O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, t


Download 0.52 Mb.
bet16/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

3.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “О‘zbek modeli” va uning о‘ziga xos xususiyatlari.

XX asr jahon tarixiga juda katta о‘zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti va tanazzulida nihoyatda muhim о‘ringa ega bо‘ldi. Asr boshida rus inqilobi, rus-yapon urushi, Birinchi jahon urushi, 20-yillardan Shо‘rolar hokimiyati hukmronligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qarama-qarshiliklar, ya’ni Germaniyada fashizmning paydo bо‘lishi, ikkinchi jahon urushi va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga kelishi va nihoyat 80-yillarda parchalanishi juda katta о‘zgarishlarni boshlab berdi.


Bu о‘rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub о‘zgarishlar bо‘lganiga jiddiy e’tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona siyosati 73 yil mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham, odamlar xatti-harakatini ham boshqarib bо‘lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday murakkab siyosiy-huquqiy va ma’naviy muhim hamda aholi ma’naviy-ruhiy holatining butun miqyosi va mohiyatini tо‘g‘ri baholash lozim edi.
Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom Karimov qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi? О‘tmishdoshlaridan unga qanday jamiyat meros bо‘lib qolgan edi? U qanday vaziyatda ish boshladi? Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis yondashilsa, bizningcha, Prezidentning ham, mamlakatning ham tо‘laqonli qiyofasi, xalqimizning xohish-irodasi, maqsad va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qо‘yingki, hammasi kо‘z о‘ngimizda kino lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi!
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish joizki, Markaz bilan о‘ziga xos, ya’ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq aytganda, uning qat’iyatliligi, u yoki bu tomonga og‘masdan о‘z mustaqil fikriga egaligi va о‘z yо‘liga sobitligi “ulug‘ og‘a”larga yoqmadi?! “Millat manfaatiga kо‘proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga “qochib” borgan bir guruh “sobiqlar” bunday “qulay” fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda О‘zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig‘vogarliklar uyushtirildi. Bunday og‘ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, pо‘latdek mustahkam iroda talab etardi,” -deb yozgan edi professor Narzulla Jо‘rayev (Jо‘rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.).
Tarixdan ma’lumki, о‘sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur о‘rganmay, tahlil etib ulgurmay turib, “Birlik” xalq harakati va “Erk” demokratik partiyasi vakillari “Karimov о‘z pozitsiyasini e’lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yо‘q”, deb ta’na toshlarini otishdi. Turli mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga о‘tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe’li ila raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va respublika manfaati uchun har qanday ivg‘ogarliklar, tazyiqlaru zо‘ravonliklar, qolaversa, maqtovlaru xushomadgо‘yliklarga bir xilda munosabatda bо‘lish, faqat aql-idrokka tayanib ish tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!?
Alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yо‘li – haqiqat va ezgulik yо‘li, inson haq-huquqlari tengligi yо‘li, ma’naviy barkamollik va yuksak madaniyat yо‘li, bir sо‘z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov о‘z tanlagan yо‘lining tо‘g‘riligiga qat’iy ishondi va millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida “Buyuk maqsad yо‘lidan og‘ishmaylik” degan mavzuda О‘zR Oliy Kengashining 12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma’no fikrlarini muhrladi: “...Bizni tanlagan yо‘limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bо‘lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yо‘l yо‘q. О‘zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog‘imiz zarur. Bu yо‘lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga о‘ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bо‘ladi!
Istiqboldagi О‘zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug‘vor haykal bо‘lajak! О‘zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qо‘shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bо‘lajak”.(Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: О‘zbekiston. 1993. 182-b.)
О‘z-о‘zidan biror voqea-hodisa sodir bо‘lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlaridagi alg‘ov-dolg‘ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma’naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning qat’iy, hal qiluvchi pozitsiyasi quyidagilarni tashkil qilgan edi:

  • Yangilik bilan eskilik о‘rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar bо‘lgan. Hayotda esa kо‘pincha yangilikdan kо‘ra eskilik, yaxshilikdan kо‘ra yomonlik, ezgulikdan kо‘ra yovuzlik yashovchan bо‘ladi?! Ana shu hayotiy falsafadan kelib chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig‘ida о‘ralib qolgan mutelik qarashlarni о‘zgartirish oson ish emas edi?!

  • Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har daqiqasini e’tiqod va g‘oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam fazilat zarur edi!

  • Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma’naviy-ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. О‘zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik о‘rtasidagi jarlikni tо‘ldirish, ya’ni asta-sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak.

Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga, bir-biriga zid qarashlar va g‘oyalarni yengib о‘tishi, xalqimiz ongi va qalbida beqiyos yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat о‘zgarishlar - istiqbolga olib keldi.
Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg‘onish hodisasini boshidan kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan sо‘ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar о‘zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek qо‘yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini о‘zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir.
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 31 avgust. Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni kо‘zlagan bashoratchi, albatta aniq reja va keng kо‘lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bо‘lgan, eng muhimi mustabid davrda О‘zbekiston SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990 yil 24 martda birinchi Prezident Islom Karimov О‘zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bо‘lsa, 1991 yil 29 dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda kо‘p ovoz olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi.
О‘zbek davlatchiligi qachon paydo bо‘lgan? degan savolga Yо‘lboshchimiz shunday javob beradi: “Nima emish, О‘zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog‘i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan о‘zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bо‘lsa, bu ish uchun jonimni, borlig‘imni berishga tayyorman”( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. - T.: Sharq. 1998. 11-b.).
Har bir jamiyat о‘zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bо‘lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume’tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bо‘lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bо‘lsa, bizda ham shunday bо‘lishi kerak, deb anglashimiz notо‘g‘ri?! Ya’ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan о‘ziga xos xususiyatlariga ega bо‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari О‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta’kidlashicha, «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. О‘z kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan yaratadigan bо‘ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bо‘ldik», degan purma’no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi. Chunonchi:
a) siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma’naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning о‘ziga xos va о‘ziga mos xususiyatlari bilan uyg‘unlashgan holda sodir bо‘lmoqda. G‘arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy о‘zgarishlar kо‘p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti о‘lchab bir kes, qabilida ish tutadi. YA’ni, bu xa­lqimiz mentalitetidan kelib chiqadi;
b) xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga kо‘ra yangilik va xо‘jalik yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xо‘jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yо‘li gullab-yashnashining о‘zagi bо‘ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida о‘ziga xoslikni vujudga keltirmoqda;
v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. YA’ni, uzoq yillar davomida tо‘plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur;
g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G‘arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli о‘laroq, bizda jamoa о‘z о‘zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug‘ bо‘lsa, о‘shaning fikri boshqalarga kо‘proq ta’sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bо‘lib, biror tо‘xtamga kelishda ularning fikrlari bi­lan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qо‘rquv yoki qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obrо‘li kishilarga bо‘lgan ishonch va hurmatdir.
Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda ham raiyat1 uchun rahbarlar fikri farzdir, ya’ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an’anaviylik va zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan e’zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta’limotining noyobligini kо‘ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yо‘lidagi imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yо‘llarini belgilab berdi. YA’ni:
1. О‘zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta.
2. Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish «azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yо‘rig‘i bilan kun kо‘rish «mashaqqati»ni yengish uchun insonga ichki iroda, yangilanish g‘oyasi, qat’iyatli ong va tafakkur, ma’naviy-huquqiy qudrat kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg‘otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning asosiy vazifasidir.
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faol­ligi natijasida qо‘lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, о‘z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na­tijasida qо‘lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yо‘llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol erkin bayon qilish huquqini ta’minlash bо‘lib, har qanday davlatning demokratik jarayonlarini amalga oshirishda ma’lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta’kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun’iy ravishda jilovlab turish yoki sur’atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yо‘lini tanlab jadal sur’atlarda rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy о‘rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, dunyo davlatlari demokratiyaga ma’naviy-ma’rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bо‘lishlari va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba’zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G‘arb turmush tarziga mos bо‘lsa va uni targ‘ib etsa, ya’ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tо‘g‘ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, о‘zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kо‘rib turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. О‘zbekiston ham undan chetda emas. Shu о‘rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog‘liq fuqarolik madaniyatiga ega bо‘lish; demokratiya niqobi ostidagi «demo­kratik о‘yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga tо‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kо‘rishga yetadigan uyg‘oq ong va tafakkurga ega bо‘lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor bо‘lishi, unga befarq bо‘lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
Tо‘g‘ri va haqiqiy bunyodkorlik g‘oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bо‘lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yо‘nalishlarini tashkil etadi. О‘zligini anglagan xalq mustaqillikka, о‘z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kо‘zi bilan qaraydi! Jahonda о‘ziga xos о‘ringa va nufuzga ega bо‘layotgan О‘zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yо‘ldan bormoqda,- deb ta’kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan katta iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning sо‘nggi о‘n yilligi О‘zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy о‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu о‘n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-ma’naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi о‘n yilida о‘zbek о‘zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz о‘z g‘oyasi va iymon-e’tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma’naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xо‘ja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xо‘ja Axror Valiy va boshqa о‘nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qо‘shmog‘imiz kerak.
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson kamolida iymon-e’tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. О‘nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga kо‘ra millatlararo totuvlik asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tо‘qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida О‘zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yо‘nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat’iy say-harakatlari bilan tо‘la mustaqillikka erishganligidadir. Ba’zi davlatlar esa uzoqni kо‘zlamay, faqat joriy yilga mо‘ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon sarmoyasi bahosiga о‘tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
О‘zbekiston о‘zining qо‘shimcha tarzda gaz, neft, kо‘mir va uran zahiralariga ega bо‘lib, ularni sof holda eksport qilish bо‘yicha jahonning о‘nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning о‘ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni kо‘zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling