O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet19/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

O‘zR Oliy sudi. O‘zR Konstitutsiyasining 110-moddasiga binoan, "O‘zR Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi". Mazkur sud tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar qat’iy tarzda O‘zRning barcha hududida bajarilishi majburiy. O‘zR birinchi Prezi­denti I.A.Karimov “... sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xiz­mat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng qo‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi” (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2010. B. 16.) deb ta’kidlab o‘tdi.
O‘zR suveren davlat bo‘lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlaridan, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlaridan mustaqil holda ish olib borish imkoniga ega bo‘ldi.
Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunning 2000 yil 14 dekabrdagi tahriri I bo‘limining normalari hamda keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, O‘zR Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksining bir qator qoidalari asosida tar­tibga solinmoqsa (Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.).
O‘zR Fukarolik protsessual kodek­sining 144-moddasiga ko‘ra, Oliy sud qonunda belgilan­gan vakolati asosida, fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini O‘zRning istalgan sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida o‘zining ish yuritishiga qabul qilib olish yoki bir suddan boshqa tegishli sudga o‘tkazish vakolatiga ega.
O‘ta murakkab va muhim ishlar Jinoyat-protsessual ko­deksining 389-moddasi bilan O‘zR Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Tabiiyki, o‘zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish ham O‘zR Oliy sudi vakolatiga kiradi.
Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab o‘tilgan shakllari bilan bir qatorda Oliy sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin, uning sud amaliyoti yuzasidan tushuntirishlar berish vakolati ham bor.
Oliy sud Plenumi tushuntirishlari odil sudlovni amal­ga oshirishda qonunlarning aniq qo‘llanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ana shu tushuntirishlarda umumlashtiruv natijalari asosida sharhlar beriladi.
Odil sudlovning Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik prinsiplari, xususan, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta’minlanishi singari Konstitutsiyaviy prinsiplar mazmuni O‘zR Oliy sudi Plenumining ko‘pgina tushuntirishlarida chuqur va mufassal ochib berilgan. Aksariyat tushuntirishlar sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, javobgarlikni tabaqalashtirish hamda jazolarni individuallashtirishdagi, hayotga, sog‘liqqa, shaxsning ozodligi va qadr-qimmatiga qarshi retsidiv jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishdagi roliga taalluqli.
O‘zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va Harbiy hayatdan iborat tarkibda faoliyat olib boradi.
O‘zR Oliy sudining Plenumi bar­cha umumiy yurisdiksiya sudlari qarorlariga nisbatan oliy sudlov instansiyasi bo‘lib, O‘zR Oliy sudining sudyalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.
O‘zR Oliy sudining Rayosati O‘zR Oliy sudining sudyalari orasidan O‘zR Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tashkil topadi. O‘zR Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda ka­mida bir marta o‘tkaziladi hamda O‘zR Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli sanaladi. Rayosatga ishlarni nazorat tartibida, sud amaliyoti umumlashma materiallarini, sudlov hay’atlari ishini tashkil etish masalalarini, shuning­dek, viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma’ruzalarini tinglash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari hamda vakolatlari O‘zR Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi "Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli Kuchlarida qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida harbiy tribunallar mamlakatimiz sud tizimiga kirishi va barcha harbiy qismlarda, qo‘shilmalar va birlashmalarda, harbiy o‘quv yurtlari va muassasalarda, respublika hududidagi boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni O‘zR nomidan amalga oshirishi belgilab qo‘yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi Harbiy tribunali o‘rniga O‘zR Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi.
O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "O‘zR Oliy sudi tarkibida Harbiy hay’at tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori bilan shunday hay’at tuzilib, uning zimmasiga alohida ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha, shuningdek, ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir vaqtda O‘zbekiston hududida joylashgan, ilgari belgilangan tartib asosida saylangan harbiy sudlarning sudyalari vakolati tasdiqlandi (O‘zR Oliy Kengashiniig Axborotnomasi. 1992. 9son. 366-modda.).
Sud tizimini isloh qilish asnosida O‘zR Prezidentining 1999 yil 23 sentabrdagi Far­moni bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari sudlari O‘zR harbiy sudlariga aylantirildi.
O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunining 4-bobi hamda OMning 2000 yil 14 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan «Harbiy sudlar fao­liyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom» harbiy sudlar vakolatlari tizimini hamda ularning faoliyat sohasini belgilab berdi.
O‘zR harbiy sudlari tizimi O‘zR Oliy sudi Harbiy hay’atidan, O‘zR Harbiy sudidan, okrug va hududiy harbiy sudlardan tarkib topadi. Harbiy sudlar faoliyati ustidan oliy darajadagi nazoratni O‘zR Oliy sudi amalga oshiradi.
Xo‘jalik sudlari. O‘zR Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq, "Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi (O‘zRning Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2012. 31-bet).
Umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda bu sudlar boshqa organlarning yurituviga kiritilgan har qanday nizolarni ko‘rib chiqadi.
Mamlakatimizda xo‘jalik sudlari vakolatlari bilan umumiy yurisdiksiya sudlari vakolatlarining nizo xususiyatiga qarab farqlash, ajratish muayyan ahamiyatga ega. Xo‘jalik sudlarida ishlarini ko‘rib chiqish va muhokama etish tartibi, asosan, yuridik shaxslarga mo‘ljallangan.
1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Hakamlik sudi va xo‘jalik nizolarini hal etish tartibi to‘g‘risida"gi Qonun bilan arbitrajlar tugatildi, tadbirkorlik faoliyati jarayonida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar (iqtisodiy nizolar) yoki boshqaruv sohasidagi munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etish vako­latlari hakamlik sudlariga berildi. Hakamlik sudlari yagona tizimi O‘zR Oliy hakamlik sudi, Qoraqaliog‘iston Resiublikasi Hakamlik sudi va viloyatlar hakamlik sudlaridan tarkib topdi.
1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni va O‘zRning Konstitutsiyasi hakamlik (arbitraj) sudlarining hozirgi xo‘jalik sudlariga aylanishida asos bo‘lib xizmat qildi. Ayni vaqtda 1993 yil 2 sentabrdagi O‘zRning Qonuni bilan O‘zRning Xo‘jalik protsessual kodeksi tasdiqlandi. O‘zRning 1997 yil 30 avgustdagi Qonuni bilan O‘zR Xo‘jalik protsessual kodeksining yangi tahriri tasdiqlandi va u 1998 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritildi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling