukumati ma'murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta miqdorini tortib olishdi va Rossiyadan ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etishdi. Dehqonlarning yalpi daromadidan 10 foiz miqdorida yer solig’i va umumiy soliqlarning 35 foizi miqdorida zemstvo yig’imi joriy etildi. Farg’ona vodiysida asosan paxta yetishtirish joriy etilishi sababli g’alla, oziq-ovqat ekinlari maydoni va yaylovlarning qisqarib ketishiga sabab bo’ldi. Buning oqibatida oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi keskin ortib ketdi. 1886-yildan keyin "Nizom"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun urf-odatlari bilan mahalliy aholining milliy tuyg’ularini qattiq tahqirlagan amaldorlarning katta miqdori Turkiston o’lkasiga jo’natilgan edi. Masalan, 1891-yilda Farg’ona viloyatiga ko’plab rossiyaliklar ko’chirib keltirildi. Ularning joylashtirilishi busiz ham aholisi zich bo’lgan vodiyning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumati ma'muriyatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining ortib borishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, podsho hukumati Turkiston o’lkasida islom va din arboblarining kuchini hamda ta'sirini e'tiborga olmagan edi. Masalan, K.Kaufman hukmronlik qilgan yillarda bosh qozi lavozimini bekor qilgan edi, 1876-yilda esa Qo’qon xonligi shayxulislomi va bosh qozisini Vologda oblastiga surgun qilish to’g’risida farmoyish berdi. Vaqf yerlari tugatilib, davlat mulkiga aylantirilishi va har bir musulmonning besh farzidan biri bo’lmish zakotning bekor qilinishi ham dindorlarning qattiq noroziligini keltirib chiqardi. Qo zg’alonga Dukchi eshon (Muhammadali eshon) rahbarlik qildi. Qur'oni karimni mufassal o’rganganidan so’ng Muhammadali zohidona kun kechira boshladi va Makkaga hajga borib kelganidan keyin o’zini eshon (musulmonlar rahbari, murabbiyi) deb e'lon qildi, atrofiga ko’plab muridlarni to’pladi. Muhammadali eshon qoshiga maslahat olish va taskin topish maqsadida kishilar kela boshladilar. Butun Marg’ilon uyezdida Muhammadali eshonning nufuzi va ta'siri nihoyatda ortib bordi. 1898-yil 17-mayda Muhammadali eshon qilichlar, xanjarlar, pichoqlar va nayzalar bilan qurollangan 1500 kishi bilan birga Mingtepa qishlog’idan chiqib,
Andijon shahriga qarab yurish boshladi. Yo’lda ularga Dukchi eshon tevarak-atrofdagi qishloqlarning aholisi ham qo’shildi. 18-mayda isyonchilar podsho armiyasi qo'shinlari kazarmasiga hujum qilishdi, amrno qo’shinlar bu hujumni qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Isyonchilar bo’lib tashlandi, ko’p o’tmay Muhammadali eshon ham qo’lga tushdi. Andijonga Sirdaryo va Farg’ona viloyatlaridan yordamga qo’shimcha kuch keltirildi. Qo’zg’alon rejasi tavakkalga asoslangan bo’lib, qatnashchilarning asosini haqiqiyjang mahoratiga ega bo’lmagan oddiy xalq vakillari tashkil etib, qurollari esa o’ta ibtidoiy edi. Andijon qo’zg’aloni podsho hukumati amaldorlari orasida jiddiy tashvish tug’dirdi. Qo’zg’alonning barcha qatnashchilarini qamoqqa olish to’g’risida buyruq berildi. Muhammadali eshon ishi bo’yicha 500 dan ortiq kishi qamoqqa olinib, ulardan 18 kishi osib o’ldirildi, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga mahkum etildi. Qo’zg’alon bostirildi. Yaxshi qurollangan muntazam armiyaga ibtidoiy qurollar bilan qarshi chiqqan olomonni qanday fojialar kutishi ravshan cdi. Bundan tashqari, bu vaqtda Turkiston o’lkasida gubernatorlik barcha asosiy markazlarini bir-biriga bog’lab turuvchi temiryo’llar tarmog’i qurib bitkazilgan va mustabid hokimiyat ma'murlari katta miqdordagi qo’shinlarni o’lkaning turli hududlariga bemalol ko’chira olar edi. Shunday bo’lsa-da, qo’zg’alon izsiz ketmadi. U dehqonlarga, shahar mehnatkashlariga kurash sari yo’l ko’rsatdi va o’n minglab odamlarni mustabid hokimiyatga qarshi faol kurashga otlantirdi. Oradan bir yil o’tib, 1899-yil 20-iyunda Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon boshlandi. Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasining eng isyonkor va itoatsiz o’lkalaridan biriga aylanib bordi.

  1. Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning mohiyati.

JAVOB : Mustamlaka boshqaruv tartiboti va uning ahamiyati Rossiya imperiyasi Oʼrta Osiyo xonliklarini bosib olganidan soʼng bu hududlarda koʼp asrlardan buyon shakllanib, mavjud boʼlib kelgan, oʼtroq va koʼchmanchi aholining diniy hamda mahalliy xususiyatlarini oʼzida aks ettirgan boshqaruv tizimi oʼrniga imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tartiblari oʼrnatiladi. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimi markaziy, viloyat, uezd (tuman), uchastka (volost), shahar, qishloq va ovul boshqaruvi shakllaridan iborat edi. General-gubernatorlik dastlabki tashkil etilgan paytda ikkita – markazi Toshkent boʼlgan Sirdaryo va markazi Verniy (Olmaota) boʼlgan Yettisuv viloyatlaridan iborat boʼlgan. Sirdaryo viloyati hududiga aosan ilgari Turkiston viloyatiga tegishli boʼlgan yerlar va Qoʼqon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Аlatavsk okrugi hududlari hamda Turkiston viloyatining bir qismidan iborat hududlarda tashkil etilgan.
Sirdaryo viloyati maʼmuriy jihatdan Kazalinsk, Perovsk, Turkiston, Chimkent, Аvliyoota, Toshkent, Xoʼjand, Jizzax uezdlariga boʼlingan boʼlsa, Yettisuv viloyati Sergiopol, Kopalь, Verniy, Issiqkoʼl va Toʼqmoq uezdlariga boʼlingan. Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlar hisobiga Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qoʼshimcha maʼmuriy – hududiy birlik tashkil etib borgan. Jumladan, 1868 yilda Buxoro amirligiga qarashli bosib olingan yerlarda markazi Samarqand boʼlgan Zarafshon okrugi, Xiva xonligiga qarashli yerlarni bosib olish hisobiga 1874 yilda markazi Petro-Аleksandrovsk (Toʼrtkoʼl) boʼlgan Аmudaryo boʼlimi, 1876 yilda Qoʼqon xonligi hududlarida markazi Yangi Margʼilon (Skobelev, Fargʼona) boʼlgan Fargʼona viloyati tashkil etilgan edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi maʼmuriy-hududiy jihatdan Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Fargʼona va Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Аmudaryo boʼlimidan iborat edi. Viloyatlar uezdlarga boʼlingan boʼlib, ular quyidagilar edi: Sirdaryo viloyati – Аvliyoota, Kazalinsk, Qurama, Perovsk, Turkiston, Chimkent; Toshkent shahri markaz sifatida general-gubernatorga boʼysungan; Аmudaryo boʼlimi ham Sirdaryo tarkibida boʼlgan; Yettisuv viloyati – Verniy, Kopal, Jarkent, Lepsin, Pishpek, Prjevalsk, Toʼqmoq; Fargʼona viloyati – Аndijon, Qoʼqon, Margʼilon, Namangan, Oʼsh, Chust va Chimyon; Samarqand viloyati – Samarqand, Kattaqoʼrgʼon, Xoʼjand va Jizzax; Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyati – Mangʼishloq, Krasnovodsk, Аshxobod, Tajan va Marv uezdlari.
Rossiya imperiyasi maʼmurlari oʼzlarining Turkistondagi mustamlakachilikka asoslangan maqsadlarini keng qoʼlamda amalga oshirish uchun oʼlkani ruslashtirish siyosatiga alohida eʼtibor berganlar. Maʼlumotlarga koʼra, Turkistonda ochilgan davlat muassasalari, sudlar, banklar va boshqa tashkilotlarda ish yuritish faqat rus tilida olib borilgan. Mahalliy aholi (asosan boylar, savdogarlar, qozilar va oqsoqollar)ning bolalarini rus tiliga oʼrgatish uchun rus–tuzem maktablari ochilgan. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad imperiya maʼmuriyatiga sadoqatli amaldorlarni tayyorlash va kelajakda “siyosiy ahamiyatga ega boʼlmagan boshqaruv ishlarigagina mahalliy aholini jalb qilishdan ” iborat edi.

  1. Jadid ma’rifatparvarlari faoliyati.

JAVOB : Jadidchilik harakatining paydo boʼlib, rivojlanishida qrimlik Ismoilbek Gaspiralining (1851-1914) hissasi behad katta boʼldi. U Qrimda XIX asrning 80-yillardayoq, Rossiya bosib olgan musulmon xalqlari orasida birinchi boʼlib jadidchilikka asos soldi. Uning rus va turkiy tillarda chop etilgan “Tarjimon” (1883-1914) gazetasi, “Rossiya musulmonligi” (1881), “Ovrupa madaniyatiga bir nazar muvozini” (1885) va boshqa asarlari hamda jadid maktabi uchun yozgan darslik va qoʼllanmalari Turkistonga tez kirib keldi.Ismoilbek Gaspirali 1893 yilda Toshkentga keladi va ziyoli ulamolar bilan uchrashadi. Samarqandda boʼladi. U yerdan Buxoroga borib, amir Аbdulahadni jadid maktabi ochishga koʼndiradi va bu maktabga “Muzaffariya” degan nomni beradi. Jadidchilik gʼoyasi Turkistonda XIX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab tarqalib, shu asrning 90 - XX asrning boshlari oraligʼida muntazam ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy harakat sifatida shakllandi. Jadidchilik harakati, shu vaqtgacha Islom dunyosida sira ham koʼrinmagan ilgʼor va tezkor oʼqitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal oʼqish va yozishni oʼzlashtiradi.Jadid maktabida diniy va dunyoviy taʼlim-tarbiya hamda ilm oʼzaro uygʼunlashtirildi. Bolalar qulay partalarda oʼtirib, xarita va rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy – dunyoviy ilmlarni oʼrgandi. Jadid maktablarida Qurʼoni-karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya oʼqitila boshlandi.Maktab ochgan jadidlar dastur, qoʼllanma va darsliklarni ham oʼzlari yaratdilar.Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Аbdurashidxonovning “Аdibi avval”, “Аdibi soniy”, “Tajvid” (Qurʼonni qiroat bilan oʼqish usuliga oid qoʼllanma), “Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari toʼplami), “Yor yuzi”, “Usuli hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Аbdulla Аvloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud ahloq“, Mahmudxoʼja Behbudiyning “Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Аmaliyoti islom”, “Аholi geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir.Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari boʼlgan yirik isteʼdod egalari-jadid adibi, shoiri, dramaturgi va sanʼati arboblarini ham tarbiyaladi. Jadidshunos taniqli olim professor Begali Qosimovning taʼkidlashicha, ularning 1905-1917 yillarda adabiy-madaniy harakatchilikda qizgʼin faoliyat koʼrsatganlari saksondan ortiq boʼlgan. Mahmudxoʼja Behbudiy (1875-1919), Saidahmad Siddiqiy Аjziy (1864-1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925),Munavvarqori Аbdurashidxonov (1878-1931), Аbdulla Аvloniy (1878-1934), Toʼlagan Xoʼjamyorov-Tavallo (1882-1939), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934), Аvaz Oʼtar oʼgʼli (1884-1919), Muhammadsharif Soʼfizoda (1869-1937), Аbdurauf Fitrat (1886-1938), Sadriddin Аyniy (1878-1954), Аbdulvohid Burxonov (1875-1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Аbdulla Qodiriy (1894-1938), Аbdulhamid Choʼlpon (1897-1938) va boshqalar shular jumlasidandir.Mutaxassislarning aniqlashicha, 1917 yil oktyabr toʼntarilishigacha dramaturgiya sohasida oʼttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va ularning koʼpchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. Oʼzbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ilk bor asos solgan Mahmudxoʼja Behbudiy boʼldi. Uning “Padarkush” dramasi birinchi bor 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi “Kolizey” teatrida qoʼyilishi juda katta madaniy-maʼrifiy voqea boʼldi. Bu kun oʼzbek teatriga asos solingan sana sifatida tarixga kirdi.

  1. Sovet hukmronligi davrida O‘zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari.

JAVOB : Sovet hukmronligi davrida O'zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlariХХ аср 20-йиллари тарихимизга ўта мураккаб ва зиддиятли, турли ижтимоий гуруҳ ва кучлар сиёсий қарама-қаршилиги авж олган, совет тузуми мустаҳкамланаётган, ўлкадаги очлик, иқтисодий танглик, вайронага айланган саноат, транспорт, қишлоқ хўжалигини тиклаш, яъни шўроларнинг “тинч социалистик қурилиш” йўлига ўтиш даври бўлиб кирди.
Марказдан фарқли ўлароқ, Ўрта Осиё республикаларининг 20-йиллардаги аграр сиёсатида нисбатан кескин чоралар кўрилган. 1920-1921 йиллардаги ер-сув ислоҳотининг амалга оширилиши янги иқтисодий сиёсат (НЭП) билан бирга олиб борилди. Янги иқтисодий сиёсатдан кўзланган мақсад - маҳсулот ишлаб чиқарувчи якка деҳқонларнинг манфаатини ошириш, унинг ерга эгалик қилишини таъминлаш, имтиёзли солиқ олиш ва бозор иқтисодиёти, товар-пул муносабатларига ўтиш эди. Унинг асосий бўғинларини озиқ-овқат развёрткасининг озиқ-овқат солиғи билан алмаштирилиши, эркин савдо, саноатда хусусий ташаббускорлик ва тадбиркорликнинг жорий қилиниши ташкил этди.
Озиқ-овқат развёрткасининг солиқ билан алмаштирилиши қишлоқ хўжалик ишлаб чиқаришни кўпайтиришнинг иқтисодий рағбатларини вужудга келтирди ҳамда деҳқон ҳосилнинг қатъий белгиланган қисмини топширгач, унга ўз меҳнати маҳсулини ўзи истаганича тасарруф этиш ҳуқуқи берилди.
Шу ўринда қайб этиш керакки, Марказ Туркистон ўлкасига асосий хомашё базаси сифатида қараб келганлиги боис, ўлка қишлоқ хўжалигининг бош соҳаси ҳисобланган пахтачиликни ривожлантиришга алоҳида эътиборини қаратган. Хусусан, Пахтачиликни тиклаш ва ривожлантириш ишларига раҳбарлик қилиш учун 1920 йилда Бош Пахтачилик Қўмитаси ва пахта етиштирувчи республикаларда унга бўйсунувчи пахтачилик қўмиталари тузилди.
Туркистон республикасидаги барча ҳайдаладиган майдонлар, селекция станциялари, ирригация иншоотлари, Пахтачилик қўмитаси ихтиёрига ўтказилди. Бош Пахтачилик қўмитаси катта ваколатларга, яъни, бошқа қишлоқ хўжалик экинлари ҳисобига чигит экиладиган майдонларни кенгайтириш, пахта харид нархларини белгилаш, марказий давлат органларининг рухсатисиз махсус қарор қабул қилиш ҳуқуқларига эга эди. Пахтанинг нархи ҳукумат томонидан белгиланиши унинг бу масалада якка ҳокимлигидан далолат берар эди.
Туркистон республикасида пахтачиликни ривожлантириш ишларини суғориш иншоотларини тикламасдан амалга ошириб бўлмасди. Суғориш ишларини тиклашни тезроқ амалга ошириш, деҳқончилик учун яроқли ерларни сув билан таъминлаш ва қишлоқ хўжалигини, биринчи навбатда эса пахтачиликни ривожлантириш учун сувдан тўғри фойдаланишни йўлга қўйиш мақсадида, 1921 йилнинг февралида ТАССРдаги барча сувларни республика мулки деб эълон қилган сув тўғрисида қонун қабул қилинди. Қонунда, сувни тақсимлаш одат (бой ва руҳонийларга бериладиган имтиёзлар) бўйича эмас, балки,биринчи навбатда деҳқонлар манфаатини кўзлаган ҳолда берилиши керак деб айтилган эди. 1921 йилнинг ноябрида, аҳолининг даромадларини суғориш ишларини тиклашга сафарбар қилиш мақсадида сув солиғи жорий қилинди.Шу йилда ТАССРнинг суғорма ер майдони 1920 йилдаги кўрсаткичга қараганда 300 минг десятинага кўпайган эди. Пахта экин майдонлари эса деярли 100 минг десятинага ортди.
Иттифоқ ҳукумати аввал бошданоқ ёш Ўзбекистон республикаси раҳбарияти олдига “Совет Ўзбекистон”ини СССРнинг асосий пахта базасига айлантириш стратегик вазифасини қўйди. “Оқ олтин”нинг аксарият қисми, яъни 90%дан кўпроғи “Советлар мамлакати”нинг тўқимачилик марказларига юборилди. Масалан, 1922 йилнинг бошларида Туркистондан марказга Красноводск йўналиши бўйича 1150 вагон (63470 та той пахта), Оренбург йўналиши бўйича 1547 вагон (85030 та той пахта), ҳаммаси бўлиб, 2697 вагон (148500 та той пахта) пахта толаси жўнатилган эди.
Пахта яккаҳокимлигини таъминлаш мақсадини амалга оширилиши оқибатида қишлоқ хўжалигининг бошқа тармоқлари, хусусан, чорвачилик инқирозга учради, ғалла тайёрлаш кескин камайиб кетди. Ҳосилдор ерлар миқдори камайди. Дон, полиз экинларининг ҳосилдорлиги қисқарди.

  1. Sovetlarning qatag‘on-zo‘ravonlik siyosati va uning mohiyati (1925-1930 yy).

JAVOB : 1922 йил 30 декабрда ташкил топган СССР қудратли унитар (қўшма) давлат бўлиб, унда расмий федерация субъектлари суверен ҳуқуқлар ва реал мустақилликдан маҳрум эдилар. Ўзбекистон ҳам фақат номигагина СССР таркибидаги суверен руспублика ҳисобланган, аслида эса иттифоққа ҳар томонлама қарам эди. СССРда қарор топган бошқарувнинг маъмурий-буйруқбозлик тизими жамиятнинг барча соҳаларини ўз мақсад ва вазифаларига бўйсундирган, ижтимоий-сиёсий ҳаёт ўта сиёсийлаштирилиб, ўзгача фикрлашларга қарши шафқатсиз кураш олиб борилар эди.
ХХ аср 20-30 йилларида мустабид тузумга қарши фикр билдирганларни таъқиб остига олиш авж олди. Айни шу пайтда “18 лар гуруҳи”, “иноғомовчилик”, “қосимовчилик” каби сиёсий ишлар тўқиб чиқарилган эди.“Иноғомовчилик” 1926-1931 йилларда мустабид тузум томонидан миллий раҳбар ва зиёлиларнинг қатағон қилинишига сабаб бўлган уйдирма. “Иноғомовчилик”- ўша йилларда ЎзССР Маориф Халқ Комиссари вазифасини бажариб келган Раҳим Иноғомов (1902-1938) номи билан боғлиқ.“Қосимовчилик” - 1929-1930 йилларда миллий анъанавий суд ва ҳуқуқ соҳасидаги қадриятларни сақлаб қолиш тарафдорлари бўлган ватанпарвар руҳдаги ҳуқуқшунос мутахассисларни мустабид совет тузумига мажбуран бўйсундириш йўлидаги (репрессия) қатағонга қарши ҳаракат бўлди.Ўзбек романчилигининг асосчиси Абдулла Қодирий ХХ аср 20-йилларида “Ўтган кунлар”дан кейин, “Меҳробдан чаён” асарларини яратиб, ўзбек романчилигини жаҳон маданияти даражасига олиб чиқди. Бироқ, совет режими унинг “Ўткан кунлар” асари китобхонларни совет воқелигидан узоқлаштиради ва унда миллатчилик қарашлари очиқ акс этган деб танқид остига олишади ва бу унинг 1937 йилда қамоққа олиниши учун асос бўлиб хизмат қилади. Адабиётимизнинг энг сара арбоблари қаторида А.Қодирий ҳам 1938 йил 4 октябрда отилади.
Таниқли ўзбек шоири, драматург ва таржимон Усмон Носир ўзининг “Юрак”, “Меҳрим, “Норбўта, “Нахшон” ва бошқа шеърий достонлари билан шуҳрат қозонган. Шунингдек, у Добролюбов, Лермонтов асарларини ўзбек тилига таржима қилган. Усмон Носир ҳам 1944 йилда совет режимининг бегуноҳ қурбони бўлган.


  1. Qayta qurish siyosati va uning O'zbekistondagi oqibatlari.

JAVOB : СССРдаги “қайта қуриш” жараёни аввал бошданоқ сиёсий соҳани қамраб олди. Иқтисодий ислоҳотлар эса унга бўйсунувчан аҳамият касб этди. Орадан кўп ўтмай, жадаллашиб бораётган сиёсий жараёнлар (ошкоралик, демократия) билан суст ривожланаётган иқтисодиёт ўртасида катта фарқ кўзга ташлана бошлади. Бу пайтда СССРнинг таркибий қисми бўлган Ўзбекистон ССР ҳам қайта қуриш гирдобига тортилди, унинг қонуниятларига амал қилди.
Қайта қуришнинг биринчи босқичи (1985-1986 йиллар) асосан маъмурий-ташкилий тадбирларнинг анъанавий усулларда олиб борилиши билан характерланади. Мазкур босқичда кун тартибига қўйилган вазифалардан бири илмий-техника тараққиёти ютуқларини ишлаб чиқаришга жалб этиш асосида жамиятда туб иқтисодий тараққиётни жадаллаштириш ва унииг асносида инсон омилини фаоллаштиришдан иборат бўлди.
Қайта қуришнинг дастлабки даврларида асосий эътибор мамлакат иқтисодиётини ривожлантириш, фан-техника тараққиётини жадаллаштиришга қаратилди. Шунинг учун ҳам 1986 йил 1 март куни КПСС XXVII съездининг КПСС Марказий Комитети сиёсий маърузаси юзасидан қабул қилинган резолюцияда фан-техника тараққиётини жадаллаштириш масаласига катта эътибор қаратилган эди.Бу даврда бутун Совет Иттифоқида бўлгани сингари Ўзбекистонда ҳам дастлаб ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаётда маълум ўзгаришлар юз бера бошлади, кишиларнинг ижтимоий фаоллиги ошди, демократия сари айрим қадамлар ташланди, миллий ўзликни англаш жараёни бошланди. Аммо, туб ўзгаришлар ва барча соҳаларда ҳақиқий ислоҳотларни амалга ошириш йўлидаги уринишлар муваффақият қозонмади. Статистик кўрсаткичларда қайд этилишича, 1986 йилдан бошлаб мамлакат иқтисодий аҳволи баттар ёмонлаша бошлади, 1987 йил январдан ишлаб чиқариш суръатлари кескин пасая борди, иқтисодиётда инқирозли ҳолат юзага келди. Қайта қуришнинг биринчи босқичи шу тарзда мағлубиятга учради.
Қайта қуришнинг иккинчи босқичи (1987-1990 йиллар) жамиятнинг барча жабҳаларини комплекс тарзда ислоҳ қилишни кун тартибига қўйди. Бундай вазифа коммунистик мафкура томонидан 1987 йил январда янада аниқлаштирилди. Москва шаҳрида 1987 йил 27-28 январда бўлиб ўтган КПСС МК Пленумида КПСС Марказий Комитетининг Бош секретари М.С.Горбачёв “Қайта қуриш ва партиянинг кадрлар сиёсати тўғрисида” маъруза қилди. Унда сиёсий ислоҳотларнинг acocий мақсади ошкоралик ва кадрлар сиёсатини тўғри юритиш асосида совет жамиятини тўлиқ демократлаштиришга эътибор қаратилди. Кейинчалик М.С.Горбачёв ўзининг қайта қуриш ҳақидаги машҳур китобида бу ғояларини давом эттирди. Бироқ сиёсий тузумни ислоҳ қилиш ва демократлаштириш, кенг халқ оммасининг сиёсий ва тарихий жараёнларда иштирок этиши Марказ учун қутилмаган оқибатларга олиб келиши натижасида Москва томонидан сиёсий ва иқтисодий ислоҳотлар боши берк кўчага киритиб қўйилди. Оқибатда 1990 йил нафақат қайта қуришнинг иккинчи босқичи, балки СССР аҳолиси, балки бутун дунё умид кўзи билан қараётган қайта қуриш сиёсати бутунлай мағлубиятга учради. Бу ҳолат ҳам СССР инқирозини тезлаштирди ва унинг парчаланишига олиб келди.


  1. XX asrning 80-yillarida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

JAVOB : XX asr 80-yillarining o‘rtalarida “Navro‘z” bayramini O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida nishonlash masalasida paydo bo‘lgan to‘siqlar qattiq tortishuvlarga ham sabab bo‘ldi. “Navro‘z” bayramiga qarshi harakatlar ham milliy madaniyatlarni qoralash va cheklashga qaratilgan tadbirlarning biri edi. O‘zbekiston SSR Kompartiya plenumi (1984)dan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat I.O‘smonxo‘jayev va R.Аbdullayevaning “mafkuraviy bo‘shliqni” yuzaga keltirmaslik borasidagi saʼyi-harakatlari natijasida 1986-yilga kelib, “Navruz” bayrami bekor etildi. Islom diniga aloqasi bo‘lmagan bayramga “diniy” degan tamg‘a bosildi.1985-1986-yillarda respublika ommaviy axborot vositalari ham bu bayramni o‘z sahifalarida yoritmadi. Garchi “Navro‘z” bayrami sovet hukumati tomonidan eʼtiborga loyiq deya hech qachon rag‘batlantirilmagan bo‘lsa-da, lekin sovet hokimiyatining barcha davrlarida bu bayram xalq orasida yashab, anʼanaviy tarzda ham nishonlanib kelingan.XX asrning 80-yillari O‘zbekistonda dinga va diniy qadriyatlarga qarshi yangi harakatlar bo‘lgani bilan ham xarakterlanadi. Bu yillarda mamlakatda diniy idoralarni qattiq nazorat ostiga olish, ularning sonini kamaytirish va faoliyatini doimo nazorat ostida olib turish kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.А.Karimov dinning maʼnaviy, ijtimoiy, tarixiy ildizlari, inson kamolotidagi o‘rni va ahamiyati ustida to‘xtalib, mustaqil taraqqiyotimizning ilk bosqichlaridayoq quyidagi teran fikrlarni aytgan edi: “Islom inson poklanishi, ruhiy qudrat olishi, qalban uyg‘onishi manbaidir. Shu paytgacha bizga din afʼyundir, deb kelishdi. Dindorlar quvg‘in qilindilar. Ota-onasiga janoza o‘qiganlar jazoga tortildilar. Xullas, ne hunarlar ko‘rsatmasinlar islom yashashdan to‘xtamadi. Nega? Chunki u bizning ongimiz, shuurimiz, hayotimiz, borligimizdir. Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga inshoolloh poklik kirib kelmoqda. Аxloq-odob, maʼrifat yana xonadonlarimiz fayziga, odamlar hislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda”. DAVOMIGA QAYTA QURISH DEGAN SAVOLDAGI JAVOBNI YOZSA BO'LADI!!!


  1. Farg'ona voqealari.

JAVOB : Farğona voqealari


Quvasoyda yashovchi mesxeti turklarining aksariyati savdo muassasalarida, maishiy xizmat va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat olib borishar, shaharda kо‘pgina daromadli jabhalarda ham ushbu xalq vakillari xizmat qilar, natijada bu yerda juda kо‘p yer uchastkalari va qurilish obyektlari ularning xissasiga tо‘g‘ri kelar edi. Quvasoyda mesxeti turklarining iqtisodiy ahvoli boshqa millatlarnikiga qaraganda yaxshi edi. Xullas, “tadbirkor va uddaburon” mesxeti turklari mahalliy hokimiyat organlari bilan yaxshi munosabatda bо‘lib, iqtisodiy jihatdan ularni “ta’minlab” ham turishgan. Quvasoyda hukm surgan ijtimoiy tanglik bu yerda yashovchi turli millatlar, jumladan о‘zbeklar va mesxeti turklari о‘rtasida janjalni yuzaga keltirib, jiddiy tо‘qnashuvlarni keltirib chiqargan. Bu qarama-qarshilik butun may oyi davom etgan. Lekin bunga mahalliy sovet va partiya idoralari yetarli darajada e’tibor qaratishmagan. Mayda bezorilar о‘z vaqtida jazolanmagan. Voqealar tafsiloti sovet hokimiyati tomonidan odatdagidek xalqdan sir tutilgan. Voqealardan bir oy о‘tib matbuotda e’lon qilingan materiallarda esa mesxeti turklari jabrdiyda qilib kо‘rsatilgan va markaziy gazetalarda ayb о‘zbek xalqiga yuklanib ularga nisbatan notо‘g‘ri qarash shakllantirilgan. Rasmiy ma’lumotlarga kо‘ra birinchi bо‘lib mesxeti turklari mahalliy aholiga nisbatan sovuq qurol ishlatganlar. Xatto militsiya xodimlari mesxeti turklariga murojaat qilib, “о‘zbeklarga tegmanglar, ularni о‘tqazib yuboringlar” deyishlariga qaramay, ular katta tо‘qnashuvlarni keltirib chiqarishgan. Natijada 72 nafar о‘zbek, tojik, qirg‘iz millatiga mansub kishilar, bir necha militsiya xodimlari og‘ir yarador holatda shifoxonaga keltirilgan. Vaziyat 1989-yilning 24-may kuni kechqurun nihoyatda keskinlashgan.
Farğona voqealari

25-may kuni Quvasoy shahriga Respublika Ichki ishlar qо‘shimcha kuchlari olib kelinadi, Respublika Ichki ishlar ministri Uchqun Raximov, DXQning о‘rinbosari va respublika prokurorlari kelishdi. Voqealar haqidagi axborotning yetishmovchiligidan har xil talqinlar paydo bо‘ladi. Tartibsizliklarning tashkilotchilari vaziyatni sun’iy ravishda keskinlashtirishdan ustalik bilan foydalandilar. Quvasoydagi “vahshiyliklar” haqida “noma’lum kishilar” tomonidan maxsus laboratoriyalarda ataylab tayyorlangan fotomontajlardan, turli vahimali mish-mishlar va bо‘htonlardan foydalanildiki, bularning hammasi kо‘p о‘tmay oblastning boshqa tumanlarida tо‘qnashuvlarning kelib chiqishiga sabab bо‘ldi. Farg‘ona oblastidagi birinchi katta qonli tо‘qnashuv Marg‘ilon shahrining shimoliy-sharqida joylashgan Toshloq rayonida yuz berdi. Toshloqda 20 ga yaqin millat yashagan bо‘lsa ular orasida mesxeti turklari 2300 nafarni tashkil qilgan. Fojealar 3-iyunda boshlangan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda bir guruh mahalliy yoshlar Internatsional kо‘chasi bо‘ylab yurib, yо‘llarida uchragan mesxeti turklarini ura boshlashgan, uylarining deraza-eshiklarini sindirishgan. 3000 nafar yoshlarning bezoriligi о‘z vaqtida bartaraf etilmadi. Tо‘qnashuvda 10 kishi (ulardan 4 nafari mesxeti turklari) о‘lgan. 3-iyunda Respublika Ministrlar Sovetining raisi G‘.Q.Qodirov raisligida hukumat komissiyasi tuzildi. Biroq 16 kishidan iborat hukumat komissiyasining tо‘liq tarkibi faqat 6-iyunda shakllantirildi. Bu vaqtga kelib fojealar Farg‘ona viloayining Boshqa rayonalriga ham tarqalib ulgurgan edi.


  1. Mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistondagi ekologik muammolar.

  2. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

  3. O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari.

  4. O'zbekiston Respublikasidagi siyosiy o’zgarishlar.

  5. Ikki palatali parlamentning shakllanishi va faoliyati.

  6. Rivojlanishning o'ziga xos yo'li. Taraqqiyotning "O'zbek modeli"

  7. O'zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlar.

  8. Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi Konstitutsiyani qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

  9. O'zbekiston Respublikasidagi fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va faoliyati.

  10. Manzilli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahallaning o'rni.

  11. Mustaqillik yillarida O'zbekistonning xalqaro aloqalarini rivojlantirilishi.

  12. Mustaqillik yillarida allomalarning yubiley sanalarini nishonlashi.

  13. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy bosqichlari va istiqbollari.

  14. O'zbekistonda ko'ppartiyaviylikni shakllantirilishi va uning ahamiyati.

  15. Respublikada fuqarolik jamiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning o'rni.

  16. O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.

  17. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishda tutgan o'rni.

  18. O'zbekiston Respublikasida milliy siyosat.

  19. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlar.

  20. Fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli.

  21. Media-hokimiyatning to'rtinchi tarmog'i sifatida.

  22. O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, bosqichlari va xususiyatlari.

  23. Qishloq xo'jaligidagi islohotlar.

  24. O'zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayoni: bosqichlar va xususiyatlar.

  25. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy yutuqlari.

  26. O'zbekiston Respublikasida zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimini shakllantirilishi.

  27. Mustaqillik yillarida ijtimoiy siyosatni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.

  28. Pandemiya davrida O'zbekiston Respublikasida manzilli ijtimoiy siyosatning o'rni.

  29. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirilishi.

  30. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati.

  31. Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari.

  32. 2021 yil-yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.( O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning ma'ruzasi)

  33. O'zbekistondagi ma'naviy va madaniy jarayonlar.

  34. Mustaqillik yillarida fan va madaniyat arboblarining yubiley sanalarini nishonlash.

  35. O'zbekiston xalqlarining milliy va diniy qadriyatlarini tiklash masalalari.

  36. Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilinishi.

  37. Oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni takomillashtirish masalalari.

  38. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda kinematografiya va san'atni rivojlanishi.

  39. Oliy ta'limda xalqaro hamkorlik.

  40. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish masalalari.

  41. O'zbekistonda xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.

  42. Mustaqillik davrida O'zbekistonda fan va ta'lim integratsiyasi.

  43. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'istondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

  44. Mustaqillik davrida Qoraqalpog'istonda ma'naviy-madaniy hayot.

  45. O'zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi.

  46. O'zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosatining asoslarini shakllantirilishi.

  47. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi.

  48. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi.

  49. O'zbekiston yangilanishi: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari.

  50. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi va natijalari.

  51. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari:

  52. 2022-2026 yillarda yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.

  53. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish masalalari.

  54. O'zbekistonning sayyohlik va investitsiya salohiyati.

  55. O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini yaxshilash masalalari.

  56. O'zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori).

  57. 2025 yilgacha O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi.

  58. Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasi.


O'zbekistonning eng yangi tarixi
kafedra mudiri prof.v.b.Saipova K. D.
Download 54.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling