O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Mustaqillik arafasida О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli


Download 0.52 Mb.
bet5/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

2.Mustaqillik arafasida О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.

Mustaqillikka qadar I.Karimov eng avval О‘zbekistonning hayotiga xalaqit berayotgan xato va kamchiliklarni aniqlab olishga e’tibor qaratdi. Kriminogen vazi­yatni keskinlashtirishga sabab bо‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tuzatish yо‘lida amaliy harakat dasturini ishlab chiqish vazifasini kun tartibiga qо‘ydi. Chunki О‘zbekiston barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha sobiq Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ancha orqada bо‘lib, oxirgi о‘rinlardan birini egallar edi.


Markaz bosim о‘tkazayotgan tahlikali sharoitda о‘sha davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manzarasiga tо‘g‘ri va xolis baho bergan inson Islom Karimov bо‘ldi. Shu о‘rinda Prezidentning 1990 yil 4 iyunda bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan nutqidan parcha keltirish maqsadga muvofiq:
Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha Ittifoqdagi о‘rtacha daraja­dan ham ancha orqada bо‘lib, mamlakatda oxirgi о‘rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. О‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha mamlakatda 12-о‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bо‘yicha kо‘rsatkich esa Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ikki hissa past.
Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xо‘jaligidagi mehnat unum­dorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Res­publikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish о‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi о‘rinlardan birida turibmiz.
О‘zbekiston aholisi о‘rta hisobda gо‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga о‘rta hisobda 75 sо‘mdan kamroq yalpi daromad oladi­gan aholining ulushi SSSRda 12 foizdan sal kо‘proq bо‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millinoga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda о‘zining qо‘lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foi­zi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning о‘zi kifoya. Juda о‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar rо‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni, avvalo, shundan kо‘rsa bо‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, kо‘pincha yashash uchun kerak bо‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti.
Bunday ahvol vujudga kelganining boisi nimada?
Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bо‘lgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijti­moiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha mamlakatda oxirgi о‘rinlardan biriga haqli ravishda inqiroz holati, deb ataltan ahvolga tushib qolganining sababi nimada?
Respublikaning taqdiri, uning kelajagi uchun qayg‘urayotgan, yosh avlod taqdiri uchun kuyunayotgan sog‘lom fikrli har bir kishi hozir о‘ziga о‘zi shu savolni bermoqda.
Nazarimda, buning javobi shunday bо‘lmog‘i kerak: 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g‘alaba qozonib, О‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topib bordi. Xо‘sh, bu illatlar nimalarda namoyon bо‘ldi? Avvalo shundaki, bizning respublikamiz, asosan, xom ashyo bazasi, sanoat ministrliklari va idoralarining mо‘may xom ashyo manbai deb hisoblanar edi. О‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmadi, ba’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida О‘zbekiston SSRning mavqei va о‘rnini о‘zgartirishning muqobil yо‘llari e’tiborga olinmadi” (Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “О‘zbekiston”. 2011. 166-168 b.).
Yuqoridagi ma’lumotlarni asoslash uchun davlatimiz I.Karimovning “О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi asosida shakllantirilgan ushbu jadvalni keltirish joiz.
Bunday holni keltirib chiqargan asosiy sabab barcha mahsulotlarni taqsimlashning о‘ta markazlashganligi edi. Shu yerda bir holat kishi e’tiborini о‘ziga jalb qiladi. О‘zbekiston aholi jon boshiga 64,4 kilogramm meva va rezavorlar yetishtirilgani holda, uning iste’moli Ittifoq bо‘yicha 41 kilogrammga, О‘zbekistonda esa 27 kilogrammga teng bо‘lgan. О‘sha davrda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimotidan kelib chiqqan bunday nomutanosiblik О‘zbekiston aholisining haqli e’tirozini keltirib chiqargan.
Mustaqillikka qadar mamlakatimizda sug‘oriladigan maydonlarning kattagina qismi paxta bilan band bо‘lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kam yetishtirilishi natijasida aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini don va don mahsulotlari tashkil etgan.
Iqtisodchi mutaxassislar yillik ehtiyojimizni hisoblab chiqib, 1992 yilda 5 million tonna g‘alla kerakligini ma’lum qilganlar. О‘sha yillari О‘zbekistonga chetdan yili­ga о‘rtacha 3 million tonnaga yaqin bug‘doy keltirilgan. Tabiiyki, bunday miqdordagi g‘alla respublikamizdan olib ketilayotgan paxta tolasi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar evaziga berilgan. Sobiq Ittifoq tanazzulga yuz tutgach, g‘allani chetdan о‘zimiz sotib olishimizga tо‘g‘ri keldi. Buning uchun, birinchi navbatda, valyuta kerak edi. Ba’zi g‘alla sotuvchi davlatlar о‘z siyosiy manfaatlarini oraga tiqishtirishga urinardi. Qolaversa, sotib olin­gan g‘allani yurtimizga olib kelish uchun katta miqdorda yо‘l xarajatlari ham talab qilinar edi. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida ma’lum shart va kattagina mablag‘ evaziga chetdan, ya’ni Moskvadan beriladigan naryadlar asosida Samara (Rossiya) yoki Ukraina, Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatidan don keltirish muammosiga barham berish davlatimiz rahbariyatni kо‘p о‘ylantirar edi. Shunday davrlar bо‘lganki, yurtimizga Kanada va AQShdan un sotib olishga ham tо‘g‘ri kelgan. Ming-ming tonna mahsulot yuk kemalarida okean orqali Boltiqbо‘yi dengiz portlariga keltirilar, u yerda katta qiyinchiliklar bilan vagonlarga yuklanib, О‘zbekistonga tashib keltirilar edi.
Respublikamiz uchun о‘sha paytlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy vaziyat ham chigallashgan davr bо‘ldi, bu ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi mumkin edi. Mam­lakat juda katta oziq-ovqat muammosiga duch kelgan, murakkab vaziyat girdobida qolgan edi.
Shu о‘rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish о‘rinli: “... Juda og‘ir ahvolga tushib, naqd ocharchilik ostonasida turibmiz ... Xalqimizni, iqtisodiyotimizni ta’minlash masalasida juda katta xavf tug‘ildi...”, (Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, maf­kura. 1-j. -T.: “О‘zbekiston”. 1996. 3-4 b.).
Bu gaplar ortida Vatan, xalq taqdiri yotardi.
Ana shunday murakkab sharoitda Islom Karimov oziq-ovqat ta’minotida uzilishlar yuz bermasligi uchun barcha chora-tadbirlarni kо‘rdi. Xorijdan sotib olingan g‘alla mamlakatimizga yetib kelishi uchun ma’lum vaqt talab qilinar edi.
Vaziyat juda qaltis, ya’ni mamlakatimiz g‘alla zahirasining “tagi” kо‘rinib qolgan ana shu yillarda Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida mamlakat aholisini о‘zimizda yetishtirilgan don bilan ta’minlash yuzasi­dan maxsus dastur ishlab chiqildi. Uning bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlashi natijasida bir qator muammolar о‘z yechimini topdi. Jumladan:

  • aholini kafolatlangan tarzda don mahsulotlari bi­lan ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi;

  • dehqonlar uchun yangi ish joylari va qо‘shimcha daromad manbai yaratildi;

  • paxta maydonlarining bir qismi qisqartirilib, bu maydonlarga g‘alla ekilishi hisobiga ekinlarni almashib ekish va tuproq unumdorligini saqlab qolish imkoniyati yaratildi;

  • g‘alladan bо‘shagan yerlarga takroriy ekin ekish hisobiga sabzavot yetishtirish hajmi kо‘paydi, bu ham dehqonlarga qо‘shimcha daromad olish imkonini berdi;

  • chetdan g‘alla sotib olish uchun sarflanadigan valyuta tejab qolindi;

  • О‘zbekiston don va don mahsulotlari bо‘yicha о‘zga davlatlarga qaramlikdan qutuldi va uni eksport qiladigan mamlakatga aylandi;

  • chorva mollarining ozuqa bazasi yanada mustahkamlandi.

Kezi kelganda, о‘sha vaqtlarda bildirilgan ba’zi fikr-mulohazalarni ham eslash joiz. Bir qator iqtisodchi olimlar va xorijiy davlatlar vakillari “О‘zbekistonning о‘zida g‘alla yetishtirish shartmi? Undan kо‘ra, kо‘proq paxta yetishtirib, tolani eksport qilish hisobiga g‘allani arzon narxlarda chetdan sotib olgan ma’qul emasmi? Axir, paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori-ku”, deya e’tiroz ham bildirishgan edi. Ammo ularning da’volari asossiz ekanligini ijtimoiy hayotning о‘zi kо‘rsatdi, endilikda mustaqil yurtimiz о‘z g‘allasiga ega bо‘ldi.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlari bilan barqaror ta’minlangan. Bunga esa don mustaqilligi dasturini izchillik bilan bosqichma-bosqich amal­ga oshirish evaziga erishildi. Bular nimalardan iborat edi? Avvalo, dehqonlarimizni g‘alla yetishtirishdagi moddiy manfaatdorlik yuqori darajaga qо‘yilganligi yutuqlarning bosh omili bо‘ldi.
Ma’lumki, 1960-1990-yillarda mamlakatimizda о‘tkir ijtimoiy muammolar tufayli millatimizning genofondi yomonlashib, ayniqsa, nimjon va kasalmand bolalar soni ortib ketgani xalqimizda qattiq tashvish uyg‘otar edi. I.Karimov О‘zbekistonning kо‘plab hayotiy muhim manfaatlariga yetkazilgan ziyon haqida afsus va nadomat bilan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan ma’ruzasida quyidagilarni bayon etgan edi: "Paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangai almashlab ekishlar buzilganligi, yerning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xо‘jaligiga halokatli ta’sir kо‘rsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qо‘yildi va aholini shu mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. Orol dengizining falokati Qoraqalpog‘iston janubi uchun borib turgan ekologik kulfat bо‘ldi, endi Orolni qutqarib qolish uchun zudlik bilan favqulodda chora-tadbirlar kо‘rilishi kerak” (Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. 172 b.)
Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa о‘ttiz barobar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Nati­jada qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yо‘qoldi” (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotiniig mezonidir. -T.: “О‘zbekiston”. 2001. 15 b.).
Qishloq xо‘jaligining ekstensiv rivojlanishi natija­sida kо‘plab suv omborlarining qurilishi, umuman, suv isrofgarchiligi tufayli Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolaridan Orol dengiziga quyiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi. Oqibatda dengiz 1960 yildagi holatiga nisba­tan 1990 yilda 14,5 metrga pasaydi, suvining hajmi 54 foizga qisqardi. Suv qirg‘oqdan 70-100 km.ga chekingan joylarda bо‘ronlar natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha tuz atmosferaga kо‘tarilgani kuzatilgan. Orol bо‘yida ekologik ahvolning yomonlashuvi, jumladan, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashning yomonlashuvi, suvdagi minerallashuvning oshishi natijasida qishloq aholisining 87 foizi har xil kasalliklarga chalingani aniqlangan. Masalan, Qoraqalpog‘istonda ich terlama yuqumli kasalligi bilan og‘riganlar sobiq Ittifoq darajasidan 23 barobar kо‘p bо‘lganligi mustabid tuzum, boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik usullari avjiga chiqib, shafqatsiz tus olganligi natijasidir.
Inson taqdiri, uning hayotiga daxldor bо‘lgan, uning munosib turmush sharoitiga ega bо‘lish bilan bog‘liq talablar aynan Islom Karimovning rahbarlik faoliyatining ilk kunlaridan qat’iy qо‘yildi. Kremlning jazavalariga qaramasdan, haqiqiy mustaqillikka qaratilgan yо‘lni mardonavor turib himoya qildi. KPSS MQning 1989 yil sentabrida Moskvada bо‘lib о‘tgan plenumida Islom Karimov dadillik bilan “Biz markaz bilan respublikaning xuquqlari va vazifalarini belgilab olish va chegaralashni qat’iy yoqlaymiz, biz respublika mustaqilligining har tomonla­ma mustahkamlanishi tarafdorimiz” (Tarix shohidligi va saboqlari // Mas’ul muharrir D.A Alimova. -T.: “Sharq”. 2001. 130 b.) deganini О‘zbekiston taraqqiyotining mustaqil yо‘li tamoyillari ishlab chiqish borasidagi tashlangan qat’iy qadamning amaliy ifodasi, deb aytish shart.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling